• Kibernetika
  • Informatikaning nazariy asoslari




    Download 32.11 Kb.
    bet3/11
    Sana24.02.2023
    Hajmi32.11 Kb.
    #43371
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1 maruza
    МТТларда ЖШ олиб бориш тартиби - копия, Lektsiya (4), 4504-Текст статьи-11297-1-10-20211228, mustaqil ish masofaviy, Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobning tashkiliy 12463, Korxonalarning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv jarayonlari stra, РУЗА ТАКВИМ 2022, 4-sinf-Tabiat test-savollari-2, Dilnura, Anketa, 5c78e023dfdea, Amir temur va temuriylar sulolasi davrida oila tarbiyasi, INTEGRATIV TALIMNING MAZMUN, MOHIYATI VA TEXNOLOGIYALARI., Tabiatshunoslik va uni o\'qitish metodikasi
    Informatika - komppyuterlar yordami va ularni qo‘llash muhiti vositasida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog‘liq inson faoliyati sohasidir.

    Informatika va kibernetika tushunchalarida ko‘pincha chalkashliklar uchrab turadi. Ularning o‘xshashligi va farqini tushuntirishga harakat qilamiz.
    N.Vinner tomonidan kibernetikaga kiritilgan asosiy fikr inson faoliyatining turli sohalarida murakkab dinamik tizimlarini boshqarish nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Kibernetika komppyuterlar mavjudligi yoki yo‘qligidan qatoiy nazar mavjuddir.






    Kibernetika - texnik, biologik, ijtimoiy va boshqa turli tizimlarda boshqaruvning umumiy tamoyillari haqidagi fandir.

    Informatika yangi axborotni ancha keng, kibernetika kabi turli oboektlarni boshqarish vazifalarini amaliy hal etmay, o‘zgartirish va barpo etish jarayonlarini o‘rganadi. Shu bois informatika haqida kibernetikadan ancha keng fan sohasi, degan tasavvur hosil bo‘lishi mumkin. Biroq, boshqa jihatdan, informatika komppyuter texnikasi bilan bog‘liq bo‘lmagan muammolar yechimi bilan ifodalanmaydi, bu, shubhasiz, uning umumlashtiruvchi xususiyatini cheklaydi.
    Informatika komppyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud bo‘la olmaydi. Kibernetika komppyuter texnikasining barcha yutuqlaridan unumli foydalansa ham, lekin oboektlarni boshqarishning turli modellarini yaratgan holda o‘z-o‘zicha rivojlanaveradi. Kibernetika va informatika tashqi jihatdan bir-biriga juda o‘xshash bo‘lsa ham, lekin:

    • informatika - axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalari xususiyatlariga asoslanishi;

    • kibernetika esa - oboekt modellarining konsepsiyalarini ishlab chiqish va qurishda xususan axborotlardan keng foydalanishi jihatdan farqlanadi.

    O‘zbekiston Respublikasi informatika va hisoblash texnikasi yo‘nalishida jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratgani, ularda tadqiqotlar muvaffaqiyatli olib borilayotganligi bilan shartli ravishda faxrlana oladi. “Matematika fanining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, differinsial tenglamalar va matematik fizika, funksional tahlil sohasidagi yutuqlari respublikadan ancha uzoqda ham mashhur” deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov.
    Axborot texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundaki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog‘i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish iqtisodiyot, boshqarish, fan va taolim samaradorligining muhim omili bo‘lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o‘zgarishlarning amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog‘liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog‘liqdir.
    1956 yilda akademik M.T. O‘razboev tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida V.I.Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo‘limi ochilib, unga V.Q. Qobulov rahbar etib tayinlandi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bor “Ural-1” tipidagi EHM o‘rnatildi.
    1966 yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining hisoblash markaziga ega bo‘lgan Kibernetika instituti, 1978 yilda uning asosida Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
    Xalq xo‘jaligidagi turli vazifalarni hal etishda algoritmlashtirish nazariyasini rivojlantirgan akademik V.Q. Qobulov boshchiligadagi birlashmaning yetakchi olimlari O‘zbekistonda kibernetikaning tarkib topishi va rivojalanishiga ulkan xissa qo‘shdilar. Obrazlarni tekshirib bilish va sunoiy intellekt nazariyalar bo‘yicha katta maktab yaratgan akademik M.M.Komilov, matematik modellash va hisoblash eksperimenti, matematik va fizika murakkab vaziflarini hal etishni miqdoriy-tahliliy usullari bo‘yicha muxbir aozolar F.B.Abutaliev, B.A.Bendarenko, T.Bo‘riev, axborotni qayta ishlash bo‘yicha - akademik D.A.Abdullaev, kibernetika fanining turli yo‘nalishlari bo‘yicha ulkan ilmiy maktablar o‘zagini yaratgan professorlar T.A.Valiev, Z.T.Odilova, O.M.Nabiev, D.N.Axmedova, R.S. Saydullaeva, Z.M. Solixov, F.T. Odilova, N.A. Mo‘minov va boshqalarning katta xizmatlarini taokidlash lozim.
    O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgach, birlashma olimlari tomonidan fundamental va amaliy ilmiy yo‘nalishlar belgilandi, O‘z.R. Fanlar Akademiyasi Xayoati tomonidan Respublikada kibernetika va axborotlashtirishni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
    Bulardan tashqari matematik modellar asosida xalq xo‘jaligi muammolarini xal qilish, iqtisodiyotda axborotlar tizimlaridan unumli va oqilona foydalanish, zamonaviy komppyuter texnologiyalarining xayotga keng tadbiq qilish sohalari bo‘yicha akademik S.S.G‘ulomovning, iqtisodiy kibernetika yo‘nalishi bo‘yicha professor T.Sh.Shodievning maktablarini tilga olish diqqatga loyiqdir.
    Davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi va Respublikada axborotlashtirish jarayonini tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 8 dekabr qarori bilan Fan va texnika Davlat qo‘mitasi (FTDQ) qoshida axborotlashtirish bo‘yicha bosh boshqarma (Boshaxbor) tuzildi. Mazkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari doirasida O‘zR FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bir qator qonunlar qabul qilindi. Axborotlashtirish haqida (1993 yil, may) va EHM va maolumotlar bazasi uchun dasturlarni xuquqiy muhofazalash haqidagi (1994 yil, may) qonunlar shular jumlasidandir.
    O‘z FTDQ ning davlat patent idorasida 1995 yil sentabridan EHM va maolumotlar bazasi uchun dasturlarni xuquqiy muxofazalash usuli bo‘yicha agentlik ishlab turibdi. Bu idora dasturiy maolumotlar, shuningdek to‘liq yoki qisman mulkiy huquqlarni berish shartnomalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazadi.
    1994 yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasini qabul qildi. Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qo‘yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir:

    • milliy axborot - hisoblash tarmog‘ini yaratish;

    • axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy meoyoriy xujjatlarni yuritish;

    • axborotlarni qayta ishlashda jahon standartlariga rioya qilish;

    • informatika industriyasini yaratish va rivojlantirish;

    • axborot texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;

    • informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish.

    Konsepsiyaning asosiy qoyidalari hisobga olingan “O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish dasturi” ishlab chiqildi, u uch maqsadli dasturni o‘z ichiga oladi:
    a) milliy axborot - hisoblash tarmog‘i;
    b) EHM ni matematik va dasturiy taominlash;
    v) shaxsiy komppyuter.
    Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning olti ustuvor yo‘nalishi quyidagilardan iborat:

    • davlat statistika tizimi, kredit-moliya va bank tizimlari;

    • elektron maolumotlar bazasi;

    • fan-texnika axboroti (FTA) tarmog‘i;

    • taolim, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy muhofaza va soliqni saqlash sohalari axborot tizimlari;

    • maolumotlarni uzatish va aloqa tizimlari;

    • favqulodda holatlarining oldini olish va xabar berishning axborot tizimlari.

    Mazkur dasturda vazirlik va mahkamalar axborot tarmoqlari, Milliy axborot-hisoblash tarmog‘ini yaratish, komppyuterlar va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, xujjatlashtirishning meoyoriy-uslubiy va huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan.
    Milliy axborot hisoblash tarmog‘i davlat aloqa tizimi negizida ishlaydigan va yagona o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilish asosida qurilgan davlat va idoraviy xususiyatga ega axborot

    hisoblash tarmoqlari mujassamlashganligini o‘zida namoyon etuvchi ochiq tizim sifatida yaratilishi lozim.


    Yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni bir necha bosqichida hal etish ko‘zda tutilmoqda. Birinchi bosqichda milliy tarmoqlar o‘zagini tashkil etuvchi asosiy davlat muassasalari axborot tizimi va tarmoqlarni yaratish ko‘zda tutilgan. Bu tizimlarga asosiy talab: yuqori malakaliy ekspertizadan o‘tgan loyihadan mavjudligi; yuqori sifatli litsenziyali dasturiy vositalar va zamonaviy komppyuter texnikasi mavjudligi; ochiq tizimlardagi o‘zaro amaldagi xalqaro standart va qoidalardan foydalanishi.

    Download 32.11 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 32.11 Kb.