Inklyuziv ta’limga bo‘lgan ehtiyojlar va sabablari, ularni inklyuziv ta’limga jalb etish




Download 18.08 Kb.
Sana21.11.2022
Hajmi18.08 Kb.
#31067
Bog'liq
Inklyuziv ta’lim
abbos mustaqil ish raqamlar, Ishlab chiqarish va Xarajatlar, Algoritmlarni loyihalash laboratoriya uslubiy qo\'llanma tasdiqlash, zuhranafisa, adabiyotlar taxlili, bGTyD8Ncci3CxjHH19uRJ6rckdpQuX4K, 2- dedlineMIT., Atrof muhit, Energetik qurilmalarni texnik va texnalogik jihatlarni va mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlili haqida, lecture2 (1), Uzb1Gulshanoy, тест, Chaqiruv qog`ozi-392211100794(2), Ingliz tili uz - 2021 Oliygoh.uz

INKLYUZIV TA’LIMGA BO‘LGAN EHTIYOJLAR VA SABABLARI, ULARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB ETISH.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi. Bu haqda "Norma" xabar berdi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
• 2020-2025 yillarga xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda – Konsepsiya) va 2020-2021 yillarda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
• alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari).
Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi.

2021/2022 o‘quv yilida:


• tajriba-sinov tariqasida shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilinadi;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar ochiladi;
Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb-hunar maktabida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlar tashkil etiladi.
Inklyuziv ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha ijobiy tajriba respublikaning boshqa hududlariga bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:
• ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida majburiy umumiy o‘rta ta’limni 11 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 9 yillik) muddatda amalga oshiriladi;
• ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 10-11-sinf (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 8-9-sinf) o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining qisqartirilayotgan o‘quv soatlari doirasida kasb o‘qitish kurslari tashkil etiladi.
Kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etishda metodik yordam ko‘rsatish, o‘quv jarayonini samarali olib borish va malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish uchun professional ta’lim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga biriktiriladi.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish moslashtirilgan (adaptiv) o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga individual ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda maxsus pedagoglar va tyutorlar (yordamchi pedagog xodimlar) yaqindan ko‘maklashadi. Tyutor sifatida tegishli malakaga ega volontyorlar va oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishidagi yuqori kurs talabalari pedagogik amaliyot davrida ixtiyoriylik asosida jalb qilinadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda professional ta’lim muassasalari uchun umumiy davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlarining 2 foizgacha bo‘lgan qismi ushbu shaxslarga ajratiladi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab:
a) ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining rahbar xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida to‘lanadi;
b) quyidagilarning:
• “Mehribonlik” uylari respublika sog‘lomlashtirish oromgohi rahbarining bazaviy tarif stavkasi miqdori “Mehribonlik” uylarining tegishli rahbar xodimi bazaviy tarif stavkasining 90 foiziga tenglashtiriladi;
• “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari psixologlarining bazaviy tarif stavkasi miqdori umumta’lim maktablari psixologlari bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi;
• “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari to‘garak va musiqa rahbarlari, mehnat va trener yo‘riqchisining bazaviy tarif stavkasi miqdori “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi qoshida “Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi” tashkil etiladi.
Inklyuziv ta'limning muammolari. Ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta'limni joriy etish bo‘yicha davlat normativ xujjatlarida qayd qilinmaganligi; Nogiron bolalarga nisbattan salbiy munosabat; Imkoniyati cheklangan bolalarning hamjamiyatda ko‘rinmaslik muammosi; Imkoniyati cheklangan bolalarning maktabda ko‘rinmaslik muammosi; Moddiy mablag‘ muammolari; Ta'lim muassasalarini moslashtirish; Sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi; Kambag‘allik; Jinsiy tafovutlarga qarab kamsitish; Imkoniyati cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi; Favqulodda vaziyatlar , mojarolar, qochoqlar; Kadrlar masalasidagi muammolar. Haqli savol tug‘iladi, nima uchun imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta'lim tizimiga jalb etish kerak? Yuqorida keltirilgan dalillarni hal etib inklyuziv ta'lim tizimiga o‘tishga qanday zaruriyat bor? Darhaqiqat, bu ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish oson kechmaydi. Ammo bu ta'lim tizimining nafli jixati juda ko‘p ular sirasiga qo‘yidagilar kiradi:  Inklyuziv ta'lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon beradi;  Inklyuziv ta'lim barcha uchun ta'lim sifatini yaxshilaydi;  Kamsitishlarni oldini oladi;  Inklyuziv ta'lim yanada inklyuzivlikka olib keladi.1 Inklyuziv ta'limning prinsiplari: 1. Insonning qadr qimmati, uning qobiliyati va yutug‘iga bog‘liq emas. 2. Har bir inson o‘ylash va xis qilish qobiliyatiga ega. 3. Har bir kishi eshitish va muloqot qilish qobiliyatiga ega. 4. Har bir kishi bir\biriga muxtoj. 5. Shaxsning to‘liq va haqiqiy ta'lim olishi faqat real hamkorlikda amalga oshadi. 6. Hamma kishilar o‘z tengdoshlarini qo‘llab quvvatlashga muxtoj. 7. Hamma ta'lim oluvchilarni yutuqga erishishiga ularning nimadir qila olmasligi emas , balki nimanidir qila olishidir. 8. Hamkorlik qilish kishi haѐtini har tomonlama ko‘chaytiradi. Inklyuziv ta'lim tizimi qo‘yidagi ta'lim muassasalarni o‘z ichiga oladi; maktabgacha umuta'lim, umu o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus kasb-xunar va oliy ta'lim. Bu ta'lim muassasalarning maqsadi bolalarning ta'lim olishi va kasb-xunarga tayѐrlashda ularning o‘rtasidagi to‘siqlikni bartaraf etib ochiq ta'lim muxitini yaratishdan iborat. Umumta'lim maktablarda alohida dastur va darsliklardan foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi. Inklyuziv ta'lim tizimi integratsiyalashgan ta'lim tizimidan uzinig mazmun – moxiyati, maqsadi, vazifalari va xarakat dasturi bilan farqlanadi. Bolaning tarbiya va o‘quv faoliyatida orqada qolishi psixik funksiyalarni o‘zlashtirmaganligi natijasidir. Masalan, bolaning kiyim kiyishida ketma-ketlikning buzilishi uning xotirasi zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan malakalarni egallamaganligi tufayli ro‘y beradi. Bunday psixik
Download 18.08 Kb.




Download 18.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inklyuziv ta’limga bo‘lgan ehtiyojlar va sabablari, ularni inklyuziv ta’limga jalb etish

Download 18.08 Kb.