Ingliz tilini qanday qilib mustaqil o‘rganish mumkin?




Download 17.36 Kb.
Sana02.01.2023
Hajmi17.36 Kb.
#37396
Bog'liq
INGLIZ
Меҳнат як намуди фаъолиятест, 2-semestr ucun fizika fanidan tajriba ishlari, Kurs ish ABBOS TJMO.doc, kurs1, 9-mavzu O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshir, JAMOANI SHAKILLANTIRISH, XTBga taqdimnoma, 6-sin Burchoqdoshlar oilasi, Проект АР КР (1), қўл-ва-оёқ-суяклари, МУСТАКИЛ ТАЪЛИМ БЎЙИЧА КЎРСАТМА, REFERAT, 7, 88 (25)

INGLIZ TILINI QANDAY QILIB MUSTAQIL O‘RGANISH MUMKIN?
Sir emaski, bugungi hayotimizda chet tillarini o‘rganishga har doimgidan ham ko‘proq ehtiyoj sezilayapdi. Hususan, ingliz tilini o‘rganish zamon talablaridan biriga aylandi. Lekin biz har doim ham tilo‘rganishga vaqt topa olmasligimiz mumkin. Shunday damlarda kishi o‘z ustida ishlab ham, malakasini oshirib borishi mumkin, albatta, boshlang‘ich ko‘nikma bo‘lgani holda. Shu tariqa ayrim tavsiyalarni berib o‘tishimiz mumkin.
1. Film, musiqa, mehmonxona yoki kitobga atab taqriz yozing. Misol uchun, siz biror serial ko‘rayapsiz, siz seriallarga juda qiziqasiz va seriallar haqida soatlab gapirishingiz mumkin. Nega endi bu qiziqish shijoatingizni til o‘rganish tomon yo‘naltirmaysiz? O‘zingizga yoqqan serialga taqriz yozing. Faqat ingliz tilida! Shunday yozing-ki, o‘qigan kishi serialni ko‘rgandek bo‘lsin. Albatta, har kim o‘ziga yoqqan, o‘zi zavqlanadigan narsa haqida yozsa, ham foydali, ham zeriktirmaydigan ish bilan shug‘ullangan bo‘ladi.
2. Faqat ingliz tilida qidiring. Ko‘pchiligimiz internetda ma’lumot qidiramiz. Hozirda hatto 80 yoshli keksalar ham o‘zlarining sevimli quymoqlarini pishirish uchun internetdan masalliqlar ro‘yxatini qidirayapti. Sizga qachondir internetdan ma’lumot kerak bo‘lib qolsa, uni Google, Yahoo, mail.ru yoki boshqa qidiruv manzlidan foydalanishingizdan qat’iy nazar faqat ingliz tilida qidirishga harakat qiling. Shunday qilsangiz, ham ko‘poq ma’lumot topasiz, ham ingliz tilini o‘rganasiz.
3. O‘qigan kitobingiz yoki ko‘rgan filmingizning ingliz tilidagisini qayta o‘qing yoki ko‘ring. Misol uchun, Aleksandr Dyumaning “Uch mushketyor»” asarini o‘zbek tilida o‘qigan bo‘lishingiz, yoki “Titanik” filnimining o‘zbekcha tarjimasini ko‘rgan bo‘lishingiz mumkin. Siz bu kitob yoki filmning barcha tavsilotlarini bilasiz. Hozir internetda har qanday film va kitobni topsa bo‘ladi. O‘zingizga yoqqan asar yoki filmning ingliz tilidagi versiyasidan bahramand bo‘lishga harakat qiling.
4. Kitob tarjima qiling. Bu juda mashaqqatli ish. Ammo urinib ko‘rishga arziydi. Boshlanishiga oddiy, sodda, kichik hajmda bo‘lgan, ingliz tilida yozilgan kitobni tarjima qilishga urinib ko‘ring. Muvaffaqiyatli chiqqan tarjimangizni tanishlaringizga yoki internet foydalanuvchilariga taqdim etishingiz mumkin.
5. Birinchi 20 ta sahifani qoldirib keting. Ingliz tilida yozilgan asarni oling va ilk 20 sahifasini tashlab ketgan holda kitobni o‘qishni boshlang. Bir tomondan bu usul 20-sahifadan keyin bo‘layotgan voqealar haqida o‘qish jarayonida ko‘proq fikrlashga, hikoya qilinayotgan jarayonlarni tushunib olishga undasa, ikkinchi tomondan hikoyaning davomi va boshi qanday bo‘lishi haqidagi qiziqishingizni alangalatib yuboradi.
6. Dialogli kitob o‘qing. Ikki kishi o‘rtasidagi suhbatda turli og‘zaki nutqda ishlatiladigan iboralar, idiomalar, holatga mos atamalar ishlatilishi mumkin. Bunday kitoblarni o‘qish og‘zaki nutqingizning rivojlanishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Aynan qaysi kitobni o‘qishni bilmay turganlar oddiy, “Inglizcha-o‘zbekcha so‘zlashgich” kitoblaridan foydalansa ham bo‘ladi.
7. Ingliz tilidagi shahar yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘qing. Misol uchun Termiz shahrining xorijlik mehmonlar uchun rasmiy yo‘l ko‘rsatkich yo‘riqnomasi bor. U kichik kitobcha shaklida bo‘lib, unda shaharning diqqatga sazovor joylari, mehmonxonalari, bozorlari va boshqa mehmonlar uchun kerakli bo‘lgan jihatlari haqida ingliz tilida ma’lumotlar berilgan. O‘z shahringiz, yoki London, Nyu York, Parij kabi katta shaharlarning yo‘l ko‘rsatkich yo‘riqnomalarini topib o‘qishga harakat qiling.
Til o‘rganishga ishtiyoqi baland kishi ushbu ko‘rsatmalardan tashqari ham o‘ziga motivatsiya beradigan yo‘llarni izlab topadi. Nima bo‘lganda ham ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan majburiyatni ishtiyoqqa aylantirish juda foydalidir.
Download 17.36 Kb.




Download 17.36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ingliz tilini qanday qilib mustaqil o‘rganish mumkin?

Download 17.36 Kb.