1.2. Ta’lim sifatini oshirishda axborot-kommunikatsion texnologiyalarining o’rni.
Jamiyatni axborotlashtirish – bu butun insoniyat taraqqiyotining jadal o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra bilish va rivojlanishni boshqarish imkoniyatidir. Bunday jamiyatda ta’lim tizimi yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanib, zamonaviy ta’lim axborot muhitini shakllantirishga asoslanishi va tayanishi shart.
Ta’limning barcha sohalarida hayotimizga kirib kelayotgan yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sifati va samarasini oshirish hamda takomillashtirilish zarur. Ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanilishi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati uchun ta’lim jarayonini jadallashtirishga yordam beruvchi psixologogik-pedagogik ishlanmalar, ta’lim g‘oyalarini rivojlantiruvchi butkul yangi imkoniyatlarni beradi, bu esa ta’limda yangi uslub va tashkiliy shakllar yuzaga kelishiga hamda ularni tezkor ta’lim jarayoniga joriy etish imkonini beradi.
Ta’lim jarayonida kompyuter o‘rganish obyekti ham, ta’lim-tarbiya, rivojlanish va ta’lim mazmunini o‘zlashtirishini tashxis qilish vositasi ham bo‘lishi mumkin, ya’ni ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan ikki yo‘nalishda foydalanish mumkin.
Birinchi yo‘nalishda — kompyuter texnologiyalari imkoniyatlari, turli masalalarni hal etishda undan foydalanish malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar o‘zlashtiriladi.
Ikkinchi yo‘nalishda — kompyuter texnologiyalari ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish samaradorligini oshirishning kuchli vositasi hisoblanadi.
Zamonaviy ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishi davr ruhiga mos holatdir. Biroq «o‘qituvchi — o‘quvchi» o‘zaro murakkab aloqadorligi tizimida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning o‘rni haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish zarur. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ta’limning maqsad va vazifalarini o‘zgartiradi: ta’limning yangi metodlari va tashkiliy shakllari yuzaga keladi. Ta’lim mazmunining yangilanishi, eng avvalo, o‘quvchilarda atrof-olam haqida tabiiy-ilmiy tasavvurlarning shakllanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Kompyuter texnologiyalarini joriy etish ta’lim jarayonini mujassamlashtirish imkonini beradi. Yangi bilimlarni mexanik o‘zlashtirishdan mustaqil o‘zlashtirishga intilishni ta’minlovchi psixologik-pedagogik ishlanmalarni amaliy keng qo‘llash imkonini beradi. Kompyuter texnologiyalari o‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Zamonaviy jamiyatda moddiy ishlab chiqarishning ajralmas qismi ijtimoiy, shuningdek, ta’lim jarayonlariga ilmiy yutuqlarni joriy etish rivojlantirishga texnologik yondashuv hisoblanadi. Taniqli pedagog-olim G. K. Selevko ishlab chiqarishda texnologik yondashuv ishlab chiqarish jarayonlari — texnologiyalarini tasavvur etilishi sifatida tusuniladi, — deya ta’kidlaydi. «Texnologiya» tushunchasini ta’lim sohasida qo‘llanishi va doim umumlashtirish va tizimlashtirishni talab etadigan pedagogik jarayonlarga texnologik yondashuv, pedagogik innovatsiyalar tajribalariga, tashabbuskor-o‘qituvchilar faoliyati, psixologogik-pedagogik tadqiqotlar natijalariga, ta’lim jarayonlari rivojiga samarali ta’sir etishi mumkin [23].
Kompyuter texnologiyalari (ingliz tilida — Computer Science) — bu kompyuterdan foydalanib, axborotni saqlash, uzatish, qayta ishlash, himoya qilish va taqdim etishga javob beruvchi texnologiyalarning umumiy nomidir. Biroq ta’limda kompyuter texnologiyalari — bu tor tushunchadir, sababi axborot texnologiyalarida zarur vosita sifatida faqat kompyuterdan emas, balki audio va videoqurilmalar, proyektor hamda boshqa texnik vositalardan foydalanilishi mumkin.
Kasbiy ta’lim sohasini axborotlashtirish va kompyuterlashtirish muammolariga oid ilmiy-metodik adabiyotlarda (I. G. Zaxarova, B. S. Gershunskiy, A. L. Denisova, S. R. Domanova, A. N. Tixonov, G. A. Kozlova, E. Yu. Semenova, E. S. Polat, M. Yu. Buxarkina, A. E. Petrov, G. K. Selevko va boshqalar), «Yangi axborot texnologiyalari», «Kompyuterli ta’lim texnologiyalari», «Kompyuterli pedagogik texnologiyalari» va boshqa atamalardan sinonim sifatida foydalanilgan. Bu mazkur tushunchani ta’riflashda, soha tadqiqotlariga muvofiq ravishda, yagona tushuncha qabul qilinmaganligidan guvohlik beradi.
Kompyuter texnologiyalari ta’limda dasturlashtirish g‘oyasini rivojlantiradi, ta’lim sohasida texnologiyalarga oid zamonviy kompyuter va telekommunikatsiyalar imkoniyatiga bog‘liq yangi tadqiqotlar yo‘lini ochadi. Ta’limda kompyuter texnologiyalari — bu o‘quvchilarga ta’limiy axbotlarni tayyorlash va uzatish vositasi kompyuter bo‘lib hisoblangan jarayondir. Kompyuter texnologiyasi uch turda amalga oshiriladi:
-«singib boruvchi» texnologiya sifatida (qator didaktik masalalar yechimida, alohida bo‘lim va mavzularni bayon etish va taqdimotida kompyuterdan foydalanilishi);
-ta’lim texnologiyasining asosiy, muhim ahamiyatli qismlarini yanada aniq belgilovchi omil sifatida;
-monotexnologiya sifatida (kompyuterdan foydalanib, ta’lim jarayonini boshqarish, tashxis va monitoring qilish).
Ta’limda yangi kompyuter texnologiyalari quyidagi holatlarda samarali hisoblanadi:
-pedagogik texnologiyalar asosiy tamoyillarini (oldindan loyihalashtirish, taqdim etish, maqsadga muvofiqlashtirish, yaxlitlik) ta’minlaydi;
-ilgari nazariy yoki amaliy jihatdan yechimi mavjud bo‘lmagan didaktik masalalarning hal etilishini ta’minlaydi;
-kompyuter texnikasidan foydalanib, axborotni tayyorlash va uzatish imkoniyatining kengayishini ta’minlaydi.
Shu tariqa, mazkur tushuncha ta’lim sohasida kompyuterning keng tadbiq etilishi bilan bog‘liqdir. Kompyuter texnikasi uzoq yillar davomida o‘sib borayotgan axborotlar oqimidan istalgan vaqtda foydalanish imkonini taqdim etadi. Shu sababli o‘quvchilarga chuqur bilim berishda zamonaviy kompyuter texnikasi muhim ahamiyatga molik. Bunda o‘quvchilarga umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari sohasida dolzarb bilimlarni o‘z vaqtida yetkazib berish zarur bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi davrda ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalari va kompyuterdan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishi o‘z tasdig‘ini topib ulgurgan. Shu sababli ta’lim jarayonida kompyuterdan foydalanish ta’lim jarayonini tashkil etishda va ta’limning maqsad va vazifalarini hal etishda katta ahamiyatli o‘rin tutadi. Xulosa qilib aytganda, yangi axborot texnologiyalari asosida kasbiy mutaxassislarni tayyorlashda umumiy pedagogik, psixologik, didaktik, metodik jarayonlar pedagogik masalalar bilan bog‘liq holda amalga oshirilishi — ta’lim sohasining eng samarali usulidir.
Multimedia va internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi. Xususan:
- Axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar;
- Bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;
- Mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;
- Bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv faoliyatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo‘lishi kerak.
Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova-Toporkova va boshqalar o‘qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimdonligini quyidagi sifatlar bilan baholaydilar:
- zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga qodirlik;
- shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish;
- umumiy komunikativ (o‘zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi;
- axborot vositasida o‘zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida nazariy tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo‘lishi;
- o‘zini refleksiyalash (o‘z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo‘lishi;
- axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish usullarini, uni o‘zgartirish, uzatish va integratsiyalash madaniyatini o‘zlashtirish.
Pedagog-olim V. K. Selevko esa o‘qituvchining kompyuter savodxonligini kompyuterli texnologiya mazmunining muhim qismi deb hisoblaydi va uning tarkibiga quyidagilarni kiritadi:
-informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish;
-kompyuterli texnikaning umumiy tuzilishi va funksional imkoniyatlarini bilish;
-zamonaviy operatsion tizimlarni bilish;
-umumiy vazifa bajaradigan zamonaviy dasturning qobiqlar va operatsion vositalarini (Norton Commander, Windows va boshqalarini) bilish hamda ularning vazifalarini o‘zlashtirish;
-hech bo‘lmaganda bir matn redaktorini o‘zlashtirganlik;
-dasturlashtirish algoritmlari, tillari va paketlari haqidagi boshlang‘ich tasavvurlarining bo‘lishi;
-utilitar (amaliy foyda beradigan) vazifalarini bajaradigan amaliy dasturlaridan foydalanishning boshlang‘ich tajribasi.
Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda jadallik bilan rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod kompyuterlarining, yangi dasturlarining chiqishi, turli ta’limiy vazifalarni hal etish qulay texnikafiy imkoniyatlar ochib beradi. Biroq ilmiy izlanishlar o‘quv maqsadida foydalaniladigan axborot tizimlari o‘z didaktik sifatlariga ko‘ra hali ham qoniqarsiz darajada ekanligini ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, axborot texnologiyalarini o‘qitish maqsadlarida foydalanishning metodik (pedagogik) vositalari axborotlashtirishning texnikaviy vositalari rivojlanishidan ancha orqada qolib ketyapti. Kompyuterning imkoniyatlari juda katta, biroq pedagogik maqsadlarda u yetarli darajada foydalanilmayapti.
O‘qitish maqsadidagi axborot uni loyihalashtirish bosqichida kiritiladi. Xususan, axborot — avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlarining ma’lumotlar bazasini yaratishda, elektron darsliklarni tuzish uchun o‘quv materialini tayyorlashda, modellashtiriuvchi turdagi kompyuter tizimlari bilan o‘quv ishlarining ssenariylarini, masalalar va mashqlar, test topshiriqlari tuzishda kiritiladi. Axborot texnologiyalari bir yo‘la bir necha fan sohalariga informatika, matematika, kibernetika, psixologiya, pedagogika kabi fanlarga oid ma’lumotlarni birlashtiradi. Biroq bu uyg‘unlikda psixologik-pedagogik asos yetakchi o‘rin tutadi. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘qitish jarayoniga joriy qilish muhim o‘rin egallaydi. Yangi axborot texnologiyalari o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun katta ahamiyatga ega. Odatdagi ta’limiy texnologiyalardan farqli ravishda, axborot texnologiyalarida mehnat predmeti va uning natijasi sifatida axborot, mehnat quroli bo‘lib esa axborotlashtirishning texnikaviy vositalari xizmat qiladi. Kompyuter vositalari o‘quv-tarbiya jarayonining turli bosqichlarida:
-o‘quvchilarga o‘quv materiallarini taqdim etish bosqichida;
-kompyuter bilan interfaol o‘zaro birgalashib, harakat qilish jarayonida o‘quv materialini o‘zlashtirishda;
-o‘zlashtirilgan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni takrorlash va mustahkamlashda;
-o‘qitishda erishilgan natijalarni oraliq va yakuniy nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish bosqichida;
-o‘quv materialini qismlarga bo‘lish, uni klassifikatsiyalash va tizimlashtirishni takomillashtirish orqali o‘qitish jarayoniga va uning natijalariga tuzatishlar kiritish bosqichida foydalanilishi mumkin.
Oqilona tuzilgan kompyuterli o‘qitish dasturlari axborotni o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishining psixologik va pedagogik qoidalari e’tiborga olingan taqdirda o‘qitishni individuallashtirish va differensiyalashtirishga, bolalarning qiziqishlari va o‘qishdagi mustaqil faoliyatini rag‘batlantirishga imkon beradi. Maktab pedagogik jarayonida kompyuter o‘qituvchi, ishchi qurol, o‘qitish obyekti, hamkorlik qiluvchi jamoa, bo‘sh vaqt (o‘yin) muhiti xizmatlarini bajarishi mumkin (G.K.Selefko).
Kompyuter o‘qituvchi sifatida — o‘qituvchini va kitobni qisman yoki to‘liq o‘rnini bosadigan o‘quv axboroti manbai; multimediya va telekomunikatsiya imkoniyatlari bilan tamoman yangi sifat darajasidagi ko‘rgazmali vosita; individual va axborot muhiti; trenajyor; o‘quvchilar bilimni tashhislash va nazorat qilishning vositasi vazifalarini bajaradi. Ishchi qurol sifatida kompyuter — matnlarni tayyorlash va ularni saqlash matn redaktori; grafikaviy redaktor va katta imkoniyatlarga ega hisoblash mashinasi vazifalarini bajaradi. O‘qitish obyekti sifatidagi xizmatini kompyuter-dasturlashtirish; dasturli mahsulotlarni tayyorlash; har turli axborot muhitlarini qo‘llash moboynida bajaradi.
Hamkorlik qiluvchi jamoa — keng auditoriya bilan muloqot qilish, Internetda bog‘lanish orqali vujudga keltiriladi. Bo‘sh vaqt (o‘yin) muhiti o‘yin dasturlari, tarmoq bo‘yicha kompyuterli o‘yinlar, kompyuterli video yordamida tashkil qilinadi. Axborot muhiti zamonaviy darajadagi axborot bazalari, gipermatn va multimediya, imitatsion o‘qitish, elektron kommunikatsiyalar, ekspert tizimlarini kiritadi. Hozirgi kunda kompyuter o‘qitishning qudratli vositasiga aylangan. Kompyuterli texnologiyada o‘qituvchinng ishi, V. K. Selefko ta’kidlaganidek, quyidagilardan iborat:
|