• SO‘Z BOSHI Qadrli o‘quvchilar!
  • Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 4.2 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/145
    Sana12.02.2022
    Hajmi4.2 Mb.
    #17453
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
    Bog'liq
    10-sinf-informatika
    10 мавзу глоссарий (1), mi nodirbek, Dielektr, DavrMobile 15.07.2022 18-21-56, Эркинова Севинч FING-2219
    Shartli belgilar: 
    – darsning boshlanishi;
    – yodda saqlang;
    – savol va topshiriqlar;
    – uyga vazifa.
    Respublika maqsadli kitob jamg'armasi mablag'Iari hisobidan chop etildi
    ISBN: 9789943485945 



    SO‘Z BOSHI 
    Qadrli o‘quvchilar! 
    Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- 
    yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining 
    davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori bilan 
    tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limining davlat ta’lim standarti hamda 
    umumiy o‘rta ta’limning informatika va axborot texnologiyalari fani 
    bo‘yicha malaka talablari asosida yaratilgan. 
    Darslikda sizning quyi sinflarda olgan Microsoft Office Excel elektron 
    jadvalda ishlashni davom ettirib, MS Excel 2010 da amallar va formulalar, 
    funksiyalar kutubxonasi bilan ishlash hamda mantiqiy va matematik 
    funksiyalardan foydalanib, amallar bajarishni o‘rganasiz. Darslikning 
    ikkinchi bobida MS Access 2010 ma’lumotlar ombori haqida tushuncha 
    berilib, uning boshqarish tizimlari, jumladan, ma’lumotlar omborini tashkil 
    etish, ma’lumotlar omborida jadvallarni o‘zaro bog‘lash, ma’lum bir 
    shablon bo‘yicha ma’lumotlar qidirish va ularning qayta ishlash usullari 
    bilan tanishasiz. Darslikning uchinchi bobida Delphi dasturlash muhitida 
    ilovalar yaratish asoslari bilan tanishasiz. Xususan, ilova oynasini hosil 
    qilish, unga tayyor boshqarish obyektlarini joylash va interfaol ilovalarni 
    yaratish imkoniyatlarini o‘zlashtirasiz. Bir so‘z bilan aytganda, darslikdagi 
    bilimlarni o‘zlashtirib, siz uzviy ravishda o‘z-o‘zingizni ma’naviy, ruhiy va 
    intelektual rivojlantirish, kamolotga intilish, kognitivlik ko‘nikmalaringizni 
    mustaqil ravishda muntazam oshirib borasiz va o‘z xatti-harakatingizni 
    baholash imkoniyatiga ega bo‘lasiz degan umiddamiz.

    Download 4.2 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




    Download 4.2 Mb.
    Pdf ko'rish