|
KAT sohasidagi tadqiqotlarni shartli ravishda quyidagi asosiy yo'nalishlarga bo'lish mumkin
|
bet | 2/2 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #111497 |
Bog'liq 2-amaliy ish :KAT sohasidagi tadqiqotlarni shartli ravishda quyidagi asosiy yo'nalishlarga bo'lish mumkin agentlar haqidagi fikrlarni va agentlar istaydigan xususiyatlarni tavsiflash uchun formalizmlar va matematik usullarni hisobga oladigan agentlar nazariyasi; muammolarni birgalikda hal etish jarayonida yoki o'zaro ta'sirning boshqa har qanday variantlarida agentlarning hamkorlik usullari (kooperativ xatti-harakatlarni tashkil etish); agentlar va ko'pagentlik tizimlari arxitekturasi - ma'lum bir xususiyatlarga javob beradigan, kompyuterlar nazariyasi yordamida ifodalangan kompyuter tizimini yaratish bo'yicha tadqiqotlar sohasi; agentlar dasturlash tillari; agentlarning harakatchanligini qo'llab-quvvatlash usullari va dasturlari (agentlarninig tarmoq orqali ko’chishi). Rasmiy ravishda har qanday dasturlash tilida agentlar yaratilishi va har qanday operatsion tizim platforma sifatida qabul qilinishi mumkin, ammo bir nechta agentlarning o'zaro ta'siri va aloqasi zarur bo'lganda, tegishli muammolarni hal qilish uchun mo'ljallangan maxsus agent platformalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ko'pagentli tizimlarni qo'llash sohasiga ko'ra agentlarga asoslangan platformalarni uchta katta guruhga bo'lish mumkin [5]: Sanoatga mo’ljallangan – bu ishonchlilik, mashtablilik qobiliyati, mavjud tizimlar va boshqa agent platformalar bilan integrallashuvchanligi bilan ajralib turadi. Ushbu platformalarda vizualizatsiya imkoniyatlari odatda mavjud emas, ammo murakkab SI usullari, o'zaro ishlash standartlari va Internet bilan qo'llab-quvvatlanadi. Modellashtirish uchun – bu animatsiya, biologik, ijtimoiy va iqtisodiy tizimlarni modellashtirish. Odatda agentlarni o'zaro ta'sirini vizualizatsiya qilish va tahlil qilish uchun vositalarni o'z ichiga olgan yopiq platformalar hisoblanadi. Virtual olam va kompyuter o'yinlari, robototexnika – bu yuqoridagi ikki agent platformalarning kombinatsiyasidan iborat. Agent uch o'lchovli dunyoda harakat qiladi, uni idrok etadi, shu kabi agentlar va atrof-muhit ob'ektlari bilan o'zaro ishlaydi. Haqiqiy olamga eng yaqin muhitlarning eng murakkab turlari hisoblanadi. Har bir platforma o'ziga xos metodologiyasi, agentlar va ko'pagentli tizimlarni ishlab chiqish uchun mos vositalarning mavjudligi va xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Amaliy qism topshirig’i: Teachable Machine platformasi orqali sun’iy intellect vazifalari bilan tanishish.
Teachable Machine ga kiramiz va 3ta turdagi proektlardan birini tanlaymiz.
Har bir jism uchun class yaratib olamiz.
3-qadam:
А.В. Гаврилов. Системы искусственного интеллекта: Учеб. пособие: в 2-х ч. - Новосибирск: Изд-во НГТУ, 2001. - Ч. 1. - 67 с.
А.В. Гаврилов. Лабораторный практикум по нейронным сетям. Ч. 1. - Новосибирск:Изд-во НГТУ, 1999.
Т.А. Гаврилова, В.Ф. Хорошевский. Базы знаний интеллектуальных систем.-СпБ,Питер,2000.
Павлов С. Н. Системы искусственного интеллекта : учеб. пособие. В 2-х частях. / С. Н. Павлов. - Томск: Эль Контент, 2011. - Ч. 1. - 176 c. ISBN 978-5-4332-0013-5.
Russell S. L. Artificial intelligence: a modern approach / S. L. Russell, P. Norvig. - Upper Saddle River, New Jersey: Prentice- Hall Inc., 1995. -905 p.
[15] Allen J. AI Growing up / J. Allen // AI MAGAZINE. - 1998. - V. 19. - №4. - Р. 13–23.
|
| |