INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM




Download 379.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana29.07.2023
Hajmi379.24 Kb.
#77571
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sag`dullayev Diyor Alimovich
GbKtfb-KVNm3UvR6v a7Dw
 
INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
354
MUHOKAMA VA NATIJALAR: Hozirgi davrda o‟sib kelayotgan avlodni 
mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi muhimdir. Ushbu masalaning 
hal etilishi ko‟p jihatdan o‟qitishning interfaol metodlarini qo‟llashga bog‟liq. 
Interfaol so‟zi inglizcha “Interakt” so‟ziga mos kelib, “Inter – o‟zaro”, “akt – ish 
ko‟rmoq, ishlamoq” degan ma`nolarni anglatadi. Interfaol o‟qitish – 
muloqotli o‟qitish bo‟lib, jarayonning borishida o‟qituvchi va o‟quvchi 
orasida o‟zaro ta`sir amalga oshiriladi. Interfaol o‟qitishning mohiyati o‟quv 
jarayonini shunday tashkil etishdan iboratki, unda barcha o‟quvchilar bilish 
jarayoniga jalb qilingan bo‟lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr 
yuritish imkoniyatlariga ega bo‟ladilar. Darslardagi interfaol faoliyat o‟zaro 
tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi 
uchun ahamiyati nazorat topshiriqlarini birgalikda yechishga olib keladigan 
muloqotli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko‟zda tutadi. Interfaol 
metodlardan foydalaniladigan o‟quv jarayonida o‟quvchilar tanqidiy 
fikrlashga, shart -sharoitlarini va tegishli axborotni tahlil qilish asosida 
murakkab muammolarni yechishga, alternativ fikrlarni chamalab ko‟rishga 
va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, bahslarda ishtirok etishga
boshqalar bilan muloqot qilishga o‟rganadilar. 
-boshqalar bilan o‟zaro muloqotda bo‟lish va ularning yordamiga 
muhtojlik zaruratining shakllanishi
-o‟quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish. 
Interfaol usullar bo‟yicha o‟qitish tashkil etish jarayonida o‟qituvchining 
bergan topshiriqlari mazmuni o‟quvchining tafakkurini rivojlantirish uchun 
kuchli vositadir. Ushbu topshiriqlar turli xil murakkablik darajalarida bo‟lib, 
o‟quvchilarni fikr yuritish, o‟ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil 
etishga undovchi bo‟lishi lozim. Quyida topshiriq savollarini to‟g‟ri ifoda qilish 
uchun tavsiyalar keltiramiz: 
1. Topshiriq savollarini aniq va tushunarli darajada qo‟yish lozim. 
2. Topshiriq mavzu bilan bevosita bog‟liq bo‟lishi kerak. 
3. Muayyan predmetlardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat 
o‟quvchilarni o‟ylashi va savolga javob berishda yengillik tug‟diradi. 
4. Faqatgina “ha” yoki “yo‟q”, “to‟g‟ri” yoki “noto‟g‟ri” degan javoblar 
beriladigan savollarni berishdan saqlaning. 
5. O`quvchilarga o‟z intellektual qobiliyatlariga tayangan holda javob 
beradigan savollarni bering. 
6. O`quvchining o‟z nuqtai nazarini bildiradigan topshiriqlardan berishga 
harakat qiling. 
7. Qo‟yilgan topshiriqqa javob berilganda o‟quvchilardan “Nima uchun 
shunday deb o‟ylaysiz?” deb so‟rab turing. 



Download 379.24 Kb.
1   2   3   4   5




Download 379.24 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM

Download 379.24 Kb.
Pdf ko'rish