Innovatsion faoliyat infratuzilmasini rag‘batlantirish yo‘llari




Download 69,7 Kb.
bet3/7
Sana17.02.2024
Hajmi69,7 Kb.
#158084
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Infratuzilmasini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari

Innovatsion faoliyat infratuzilmasini rag‘batlantirish yo‘llari.


Hozirgi kunda innovatsion faoliyatni amalga oshirishni rag‘batlantiruvchi asosiy kuch sifatida, tovar bozorlaridagi keskin raqobat sharoitidagi potensial daromad miqdori xizmat qilishi mumkin. Innovatsion faoliyat o‘zgarishi omillari
o‘rtasida uskunalar xarid qilish, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlar keng tarqalgan. Ichki va tashqi bozorlarda keskin raqobat mavjudligi innovatsiyalarning asosiy maqsadlarini belgilab beradi.
Innovatsion jarayonlarning iqtisodiy rivojlanishdagi roli texnologik bazani yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi bozorlarni egallash va bu bilan iqtisodiy o‘sishning yanada yuqori sur’atlariga erishishda o‘z aksini topadi. Innovatsion rivojlanish omillari iqtisodiy o‘sishning asosini tashkil etgan holda ishlab chiqarish sohasining ko‘pgina xususiyatlarini ham belgilaydi (4.2-rasm).
Paydo bo‘lishiga qarab ular ichki va tashqi omillar bo‘lishi mumkin. Ichki omillar:

  • ishlab chiqarish rivojlanishining moddiy-texnik bazasi;

  • korxona ixtisosligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning maqsadi;

  • boshqaruv turi va tashkiliy tuzilmasi;

  • boshqaruv uslubi va uslubiyoti;

  • ishlab chiqarishning yangilik darajasi;

  • turli xil xodimlarning talab qilingan va mavjud malakaviy darajasi;

  • xodimlarni rag‘batlantirish tizimi;

  • xodimlarning innovatsiyaviy faolligi darajasi;

  • tashkiliy madaniyat va boshqalar.

Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • bozor tuzilmalari;

  • soliq tizimi;

  • qonuniy-huquqiy tizim;

  • moliya-kredit tizimi;

  • umumiqtisodiy, ijtimoiy va tashqi siyosiy xarakterga ega omillar;

  • tarixiy va milliy omillar.

Innovatsion asosga ega bo‘lgan iqtisodiy rivojlanish masalasini echish jarayonida, korxonada innovatsion faoliyatning asosiy maqsadlar tizimini ifodalashi lozim. Bu ayniqsa, o‘z rivojlanishining faol strategiyasini amalga oshirayotgan korxonalar uchun muhimdir (4.2-rasm).












Download 69,7 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 69,7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsion faoliyat infratuzilmasini rag‘batlantirish yo‘llari

Download 69,7 Kb.