• - amaliy dasturlar
  • - dasturlashtirish tizimlari yoki instrumental tizimlar
  • - grafik interfeys
  • Kompyuter dastur ta’minotining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat
  • Informatsion-kommunikatsion texnologiyalarning dasturiy ta’minoti




    Download 314.83 Kb.
    bet2/3
    Sana10.04.2023
    Hajmi314.83 Kb.
    #50020
    1   2   3
    Bog'liq
    Informatsion-kommunikatsion texnologiyalarning dasturiy ta’minot
    26.04. 2022 yil, O‘RQ-457 08.01.2018 (1), CHET TIL TAT fan dasuri, PKL majmua 2023
    - tizimviy dasturlar – xilma-xil qoʻshimcha ishlarni bajarishga imkon beradi, masalan, kompyuterning ishlash jarayoni davomida nosoz qurilmalarni diagnostika va nazorat qilish vositalari, ma’lumotlarning nusxalarini olib qoʻyish, kompyuter haqida ma’lumotnomalar berish, kompyuterni boshlangʻich ishga tayyorlash va xakozolar;
    - amaliy dasturlar – foydalanuvchilarga zarur boʻlgan ishlarni bajarishga imkon beruvchi dasturlar, matn taxrirchilari, jadval protsessorlari, rasmlar chizishga imkon beruvchi dasturlar, informatsion massivlar va bilimlar bazalari bilan ishlashga imkon yaratuvchi dasturlar va xokazolar.
    - dasturlashtirish tizimlari yoki instrumental tizimlar – ular kompyuter uchun yangi amaliy dasturlar yoki foydali ilovalar yozish uchun xizmat qiladilar.
    Tizimviy dasturlarga operatsion tizim, drayverlar, qobiq dasturlar va operatsion qobiqlarni kiritish mumkin. Operatsion qobiqlar ishga tushiriladigan dasturlar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin:
    - grafik interfeys – ma’lumotlarni chiqarish va ular bilan samarador ishlashga imkon beradigan vositalar toʻplamini xosil qilish mumkin, ya’ni aloxida turdagi menyular, darchalar, oynalar, ma’lumotnomalar va xokazolar;
    - multidasturlashtirish – bir vaqtning oʻzida bir qancha dasturlarni ishlatish imkoniyati;
    - dasturlararo ma’lumot almashinishnig kengaytirilgan vositalarini ishlatish.
    Dastur ta’minoti ilmiy-texnik, iqtisodiy-statistik va boshqa masalalarni echishda, shuningdek, boshqaruv ma’lumotlarini qayta ishlash uchun hisoblash tizimlari qurishda kompyuter texnik vositalarining imkoniyatlarini ancha kengaytiradi.
    Kompyuter dastur ta’minotining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
    - dasturlashni avtomatlashtirish vositalari yordamida masalani EHMda echishga tayyorlash;
    - operator bilan kompyuterning eng qulay koʻrinishlardagi aloqasini tashkil qilish;
    - kompyuterni nazorat qilish, unga diagnoz qoʻyish va yuzaga kelgan nuqsonlarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik.
    Kompyuterning dastur ta’minoti strukturasida dasturlashning modulli tomoyili amalga oshiriladi, bu tomoyil, odatda funktsional bogʻliq boʻlmagan dasturlar yoki ularning qismlari standart modullar koʻrinishida shakllanadigan va sozlanadigan boʻlishini talab qiladi. Bunday struktura yoki ularning oʻrnini almashtirish, yoxud qoʻshimcha modullar kiritish yoʻli bilan EHMning dastur ta’minotini nisbatan oddiy kengaytirish va takomillashtirish imkonini beradi.
    Kompyuter dastur ta’minotining eng muhim tarkibiy qismi, operatsion tizim boʻlib, u turli tartiblarda kompyuterning eng samarali ishlashini, shuningdek, masalani kompyuterda echishga tayyorlashdagi mehnat sarfining kamayishini ta’minlaydigan dasturli vositalar majmuidan iborat.
    P ersonsl kompyuter funktsional maqsadiga bogʻliq holda kompleks monitor imkoniyatlari foydalanuvchi tomonidan displey kiritiladigan katta sonli boʻlmagan oddiy buyruqlarning bajarilishidan tortib, to aniq vaqt davomida har xil qurilmalar bilan boshqarishgacha oʻzgarib turadi. Monitorning odatdagi vazifasi Personsl kompyuter bilan foydalanuvchi oʻrtasida oʻzaro aloqadorlikni tashkillashtirish, resurslar taqsimlashni boshqarish va Personsl kompyuter faoliyatida talab etilgan tartibni ta’minlash, tizimli va boshqa dasturlarni ishga tushirish va bajarilishini nazorat ostiga olish, ma’lumotlar almashinish jarayonning bajarilishini boshqarishdir.
    Tizimli dasturlar va ma’lumotlar guruhiga tashqi tashuvchilarga xizmat qiluvchi dasturlar, servis dasturlar va dasturlar kutubxonasi kiradi.
    Axborotlarning tashqi tashuvchilarga xizmat koʻrsatadigan dasturlar tashuvchilardagi mavjud axborotlarni tenglashtirish va nazorat qilishga, shuningdek tashuvchilar bilan va alohida fayllar bilan boshqa jarayonlarni bajarishga tayyorlash, saqlashni tashkillashtirish va dasturlarni qoʻllash ishlarini engillashtiradi. Ular oʻzlarining funktsional maqsadlari nuqtai-nazaridan turli-tumandir, lekin qoidaga koʻra, ularning tarkibida matnni taxrirlash dasturlari va kutubxonalar boʻladi. Displeydan yoki boshqa bir qancha tashuvchilardan kiritilayotgan matnlar tahrir dasturlari orqali Personsl kompyuterning operativ yoki tashqi hotirasiga yoziladi, bunda ular maxsus tahrir buyruqlari yordamida oʻzgartirilishi mumkin. Koʻplab tahrir dasturlari mavjud, ular bir biridan bajaradigan imkoniyatlari bilan farqlanadi va matnlarda oʻzgarishlar qilish uchun ishlatiladi.
    2. Dasturlashtirish tillarining tasnifi.


    Dasturlashtirish tillari deganda nimani tushunasiz? Ular foydalanuvchi uchun qanday imkoniyatlar yaratadi? Dastur tillarining qaysi turlari oʻrgangansiz va ularning bir-biridan farqi nimada? Dastur tillarini qanday asosiy guruhlarga boʻlish mumkin va bu nimaga asoslanib amalga oshiriladi?
    Yuqorida keltirilgan savollar va muammolar xaqida biroz fikrlang va fikrlaringizni boshqalar bilan oʻrtoqlashing.
    Hozirgi paytda yuzlab algoritmik tillar mavjud boʻlib, ularga Fortran, Algol, Kobol, RL/I, Assembler, Paskal, SI, LISP, Beysik va boshqa koʻpgina tillarni misol qilib koʻrsatish mumkin. Bu algoritmik tillar universal dasturlash tillari hisoblanib, ular injener-texnik, hisoblash, iqtisodiy va boshqa xarakterdagi koʻplab masalalarni echishga, shuningdek ma’lumotlar toʻplamini qayta ishlash, matnli axborotlarni taxlil qilish va shularga oʻxshash boshqa koʻpgina masalalarni echishga moʻljallangandir.
    Masalalarni dasturlash uchun kompyuterda dasturlash tillari deb ataluvchi sun’iy tillar qoʻllaniladi. Masalani echishning ishlab chiqilgan algoritmi shu tillar yordamida bir ma’noli qilib va kompyuterda qabul qila oladigan formada tavsiflanadi.
    Hozirgi vaqtda dasturlash tilini u yoki bu belgisi boʻyicha tavsiflash mumkin.
    I shlatilish sohasiga koʻra dasturlash tillari universal, ya’ni barcha sohalarda ham ishlatish mumkin boʻlgan tillar va ma’lum soha yoki muammolarni echishga moʻljallangan tillarga boʻlinadi. Universal tillarga yuqori darajadagi tillardan
    Download 314.83 Kb.
    1   2   3




    Download 314.83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatsion-kommunikatsion texnologiyalarning dasturiy ta’minoti

    Download 314.83 Kb.