Informatika va axborot texnologiyalari fani O‘rta ta’lim (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) ona tili fanini o‘qitish bosqichlari




Download 158.81 Kb.
Sana29.12.2019
Hajmi158.81 Kb.

Informatika va axborot texnologiyalari fani

O‘rta ta’lim (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) ona tili fanini o‘qitish bosqichlari


Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja

nomlanishi

O‘rta ta’lim

Informatika va axborot texnologiyalari fani chuqurlashtirilmagan o‘rta ta’lim bitiruvchilari

B1

Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rganishning umumiy darajasi

Informatika va axborot texnologiyalari fani chuqurlashtirilgan o‘rta ta’lim bitiruvchilari

B1+

Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi


Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

O‘rta ta’limda informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.

O‘rta ta’limda informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:

o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida bilimlar berish;

kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajara olish;

algoritmik tuzilmalarni, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;

kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish orqali ularda umuminsoniy qadriyatlarga rioya etishni rivojlantirishga qaratilgan va ta’lim-­tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirish.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi:

B1

Axborot resurslaridan maqsadli izlash va saralash vazifalarini bajara oladi;

axborotlarni arxivlash dasturlari imkoniyatlarini biladi, amaliyotda qo‘llay oladi;

axborotlashgan jamiyat haqida tasavvurga ega bo‘ladi;

multimedia tizimlari haqida bilimga ega bo‘ladi, amaliyotda qo‘llay oladi;

kompyuter grafikasi va uning turlari haqida bilimga ega bo‘ladi;

ma’lumotlar omborini yaratish va boshqarishda qo‘llaniladigan dasturlar haqida bilimga ega bo‘ladi;

kasbiy sohalarda qo‘llaniladigan amaliy dasturlar haqida bilimga ega bo‘ladi.



B1+

Axborotga oid modellar, texnik vositalar va axborot resurslari haqida misollar keltira oladi;

zamonaviy dasturlash tillari va ularning tasnifini biladi;

o‘zining sohasiga yo‘naltirilgan amaliy dasturlar imkoniyatlari haqida bilimga ega bo‘ladi va ulardan foydalana oladi.

2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:

B1

Kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslariga oid amaliy masalalarni hal eta oladi;

turli mavzularda multimedia imkoniyatlari qo‘llab, taqdimotlarni mustaqil ravishda tayyorlay oladi;

rastrli grafik muharrir yordamida rasm va fotosuratlarni qayta ishlay oladi;

turli ko‘rinishdagi axborotlarni mos dasturiy ta’minot yordamida tasvirlash, saqlash, qayta ishlash vazifalarini mustaqil hal eta oladi;

ommaviy, ta’limiy axborot resurslaridan foydalana oladi, ularni kerakli ko‘rinishga keltirish uchun qayta ishlashga oid amallarni bajara oladi;

kompyuter viruslari va axborot xavfsizligi muammolarini hal eta oladi;

web-sayt ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlay oladi;

maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori va so‘rovlar hosil qila oladi va hisobotlar tayyorlay oladi;

turli masalalarni yechishga oid algoritmlar tuza oladi;

obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir dasturlar tuza oladi.

B1+

Rastrli va vektorli grafik muharrir yordamida tasvirlarni qayta ishlay oladi;

maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori, so‘rovlar va shakllar hosil qila oladi, hisobotlar va sodda makroslar tayyorlay oladi;

amaliy dasturiy ta’minot va dasturlash tili imkoniyatlaridan foydalanib multimediali resurs tayyorlay oladi.

3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:

B1

Axborotni uzatishning eng samarali usullarini amalda qo‘llay oladi;

axborot uzatishda Internet va uning xizmatlaridan samarali foydalana oladi;

axborot xavfsizligini ta’minlaydigan usullardan foydalanib axborot uzata oladi;

matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni pochta orqali uzata oladi.

B1+

Axborot almashishning dasturiy ta’minotini sozlash asosida elektron tarmoqlar imkoniyatlaridan foydalana oladi;

matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni axborot resursi sifatida saytga joylashtira oladi.
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

FANI o‘quv DASTURI

(10-11-SINF)
UQTIRISH XATI
I Informatika va axborot texnologiyalari (Informatika va AT) – o‘sib kelayotgan avlodga axborotlar bilan ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini puxta o‘zlashtirishni ta’minlashdan iborat. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllanishi va o‘sishi ko‘p jihatdan axborot texnologiyalariga bog‘liqdir.

Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi.

Fanning maqsadi o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish orqali ularni mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan shaxs etib tarbiyalashdan iborat.

Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fani o‘rta umumta’lim maktablarining 5-sinfidan boshlanadi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida umumta’lim o‘quv fani sifatida uzviy davom etadi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida o‘rganilgan o‘quv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida aynan takrorlanmasligi, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, umumiy o‘rta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda informatikaga oid tushunchalarni asta-sekin oddiydan murakkabga shakllantirilishi e’tiborga olingan.

Ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni o‘qitishda rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanilayotgan STEM (science, technology, engeenering and mathematics - fan, texnologiya, muxandislik va matematika) o‘qitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning tayanch tushunchalarini (mantiqiy amallar, algoritmlar, blok-sxemalar va x.k.) shakllantirish metodologiyasiga tayanish maqsadga muvofiq.

Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:

inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida informatika va axborot texnologiyalarining ahamiyatini anglash;

o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida bilimlar berish;

kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarishga o‘rgatish;

algoritmik tuzilmalar, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;

kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qo’llay olishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish;

ta’lim-­tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari, ongli ravishda kasb tanlashga zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

8-9-sinflardagi amaliy mashg‘ulotlarda “Iqtisod va soliq saboqlari”, “Tejamkorlik saboqlari” o‘quv kurslariga bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim.

O‘qituvchi amaliy mashq darsida nazorat ishi natijalariga ko‘ra o‘quvchilarda aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida xatolarni tushuntiradi, o‘quvchilar esa nazorat ishida berilgan topshiriqlarga o‘xshash topshiriqlarni yechadi va hulosalar chiqaradi. Bunda o‘qituvchiga tabaqalashtirilgan ta’lim prinsipiga tayanishi tavsiya etiladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarning elementlari (A1(A1+); A2(A2+)) bosqichma - bosqich shakllantiriladi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-7-sinflarning har birida Informatika va AT -17 soatdan, jami - 51 soat, 8-sinfda Informatika va AT - 34 soat, 9-10-11-sinfda - 68 soat o‘qitiladi. Darslar ikki guruhga bo‘lib o‘tiladi.

Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.


  1. TK-tayanch kompetensiya

  1. TK1-kommunikativ kompetensiya

  2. TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

  4. TK4- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. TK5- Milliy va umummadaniy kompetensiya

  6. TK6- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi




  1. FK-fanga oid kompetensiyalar

  1. FK1-Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi

  2. FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi

  3. FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi


7-SINF

(A2: haftasiga 0,5 soatdan, jami ­ 17 soat)

(A2+:haftasiga 1 soatdan, jami-34soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiyasi:

A2

axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarni mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llash;

muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, hamkorlikda, jamoada samarali ishlay olish.

fanga oid voqea va hodisalarni idrok qila olish, tushuna olish, tushuntirib bera olish;



A2+

muloqotda muomala madaniyatiga amal qilib fanga oid voqea va hodisalarni idrok qilish, tahlil qilish, tushunish, tushuntirib bera olish;


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A2

mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana olish.



A2+

Axborot vositalarda axborot izlash, olingan axborotdan voqea va hodisalarni ajrata olish, tushunish, tushuntirib berish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A2

doimiy ravishda o‘zini o‘zi intellektual rivojlantirish, o‘z hatti-harakatini baholay olish.



doimiy ravishda o‘zini-o‘zi jismoniy, ma’naviy, ruhiy, va intellektual rivojlantirish;

kamolotga intilish;

hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish;

o‘z hatti-harakatini baholay olish.

A2+

bola huquqlari, voyaga yetmaganlik tushunchalarning mazmunini bayon qilabilish.


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A2

jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisani tushunish va jarayonlarga daxldorlikni his etish;



ularda faol ishtirok etish;

o‘zining burch va huquqlarini bilish.

A2+

kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni to‘g‘ri baholay olish.


Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

A2

Vatanini sevish, sadoqatli bo‘lish, insonlarga mehr-oqibatli, hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;



insonlarni hurmat qilish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish va orasta kiyina olish.

A2+


Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A2

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy rejalarni tuza olish; kundalik faoliyatda turli formuladan foydalana olish.



A2+

hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik, shahsiy, oilaviy rejalarni algoritmini tuzish va amalda qo‘llay olish.


I-bob. Axborot (10 soat, (A2+: 20 soat)

1-mavzu. Axborot tushunchasi va bilish haqida (1 soat, A2+: 1soat).

Bilish jara­yonining ikki bosqichi, axborot tushunchasi va ko‘rinishlari;

axborot nazariyasi;

Informatikani fan sifatida shakllanishi;

texnik vositalar va dasturiy vositalar;

Informatika fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari.

2-mavzu. Axborotlar ustida bajariladigan amallar (1 soat, A2+: 1soat).

Amaliy mashg‘ulot (A2+:1 soat).

Axborotli jarayonlar;

obyekt, axborot obyektlari, axborotning asosiy xususiyatlari;

axborot tashuvchi vositalar;

axborotni qayta ishlash va uzatish;

axborot turlari.



3-mavzu. Axborotlarni kodlash usullari (1 soat, A2+:1 soat).

Amaliy mashg‘ulot (A2+: 1 soat).

belgi va belgilar sistemasi;

kodlash va dekodlash;

shifrlash, qadimda axborotlarni kodlash;

tekis va notekis kod;

kodlash usullari: o‘rin almashtirish, alifboni surish, Morze, tartiblangan alifbo, aralashtirilgan alifbo.



4-mavzu. Sanoq sistemalari haqida (1 soat, A2+:1 soat).

Amaliy mashg‘ulot (A2+:1 soat).

tarixiy ma’lumotlar, sanoq sistemalari turlari, sanoq sistemasi asosi, raqam va son tushunchalari;

pozitsiyali va pozitsiyali bo‘lmagan sanoq sistemalari;

pozitsiyali sanoq sistemasida sonning ixcham va yoyiq ko‘rinishi;

Al-Xorazmiy haqida qisqacha ma’lumot;

diada, triada, tetrada haqida tushuncha.



5-6-mavzu. Ikkilik sanoq sistemasida amallar bajarish. Amaliy mashg‘ulot

( 2 soat, A1+: 3 soat)

Nazorat ishi (A2+: 1 soat)

Mustahkamlash darsi (A2+: 1 soat)

qo‘shish, ayirish va ko‘paytirish amallarini bajarish, amaliy ish.



7-8-mavzu. Bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash. Amaliy mashg‘ulot (2 soat, A2+: 3 soat).

bir sanoq sistemasidagi butun sonni o‘nlik sanoq sistemasida tasvirlash;

o‘nlik sanoq sistemasidagi butun sonni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash;

diada, triada, tetrada kodlash jadvallaridan foydalanish tushinchasi, amaliy ish.



9-10-mavzu. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Amaliy mashg‘ulot

(2 soat, A2+: 3 soat).

axborotni ikkita belgi yordamida kodlash;

kod uzunligi;

ASCII kodlash jadvali;

axborot hajmi, bit va axborotli yondoshuv;

axborot hajmining o‘lchov birliklari;

axborot uzatish tezligi birliklari;

grafik axborotni ikkita belgi yordamida kodlash, amaliy ish.



Nazorat ishi (A2+: 1 soat)

Mustahkamlash darsi (A2+: 1 soat)

II bob. Internetda ishlash asoslari (7 soat, A2+: 14 soat)

11-mavzu. Axborot texnologiyalari (1 soat, A2+: 2soat)

ichki va tashqi omillar;

kompyuter tarmoqlar: lokal, mintaqaviy va global, modem, server, ishchi stansiyalar, axborot tizimlari.

12-mavzu. Axborotli olam muammolari va Internet (1 soat, A2+: 2 soat).

Internet tarixi, Internet va World Wide Web;

multimedia, gipermurojaat va gipermatn;

WWW tarkibi: Web-sahifa, Web-sayt, Web-server, URL-adres, provayder;

ZiyoNet tarmog‘i.

13-mavzu. Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar

(1 soat, A2+: 2 soat).

Web-brauzerlar;

Internet Explorer dasturi interfeysi;

Internet Explorer dasturining uskunalar paneli



14-mavzu. Internetda ma’lumotlarni izlash (1 soat, A2+: 1soat).

Amaliy mashg‘ulot (A2+:1 soat).

qidiruv tizimlari;

qidiruv tizimida izlash imkoniyatlari;

kalit so‘z.



Nazorat ishi (A2+: 1 soat)

15-mavzu. Elektron pochta (1 soat, A2+: 2 soat).

pochta tarixi, elektron pochta;

elektron manzil, pochta qutisi;

saytlardagi elektron pochtalar;

login va parol.

16-mavzu. Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida

(1 soat, A1+: 2 soat).

axborot va jinoyat;

axborot bilan ishlashda ahloqiy va huquqiy me’yorlar;

viruslar ta’siri, viruslar klassifikatsiyasi;

viruslardan himoyalanish, antivirus dasturlar.
O‘quvchilarda fanga oid shakllangan kompetensiyalar elementlari.


  1. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi:

A2

operatsion tizimning elementlaridan foydalana oladi;

axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi;

sodda grafik muharrir va uning imkoniyatlarini biladi;

izlab topilgan grafik axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;

matn muharriri va protsessori farqini, ularning imkoniyatlarini biladi;

izlab topilgan matnli axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;

matn protsessorining belgi, so‘z, satr, xatboshi, matn, blok, sahifa tartib raqami kabi tushunchalarini biladi, amalda qo‘llay oladi;

axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;

axborotga oid o‘lchov birliklarini biladi;

turli sanoq tizimlarida sodda amaliy masalalar yecha oladi;

axborot texnologiyalarining ichki va tashqi omillari, multimedia texnologiyalari haqida bilimga ega bo‘ladi;

elektron manbalaridan turli ko‘rinishdagi axborotlarni izlab topadi va kompyuterda yig‘a oladi;

Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlarini biladi; elektron pochta va axborotlarni himoya qilish imkoniyatlaridan foydalana oladi.



A2+

Axborotlarni kodlash va dekodlashga oid amallarni bajara oladi;

axborot o‘lchov birliklariga oid masalalarni hal eta oladi;

kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslariga oid amaliy masalalarni hal eta oladi;

turli sanoq tizimlarida amaliy masalalar yecha oladi.


  1. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:

A2

sodda grafik muharrirda sodda chizma va rasmlar hosil qila oladi;

grafik muharrir imkoniyatlaridan foydalanib amallar bajara oladi;

matn protsessorida shrift, xatboshi va sahifa formatlaridan foydalana oladi;

matn ko‘rinishidagi axborotlarni matn muharriri va protsessoriga kiritishni, tahrir qilishni va saqlashni bajara oladi;

matn protsessorida hujjatga rasmlar, chizmalar, jadvallar, formulalar joylashtira oladi va formatlay oladi;

matn protsessori yordamida ijodiy ishlar va sodda hujjatlarni tayyorlay oladi;

Operatsion tizim yoki maxsus dasturlar yordamida fayllarni arxivlay oladi; taqdimot slaydlarini hosil qiladi, ularga multimedia elementlarini tatbiq eta oladi; axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi;

Internet va boshqa resurslardan olingan axborotlarni tahrir qila oladi.

A2+


Internet va boshqa resurslardan olingan axborotlarni tahrir qila oladi va saqlaydi.

elektron pochta mustaqil ocha biladi.



  1. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:

axborot tashuvchi vositalar yordamida axborotlarni uzatish imkoniyatlaridan foydalana oladi;

axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;

elektron pochta orqali axborot uzata oladi va qabul qila oladi;

axborot uzatish va qabul qilishda odob-axloq me’yorlari, axborot xavfsizligi, media-savodxonlikka rioya qiladi.

A2+

Axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini kichraytirish imkoniyatlaridan foydalana oladi.



Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat).
Mavzularni o‘rganish uchun- A2:13 soat, (A2+:26 soat).

Nazorat ishlari uchun- A2:1 soat, (A2+ : 2 soat).

Amaliy mashg‘ulot- A2:3 soat, (A2+ : 5 soat).

Mustakhamlash darsi (A2+ : 1 soat).

Jami- A2:17 soat, (A2+ :34 soat).

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 29 avgustdagi ”Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 29 avgustdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” gi Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 390-sonli qarori.

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21 maydagi “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturi to‘g‘risida” gi Farmoni.

5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 1 iyuldagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida” gi 6/2/4/1-sonli qo‘shma hay’at majlisi qarori.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomilashtirish to‘g‘risida” gi ПП-1875-sonli qarori.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-sonli qarori.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 187-son qarori.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli qarori.

10. М. Н. Бородин. Информатика, УМК для основной школы 5 – 6 классы, 7 – 9 классы. Методическое пособие для учителя. БИНОМ. Лаборатория знаний, 2013. http://www.Lbz.ru.



  1. “Boshlang‘ich ta’limni modernizatsiyalash orqali o‘quv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish” mavzusidagi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari forumi tavsiyalari. “Ma’rifat” gazetasi, 2016 yil 13 avgust.

  2. “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodologiyasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari respublika forumi tavsiyalari. “Ma’rifat” gazetasi, 2016 yil 14 dekabr.

  3. “Ijtimoiy fanlarni o‘qitish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda o‘quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammo va yechimlar” mavzusidagi ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining respublika forumi tavsiyalari. “Ma’rifat” gazetasi, 2017 yil 26 aprel.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari loyihalarini ishlab chiqarish bo‘yicha ijodiy guruh a’zolari




F.I.Sh.

Ish joyi

Imzo

1.

Mamarajabov Mirsalim

Elmirzaevich



Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi,p.f.n., guruh rahbari




2

Pardaeva Mehriniso

Daniyorovna



Respublika ta’lim markazi direktor o‘rinbosari




3

Azlarov Turg‘un

Rahmatovich



Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 40-sonli umumta’lim maktabi informatika fani o‘qituvchisi, p.f.n, dotsent, O‘zbekiston Qahramoni




4

Zokirova Feruza Maxmudovna

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti fakultet dekani p.f.d., professor




5

Baxramov Anvar Axrarovich

A.Avloniy nomidagi pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti prorektori p.f.n.




6

Karimov Baxtiyor

Raufovich



Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 90-sonli umumta’lim maktabi Informatika fani o‘qituvchisi




7

Boltaev Bahodir

Jalalovich



Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i, f-m.f.n




8

Azamatov Axat

Raxmatovich



Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-akademik litsey o‘qituvchisi, f-m.f.n





Download 158.81 Kb.




Download 158.81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatika va axborot texnologiyalari fani O‘rta ta’lim (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) ona tili fanini o‘qitish bosqichlari

Download 158.81 Kb.