• Pythonda satr tushunchasi
  • Dasturda qism satrlarni belgilashga misollar
  • Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 256.2 Kb.
    Sana15.02.2023
    Hajmi256.2 Kb.
    #42273
    Bog'liq
    10.9.36
    Dars ishlanma 2 CHQBT, TASHAKKURNOMA maktablar uchun, 6-ma’ruza O’quvchilar inshosini tahlil qilish va undan keyingi , privacy, оваоата, bibliofond.ru 652072, 12.01.2022 Kungi malumot, 2051-Article Text-4248-1-10-20211127, ikW5jqZafDJ0l7OuUZolM2QhbEdpLZ2LnVXAa7gO, MAĠLIWMATNAMA, 01-red-kalinka, 1 A GEOGRAFIYA STUDENTI ÓTEEV QUWANÍSHBEK AKT JAZÍLÍWÍ ÚLGISI, Mttgacha ta, Целеполагание

    INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI


    Mavzu:
    Pythonda satrlar bilan ishlash
    9-sinf

    Dars rejasi

    Pythonda satr tushunchasi


    Satrlar – qo‘shtirnoq ichiga olingan Unicode kodidagi belgilar ketma-ketligi.
    Satr – harf, son va belgilar hamda probeldan tarkib topgan belgilar ketmaketligi. Satrlarni o‘zgaruvchilar yordamida kiritish mumkin.
    Pythonda satrlar bittalik va ikkitalik qo‘shtirnoqlar orqali beriladi. Satrlar ustida keng bajariladigan amallardan biri bu – birlashtirish amali.
    Satrlarni birlashtirish uchun + amali qo‘llaniladi.
    Pythonda bitta so‘zni ekranga bir necha marta chiqarish imkoniyati mavjud bo‘lib, buning uchun uni bir marta yozishning o‘zi kifoya.
    Satr orasidan qism satr qirqib olish
    Satrdagi har bir belgining o‘z raqami bo‘lib, u belgining turgan o‘rnini anglatadi. Bunday raqam belgining turgan o‘rnini aniqlash yoki uni satrdan qirqib olish uchun kerak bo‘ladi. Pythonda satrdagi belgilarni raqamlash 0 dan boshlanadi va bu raqam indeks deb ataladi.
      • a[index] – a satrdagi indexda turgan belgini qirqib oladi.
      • a[:end] – a satrdan 0 indeksdan boshlab end indeksgacha bo‘lgan belgilar ketma-ketligini qirqib oladi;
      • a[start:end] – a satrdan start indeksdan boshlab end indeksgacha bo‘lgan belgilar ketma-ketligini qirqib oladi;
      • a[start:] – a satrdan start indeksdan boshlab oxirigacha bo‘lgan belgilar ketma-ketligini qirqib oladi;
      • a[start:end:step] – a satrdan step qadam bilan start indeksdan boshlab end indeksgacha bo‘lgan belgilar ketma-ketligini qirqib oladi.

    Dasturda qism satrlarni belgilashga misollar

    Satr uzunligini aniqlash


    Satr uzunligini len() funksiyasi yordamida aniqlash mumkin. Phyton barcha belgi va probellar sonini o‘zi hisoblab chiqaradi.
    Yodda saqlang!
    • Satr – harf, son va belgilar hamda probeldan tarkib topgan belgilar ketma-ketligi.
    • Satrdan nafaqat belgi, balki qism satrni ham qirqib olish mumkin.
    • Satr uzunligini len() funksiyasi yordamida aniqlash mumkin. Phyton barcha belgi va probellar sonini o‘zi hisoblab chiqaradi.

    Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
    1. “gul”, “is”, “ton” qism so‘zlaridan so‘z yasang.
    2. Ismingizni ekranga 5 marta chiqarish dasturini tuzing.
    3. Sinf (masalan, 9) vа ism (masalan, Dilshod) foydalanuvchi tomonidan kiritiladi. “Меn 9-sinf o‘quvchisi – Dilshodman” satrini chiqaruvchi dastur chizing.
    Download 256.2 Kb.




    Download 256.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 256.2 Kb.