|
Elektron tijorat hamda Elektron savdo belgilari va farqlari
|
bet | 4/4 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 156,68 Kb. | | #142914 | Turi | Referat |
Bog'liq IRODA REFERATElektron tijorat hamda Elektron savdo belgilari va farqlari
Elektron biznes kelib chiqishiga nazar tashlaydigan bo’lsak, XX asrning ikkinchi yarmi boshlarida axborot texnologiyalari sohasi taraqqiy eta boshlagani bunga turtki bo’lganini kuzatishimiz mumkin. Tabiiyki, korxonalar o‘rtasida va ularning ichida ma’lumotlar almashuvini soddalashtirish va arzonlashtirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) roli beqiyos. Yirik korporatsiyalar pulni, vaqtni, binolarni va kuchni tejash maqsadida hujjatli ishlarni qog’ozsiz texnologiyalarda amalga oshira boshladilar. Bu jarayon albatta ma’lumot almashinuv tezligini ortishiga ham ko’maklashdi. Shuni ta’kidlash kerakki, elektron tijorat kontseptsiyasi tushunchasi hali internet globallashmasdan oldin paydo bo‘ldi. Ammo faqat 2000-yillaga kelibginav lektron biznes bank sektori va elektron ma’lumotlar almashuvidan tashqariga chiqdi va biznesni yuritishning samarali vositasi sifatida keng rivojlandi. Yurtimizda soha rivojining ilk uchqunlari XX asr oxiri va XXI asr boshlariga to’g’ri keladi. Shunga qaramasdan ushbu qisqa muddat ichida elektron tijorat yo’nalishi ancha rivojlandi. So’ngi besh yillikda O’zbekistonda internet tezligining oshishi hamda, chekka chekka hududlarga ham yetib borishi, soha rivojini jadallashtirdi. Mamlakatimiz prezidenti o’z qaror, farmon va farmoishlari bilan raqamli iqtisodiyot va eketron tijoratga bo’lgan e’tiborni oshirmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli qarori 2 ga binoan iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng ko’lamli chora-tadbirlar ko’rilmoqda, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to’lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari, “sun’iy aql”, superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar bo’yicha faoliyat jahonning ko’plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning ko’plab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda. O‘z navbatida keng qamrovli xizmat - korporativ mijozlarga ham, oxirgi iste’molchiga ham xizmat ko‘rsatadigan Internet-vositachilar paydo bo‘lmoqda . Ular avtomatlashtirilgan axborot kanallari orqali mijozlariga xizmat ko‘rsatish boyicha ishlarni olib boradi
sotishdan oldin ishlar potensial xaridorlar va buyurtmachilar bilan ishlash, onlayn marketing
onlayn buyurtmalar (bevosita bitim bilan bog‘liq vazifalari) - xizmat xaridorlar va iste’molchilar, maxfiy axborotni muhofaza qilish
moliyaviy xizmatlar – buyurtmalarni bajarish bilan bog‘liq onlayn-tranzaktsiyalarning tarkibiy qismlari
sotishdan keyingi ishlar – buyurtma, hisob-kitob, almashtirish, nizolarni hal qilish holatini kuzatish. Bundan tashqari taqdim etilgan ma’lumotlarga o’zgarish kiritish osonligi va shu tariqa vaqt va harajatlarni tejab qolinishi raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning inson hayotida naqadar muhim o’rin egallaganligini ko’rsatadi. Sohaning izchil rivojlanayotgani va keng ommaga tarqalayotganining sababi ham aynan shu.
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki elektron tijorat sodda qilib aytganda ijtimoiy tarmoqlar hamda boshqa internet sahifalari kabi elektron vositalar ko’magida ehtiyojlarimizni qondiradigan xizmatlar va tovarlarni sotib olish yoki aksincha sotish kabi online tijorat amaliyotidir. Mamlakatimizda bozor munosabatlari hukmronlik qilar ekan siz kabi tadbirkorlarning faoliyati rivojlanishi davlat rivojlanishi hamdir desak mubolag’a bo’lmaydi. Demak jahon standartlarida ishlashimiz biznesimizni takomillashtirib tovarlarimizni jahon bozorlariga milliy brend tarzida olib kirishimizda raqamli texnologiyalarning o’rni beqiyos. Ammo har qanday raqamli biznesni boshlashdan oldin, u qaysi modelga kirishini bilishingiz kerak. Siz tushunganingizdek, elektron tijoratni amalga oshirishdan oldin uni qayerda shakillantirishingizni bilishingiz kerak. Avvalam bor ichki bozorda o’zingizni sinab ko’rib, keyinchalik faoliyatingizni kengaytirishingiz mumkin. Har qanday holatda ham ular bir xil boshqaruv modeliga ega bo'ladi va bunga faqat o'zingiz tanlagan biznes modelining o'ziga xos xususiyatlari ta'sir qiladi.
Elektron tijorat quyidagilardan iborat
Elektron malumot almashish (Electronics Date Interchange,EDI)
Elektron kapital harakati (Elektronic Funds Transfer, EFT
Elektron savdo (inglizcha e-trade)
Elektron pullar (e-cash)
Elektron marketing e-marketing)
Elektron bank (e-banking)
Elektron sug'urta xizmatlari (e-insurance). Elektron tijorat amaliyotida shuni ko‘rish mumkinki, aksariyat holatlarda elektron tijoratning yuqori samaradorligi muomaladagi xarajatlarni minimallashtirish orqali ta’minlanadi. Ushbu sohada elektron tijorat samaradorligini baholashga uslubiy yondashuv quyidagicha bo‘lishi mumkin
elektron tijoratning samaradorligini baholash uchun o‘rganilayotgan obyekt sohasini aniqlash
ushbu sohadagi tadbirkorlik subyektining maqsadli funktsiyasini aniqlash; maqsadga erishish uchun ishlanish ko‘rsatkichlarini aqlash
ishlash mezonlarini shakllantirish
samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun zarur statistik va Boshqa ma’lumotlarni olishni tashkil etish
ko‘rsatkichlar va ishlash mezonlarini hisoblash
natijalarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilish. Elektron tijorat dasturlari tobora keng qamrovli yo’nalishlarni taqdim qilib bormoqda, qo‘llanilishning ham yangi yo‘nalishlari paydo bo‘la boshladi. Buguni kunda bir necha to’liq shakllangan elektron tijorat tizimlarini sanab o’tishimiz mumkin. Kompaniyaning bozor strategiyasiga qarab, Internetdagi quyidagi shakllari mavjud
elektron biznes karta
elektron katalog
elektron do‘kon
internet do’kon.
savdo internet-tizimlar; Elektron biznes kartasi bir necha sahifalardan iborat bo‘lgan kompaniya va uning faoliyati haqida ma’lumot. Bunday saytning asosiy vazifasi – potensial mijozga oddiy biznes ma’lumotnomasi yoki reklama e’loniga o‘xshash bo‘lib kompaniyaning xizmatlari bilan tanishish uchun imkoniyat berish. Mijozni xabardor qilishning yanada rivojlangan shakli – bu tovarlar va xizmatlar haqida batafsil ma’lumot beruvchi va ko‘pincha hozirgi narxlar bilan xabardor qiluvchi elektron katalog. Elektron do‘kon sizga nafaqat mahsulot yoki xizmatni tanlash, balki Internet orqali Buyurtma berish va xarid qilish imkoniyatini beradi. Internet do‘kon oddiy do‘kon bo‘lib, tovarlar va xizmatlarni sotish lekin onlayn uslubda, shuningdek maqsadli auditoriyaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Asosiy maqsad – mahsulotlar sotuvi. Savdo hajmini oshirish asosiy maqsadi hisoblanadi. Ko‘pincha savdo bo‘limining murakkab tashkiliy tuzilishibilan farqlanadi. Nihoyat, savdo internet-tizimi umumiy logistikat izimi, Tovar zahiralarni boshqarishni, internet-do‘konni va odatiy do‘konlarni yagona tizimga birlashtiradi.
XULOSA XXI asr axborot asri. Xulosa o’rnida takidlashimiz kerakki, iqtisodiyotini raqamlashtirgan mamlakatlar allaqachon jahon maydonida mustahkam o’rin egallamoqda. Bizning yurtimiz ham jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan bir qatorda tilga olinadigan vaqt keldi. Bizdan talab qilinadigan yagona narsa iqtisodiy jihatdan yetuk davlatlar tajribalarini mukammal o’rganib chiqib, hayotimizda tadbiq qilish. Albatta raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat bu yo’lda “mayoq” vazifasini o’taydi desak mubolag’a bo’lmaydi. Endi siz elektron tijoratning har xil yo’nalishlarini yaxshiroq tushunganingizdan so’ng, ularni kompaniyangiz uchun ishlatish vaqti keldi. Elektron do’kon, ijtimoiy media marketing xizmatlari va boshqa ko’p imkoniyatli hizmatlarni taklif qilish orqali biznesingizni rivojlantirishingiz mumkin.
|
| |