|
Axborot tizimilarining vazifasi
|
bet | 17/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgAxborot tizimilarining vazifasi. Axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan
belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqilgan boshqariluvchi
jarayonga maqsadli ta’sir ko‘rsatish — qaror qabul qilish deb ataladi. Qarorning
shakllanish jarayoni esa — qaror qabul qilish jarayoni deb yuritiladi. Tashkilotni
boshqarish doirasida mehnat taqsimotiga muvofiq qabul qilinadigan qarorlar
boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi.
Qaror qabul qilish jarayonini ta’minlash, ya’ni aynan, kerakli axborotni
kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish — tashkilot axborot tizimining
asosiy vazifalaridan biridir. Shu bois ham qaror mohiyati, uni qabul qilish
jarayoni, qaror qabul qilishning barbod bo‘lishi tashkilotning axborot tizimi
faoliyatiga, u yerda qo‘llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta’sir qiladi va hatto
axborot tizimining butun boshli sinfi — qaror qabul qilish tizimini shakllantirish
zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Tashkilotni boshqarishning yuqorida ko‘rib chiqilgan tizimi albatta, unga
kibernetik nuqtai nazardan yondashuviga ko‘ra belgilangan. Agar boshqaruv
tizimi haqida ayrim mavhumliklarsiz gapiradigan bo‘lsak, yuqorida qayd
etilganlardan tashqari tashkilotning boshqaruv tizimiga uning tashkiliy tarkibi,
xodimlar, vazifani bajarish choralarini ko‘rish, tashkilotning ichki madaniyati va
hokazo omillar ta’sir ko‘rsatadi.
37
Xo‘sh, ta’sir ko‘rsatish nima degani? Bu axborot tizimida qanday axborot
mavjudligi, u qanday saqlanishi, qay yo‘sinda qayta ishlanishi, ushbu tizim
qanday ishlashi va hokazolarni oldindan belgilashni anglatadi.
7. Axborot tizimlarining tuzilishi
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minlovchi va funksional qismlarga
ega (1-rasm).
Ta’minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy
va lingvistik ta’minotdan iborat bo‘ladi.
Axborot ta’minoti —
tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil
etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotni tasniflash va kodlashtirish,
hujjatlarni unifikatsiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi)
bo‘yicha loyiha qarorlarining, shuningdek, ma’lumotlar bazasi tuzilish
uslubining majmuidir.
U ko‘rsatkichlarni, ma’lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjatlarning
unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o‘z ichiga
oladi.
Texnik ta’minot.
Texnik ta’minot — axborot tizimi ishi uchun
mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va
texnologik jarayonlarga tegishli hujjatlardir.
Matematik ta’minot.
Matematik ta’minot — axborot tizimida vazifalarni
hal etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi, modellari,
matematik uslublari majmui.
Dasturiy ta’minot
— bu axborot tizimining maqsad va vazifalarini amalga
oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek texnik vositalar kompleksining
me’yorida ishlab turishi demakdir.
Dasturiy ta’minot tarkibiga umumiy tizimli va maxsus dasturli mahsulotlar,
shuningdek texnik hujjatlar, jumladan: operatsion tizimlar, dasturlash tizimi,
38
dasturchining
asbob-uskuna
vositasi,
test
va
tashxis
dasturlari,
telekommunikatsiyaning dasturiy vositasi, axborotni himoyalash, funksional
dasturiy ta’minot (avtomatlashtirilgan ish joylari, ma’lumotlar bazalarini
boshqarish tizimi va hokazo) kiradi.
Umumiy tizimli dasturiy ta’minot.
Ularga foydalanuvchiga mo‘ljallangan
va axborotni qayta ishlashning an’anaviy vazifalarini hal etish uchun
belgilangan dasturlar kompleksi kiradi. Ular kompyuterlarning imkoniyatlarini
kengaytirish, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va nazorat
qilishga xizmat qiladi.
Maxsus dasturiy ta’minot.
Aniq bir dasturiy tizimni yaratishda ishlab
chiqilgan dasturlar majmuini ifoda qiladi. Uning tarkibiga turli darajada
o‘xshash ishlab chiqilgan modellar, ma’lum bir obyektning ishlashini aks
ettiruvchi amaliy dasturlar paketi kiradi.
Uslubiy ta’minot va tashkiliy ta’minot —
axborot tizimini ishga tushirish
va ishlatish jarayonida axborot tizimi xodimlarining texnik vositalar bilan va
o‘zaro ta’sirini belgilovchi metodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir.
Ergonomik ta’minot
(sharoit) — ish joylariga, axborot modellariga,
xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablardan iborat hujjatlar,
ularni amalga oshirish usullari to‘plamidir.
Maqsad — xodim ishining yuqori samaradorligini ta’minlash.
Huquqiy ta’minot
— axborot tizimining huquqiy maqomi va uni ishga
tushirishni belgilovchi huquqiy me’yorlar majmuidir. Axborotni olish qayta
o‘zgartirish va foydalanish tartibi belgilab qo‘yiladi. Huquqiy ta’minotning
asosiy maqsadi qonunchilikni mustahkamlash sanaladi. Huquqiy ta’minot
tarkibiga qonunlar, farmoyish, hukumat organlari qarorlari, buyruqlari,
yo‘riqnomalari va vazirliklar, idoralar, mahalliy hukumat organlarining boshqa
me’yoriy hujjatlari kiradi.
39
Lingvistik ta’minot —
axborot tizimi xodimlari va texnik, dasturiy va
axborot ta’minoti xodimlarining muloqot tili majmui (til vositasi), shuningdek,
axborot tizimida foydalaniladigan atamalar majmui.
Axborot tizimning funksional qismi
axborot tizimining vazifa va
topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydi. Amalda bu yerda tashkilotni boshqarish
tizimining modeli saqlanadi. Mazkur tizim doirasida boshqaruv maqsadlarining
funksiyalarga, funksiyalarning esa axborot tizimi kenja tizimiga o‘zgarishi ro‘y
beradi. Kenja tizimlar vazifalarni amalga oshiradi. Ular tizimning biror bir
belgisiga ko‘ra ajratib ko‘rsatilgan qismidir. Odatda axborot tizimida funksional
qism funksional belgilariga ko‘ra kenja tizimlarga bo‘linadi:
boshqaruv darajasi (oliy, o‘rta, quyi);
boshqariladigan resurs turi (moddiy, mehnat, moliyaviy va hokazo);
qo‘llanish sohasi (bank, jamg‘arma bozori va hokazo);
boshqaruv ishi va davri.
Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizimining
funksional qismi tarkibi va mazmuni ma’lum bir obyektga bog‘liq. Axborot
tizimining ta’minlovchi qismi tarkibi va mazmuni turli obyektlar uchun bir xilda
bo‘ladi.
|
| |