Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh




Download 62.41 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi62.41 Kb.
#34680
  1   2
Bog'liq
279 04.12.2008




O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat “Sanoatkontexnazorat” inspeksiyasi BOShLIG‘INING
BUYRUG‘I
NEFT VA GAZ SANOATIDA BURG‘ULASh USKUNALARIGA BO‘LGAN XAVFSIZLIK UChUN TALABLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.Shoismatov tomonidan 2007-yil 21-mayda tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi me’yoriy-huquqiy va me’yoriy texnik hujjatlarni tayyorlash jadvaliga asosan buyuraman:
Neft va gaz sanoatida burg‘ulash uskunalariga bo‘lgan xavfsizlik talablari tasdiqlansin.
Inspeksiya boshlig‘i I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2008-yil 4-dekabr,
279-son
“Sanoatkontexnazorat”
davlat inspeksiyasining 2008-yil 4-dekabrdagi 279-sonli
buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
NEFT VA GAZ SANOATIDA BURG‘ULASh USKUNALARIGA BO‘LGAN XAVFSIZLIK
TALABLARI
I - bob. UMUMIY QOIDALAR
1 - §. Qo‘llash sohasi
1. Mazkur “Neft va gaz sanoatidagi burg‘ulash uskunalariga bo‘lgan xavfsizlik talablari” (quyida — Talablar) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
2. Mazkur Talablar O‘zbekiston Respublikasi hududida burg‘ulash ishlarini olib borayotgan, barcha neftgaz soha tashkilotlari va korxonalariga taalluqlidir.
3. Mazkur me’yoriy hujjat talablariga rioya qilish, barcha burg‘ulash tashkilotlari uchun majburiydir.
Shuningdek, xavfsizlik talablari neft va gaz burg‘ quduqlarini qurish uchun bajarilayotgan barcha yangi uskunalarni ishlab chiqishlarga ham taalluqlidir.
4. Shu asnoda, mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, elektr xavfsizligi, yong‘in-portlashdan xavfsizlik talablari va shuningdek, tasdiqlangan tegishli me’yoriy hujjatlarda (MH) bayon etilgan tabiatni muhofaza qilish organlari talablarini ham hisobga olish lozim.
5. Mazkur Talablarga rioya qilish sohaga oid ishlab chiqarish korxonalarida sanoat xavfsizligini ta’minlaydi. Ushbu Talablar avariyalarni, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarning oldini olishga va xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatuvchi tashkilotlarda sodir bo‘lgan avariya holatini chegaralab, bartaraf qilish uchun tayyorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
6. Burg‘ulash ishlarini tashkillashtirish va burg‘ulash asbob-uskunalarini ishlatish sharoitlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llanilayotgan jihozlar va texnik moslamalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, davlat standartlari, qurilish, yong‘inga qarshi va sanitariya me’yorlari va qoidalari “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bergan hujjatlar va boshqa me’yoriy dalolatnomalar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
7. Mazkur Talablar uskunalar, asboblar, texnik moslamalar, texnologiyalarni ishlab chiquvchi va kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va boshqa tashkilotlarga taalluqlidir.
8. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llanilayotgan burg‘ulash uskunalari, texnik moslamalar sertifikatsiya qilingan va amaldagi me’yorlarga muvofiq bo‘lishi lozim.
9. Texnik qurilmalarni ishlatish, ularni yasagan (tayyorlagan) tashkilotning ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasiga mos ravishda bajariladi. Import (xorijiy) uskuna va asboblar ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlariga mos ravishda ishlatiladi. Ularni xavfsiz ishlatishga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan me’yorlardan past bo‘lmasligi kerak.
II - bob. BURG‘ULASh USKUNALARI KONSTRUKSIYASIGA DOIR XAVFSIZLIK TALABLARI
1 - §. Umumiy talablar
10. Burg‘ulash uskunalari GOST 12.2.2003 va mazkur me’yoriy hujjat talablariga javob berishi lozim.
11. Mazkur me’yoriy hujjatga kirmagan uskunalarga bo‘lgan xavfsizlik talablari, shu uskunalarga qo‘yilgan texnik shart va standartlar asosida o‘rnatiladi.
Elektrdvigatellar, ishga tushirish tartiblagich apparaturalari elektrkommunikatsiya va uskunalarni boshqarish postlari GOST 12.2.007.0 SSBT; GOST 12.2.007.6 SSBT; GOST 12.2.007.8 SSBT; GOST 12.2.007.14 SSBT talablariga javob berishi kerak.
12. Doimiy ish joylarida sodir bo‘ladigan shovqinlar darajasi GOST 12.1.003 SSBT talablariga mos bo‘lishi kerak.
Doimiy ish joylarida sodir bo‘ladigan tebranishlar darajasi GOST 12.1.003 SSBT talablariga mos bo‘lishi kerak.
13. Burg‘ulash qurilmasi tarkibiga kiradigan uskunalarning texnik tavsiyalari shu qurilmalar sinfiga va ularni ishlatish sharoitiga muvofiq bo‘lishi lozim. Muayyan sharoit uchun burg‘ulash qurilmalarini tanlash mazkur me’yoriy hujjatning 17-bandidagi talablarni hisobga olgan holda “Ilgakka tushadigan ruxsat etiladigan yuk” parametrlari bo‘yicha amalga oshirilishi zarur.
14. 8 - sinfga kiruvchi burg‘ulash uskunalari (yuk ko‘tara olishi 400 t va yuqori)da burg‘ulovchining ishlashi uchun maxsus kabina jihozlangan bo‘lishi lozim. Boshqa kategoriyali burg‘ulash uskunalari uchun ularni maxsus kabinalar bilan jihozlash sharti o‘rnatilgan tartib bo‘yicha ishlash uchun kelishilgan texnik vazifalarga ko‘ra belgilanadi.
15. Burg‘ulash qurilmalarida, O‘zbekiston Respublikasining neftgazqazibchiqarish sanoatidagi xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq ish joylari isitish tizimlari bilan jihozlanishi lozim.
16. Xavfsizlikdan xabar berish ranglari va belgilari GOST 12.4.026 SSBT talablariga muvofiq bo‘lishi zarur.
2 - §. Burg‘ulash minoralari va ularning poydevorlariga bo‘lgan talablar
Minoralar va ularning poydevori mustahkamligi va barqarorligini loyihalashda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak.
17. Kashaksiz minora:
a) tal tizimi moslama turlarini aniqlash uchun ilgakka tushadigan maksimal statik vazn o‘lchami;
b) shamsupada butlangan quvurlar yo‘qligida minora yoki machta shamol kuchiga dosh beraoladigan hisoblangan maksimal shamol tezligi;
v) shamsupada to‘liq butlangan quvurlar mavjudligida minora yoki machta dosh beraoladigan maksimal shamol tezligi;
g) shamsupada burg‘ulash quvurlari birikmasining maksimal soni, turlari va o‘lchamlari.
18. Kashakli (tortgichli) minora:
a) ishlab chiqaruvchilar tomonidan ko‘zda tutilgan tortqilarni joylashtirish sxemasi va tal tizimi moslamalarini aniqlash uchun ilgakka tushadigan ruxsat etilgan statik yuk;
b) shamsupada quvurlar yo‘qligi sharoitidagi maksimal shamol tezligi;
v) shamsupada quvurlarning to‘la komplekti bo‘lgandagi maksimal shamol tezligi;
g) shamsupa va rotorga bir vaqtda ta’sir etuvchi yuklanishlarning maksimal hisoblangan kombinatsiyalari.
19. Minora osti poydevorlari:
a) ilgakdagi maksimal statik yuklanish (nagruzka);
b) shamsupaga maksimal statik yuklanish;
v) rotorga maksimal statik yuklanish;
g) shamsupa va rotorga bir vaqtda ta’sir etuvchi yuklanishlarning maksimal hisoblangan kombinatsiyalari.
20. Seysmik jihatdan faol zonalarda ishlash uchun hududning seysmikligi nuqtai - nazaridan minora, machtalar, poydevorlarining mustahkamlik va barqarorligi hisoblangan bo‘lishi lozim.
21. Minora va machtalar po‘lat arqonli tortqilar bilan, agar minora konstruksiyasida shunday mahkamlanish ko‘zda tutilmaganidan qat’i nazar, mahkamlanishi kerak. Tortqilar soni, diametri va mahkamlanish joylari texnik hujjatlarga mos bo‘lishi kerak. Tortqilar diagonal tekisliklarda joylashishi va o‘zining pastki qismida 5 m balandligigacha yo‘llar va elektr tarmoqlar bilan kesishmasligi kerak. Ularning uchlari 3 vintli qisqichlar yoki arqonning kamida 15 diametri uzunligida mahkamlanishi kerak. Har qaysi tortqi alohida yakor (langar) ga ega bo‘lishi kerak. Ularni (yakorni) uzaytirilgan arqonga o‘rnatishga ruxsat etilmaydi.
22. Minoraning balandligi tal bloki ko‘tarish chegaralagichi tayyorlanganligi va shuningdek asbobni uzaytirish bo‘yicha qo‘llanilayotgan usullarni hisobga olgan holda tal bloki maksimal tezlikda ko‘tarayotganda, ishni bajarish xavfsizligi ta’minlanishi lozim. 7-darajadagi va undan yuqori sinfdagi (yuk ko‘taruvchanligi 320 t va yuqori) burg‘ulash uskunalari uchun minora balandligi, yuqorigi yuritmasi qo‘llanilishi imkoniyatini e’tiborga olgan holda hisoblanadi.
23. Yopiq profilli materiallardan tayyorlangan minora konstruksiyasi uning qismlarida suv yig‘ilib qolishi imkoniyatini istisno qilishi lozim.
24. Minora va machta konstruksiyalarida kuyidagilar ko‘zda tutilishi lozim:
a) kronblok va uning seksiyalarini (statsionar burg‘ulash qurilmasi uchun) montaj va demontaj qilishda rolikni mahkamlash uchun qurilma;
b) mashina kalitlarini osish arqonlari, yordamchi chig‘irning yuk arqoni, mustahkamlovchi quvurlarni burab biriktirish uchun pnevmo (gidro) kalitlarni osish arqonida bloklarni mahkamlash uchun joylar;
v) oldi ochiq A simon machta va minoralarning shamol ta’siridan yiqilishining oldini oluvchi svecha barmog‘idan keyin o‘rnatilgan moslamalar;
g) ustki chig‘ir (kranblok) ga xizmat ko‘rsatish uchun maydoncha;
d) quvur ustunini burg‘ulash shlangi bilan birlashtirishga xizmat ko‘rsatish uchun maydoncha;
e) yuqorida ishlovchi ishchi uchun, quduq og‘zida avariya vaziyati sodir bo‘lganda minora chegarasidan tashqariga tezda evakuatsiya qilish uchun maydoncha;
j) amaldagi MH talablariga muvofiq yasalgan, yuqorida ishlaydigan ishchini xavfsiz ko‘tarish va tushirish uchun inersion yoki boshqa turdagi moslama bilan, yoki har 6 m dan keyin o‘tish maydonchalari bilan yuqoridagi ishchi balkonigacha boradigan narvonlar, teparoqda esa — yuqorida ishlovchi ishchini xavfsiz ko‘tarish va tushirish uchun moslama bilan narvon—stremyanka yoki tonnel turidagi narvon.
Eslatma:
1. Yuqorida ishlovchi ishchisiz mexanizatsiyalashtirilgan tushirish- ko‘tarish operatsiyalarini amalga oshirishda yuqoridagi ishchining maydonchasi o‘rniga avtomat tushirish -ko‘tarish mexanizmlarini xizmat ko‘rsatish uchun maydoncha ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
2. Yuqorida ishlovchi ishchi ishtirokidagi tushirish-ko‘tarish operatsiyalarida uning ish maydonchasi, ularning sinash paytida yiqilishdan arqon bilan himoyalangan va ishchi turgan lyulkaning tushib ketishi himoyalagan, burg‘ulash svechalarini o‘rnatish uchun sharnirli kallakli barmoqlar bilan uskunalangan bo‘lishi lozim.
25. Konstruksiya asosida quyidagi imkoniyatlarni amalga oshirish inobatga olinishi lozim (“Uralmash”, BU-75 burg‘ulash qurilmalaridan tashqari):
a) quvurlar birikmasi kallagini va preventorli qurilmani quduq og‘ziga yer sathidan baland bo‘lgan poydevor temirkonstruksiyasiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritmay montaj qilish;
b) favvora moslama (armatura)si yoki uning qismlari o‘rnatilganda poydevorni bo‘laklash;
v) burg‘ulash qurilmasi poli sathida rotor stolini o‘rnatish.
3 - §. Tal tizimiga talablar
26. Tal tizimi tarkibiga kiradigan (kronblok, tal bloki, ilgak), asbob-uskuna korpuslarida, ularning ruxsat etilgan yuk ko‘tara olish chegarasi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Burg‘ulash qurilmasining ruxsat etilgan yuk ko‘tara olish imkoniyati va uni ko‘rikdan o‘tkazish muddati, O‘zbekiston Respublikasi neftgazqazibchiqarish sanoatida xavfsizlik qoidalari talablariga asosan tayyorlangan maxsus tablichkada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
27. Ilgak o‘zagini tayanch gayka bilan rezbali ulanishi gaykaning o‘zidan-o‘zi bo‘shab ochilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan moslamaga ega bo‘lishi zarur.
28. Asosiy ilgak shoxi, uning bo‘g‘zidan vertlyug baldog‘i o‘zidan-o‘zi chiqib ketishining oldini oladigan qurilmaga ega bo‘lishi lozim. Qurilma uni majburan ochilishi uchun moslamaga ega bo‘lishi kerak.
29. Ilgak konstruksiyasi yon shoxlar elevator baldoqlarining o‘zidan-o‘zi tushib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
30. Ilgak tanasi, texnologik zarurat tug‘ilgan paytda, aylanishini majburiy to‘xtatuvchi moslamaga ega bo‘lishi kerak.
31. Ilgak va tal bloki konstruksiyasi unga osilgan baldoqlardagi yukni teng taqsimlanishini ta’minlashi lozim.
32. Tal tizimi shkivlari rebordalari va g‘iloflari orasidagi tirqish arqon diametrining 0,25% dan katta bo‘lmasligi zarur.
33. Tal bloki ilgak yoki avtomatik elevator bilan yuksiz siljiganda turg‘unligini ta’minlash uchun uning og‘irlik markazi kanat shkivlaridan pastda joylashishi kerak.
34. Arqonning harakatsiz uchini qayta o‘tkazish va mahkamlash mexanizmlari konstruksiyasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) barabanda (mobil burg‘ulash qurilmasidan tashqari) o‘ramni tashlamasdan, arqonni almashtirish va qayta o‘tkazish imkoniyatini ta’minlash;
b) uning tarangligi bo‘shagan paytda barabandagi arqon o‘ramida chalkashish sodir bo‘lishini istisno qilish.
4 - §. Burg‘ulash chig‘irlariga talablar
35. Chig‘ir barabani konstruksiyasi mahkamlangan joyidan ochilib ketishi yoki o‘zidan-o‘zi bo‘shashishi, qiyshayishi yoki pachoqlanishining istisno qiluvchi, harakat qiladigan tal arqoni o‘ramini mahkamligini ta’minlashi lozimdir.
36. Chig‘ir barabani konstruksiyasida osma arqonning birinchi qatori zich va bir tekisda o‘ralishi uchun maxsus qoplamali ariqchalar ko‘zda tutilishi zarur. Qoplamalar, ochiladigan va qo‘llanilayotgan osma arqonlarning o‘lchamiga qarab har xil diametrlarda yasalishi lozim.
37. Tormoz konstruksiyasi chig‘ir barabanining tormozsizlanishini yoki o‘zidan-o‘zi tormozlanishi (to‘xtatishi) mumkinligini istisno qilishi kerak.
38. Chig‘irning tormoz mexanizmi ikkitadan kam bo‘lmagan mustaqil boshqarish tizimiga ega bo‘lishi, ulardan bittasi (asosiy) to‘xtatish momentini ohista tartiblanishini ta’minlashi lozimdir. Asosiy tormoz tizimi elektryuritma bilan tartiblanadigan chig‘irlarda avariyali to‘xtatish va barabanni qo‘zg‘almas holatini qayd qilish uchun mexanik tormoz o‘rnatilishi kerak.
39. Asosiy tormozlanish mexanik tormozlar yordamida amalga oshiriladigan burg‘ulash uskunalaridagi, chig‘ir yordamchi tartiblanadigan (elektrik, gidravlik yoki pnevmatik) tormoz moslamasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
40. Chig‘irni boshqarish, burg‘ulovchining pultidan masofadan turib amalga oshirilishi lozim.
Yordamchi tormozni boshqaruv tizimi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
a) elektr tormozli boshqaruv tizimida elektr kuchlanishli va qo‘zg‘atish toki mavjudligi to‘g‘risida signal beruvchi qurilmaga ega bo‘lishi;
b) gidravlik tormozda uni tartiblash mumkinligini va tormoz tizimida suyuqliklar sathining nazoratini ta’minlashi.
41. Mexanik yuritma konstruksiyasi (transmissiyalar, uzatish qutichalari va sh.k.) bir paytda bittadan ortiq uzatmani qo‘shish mumkinligini va shuningdek o‘zidan-o‘zi uzilib qolish yoki uzatkichni qo‘shilib qolishini istisno qilishi lozim.
42. Chig‘irni boshqarish tizimi, saqlagich qurilmalaridan signal kelgan paytda, tormozni ishga tushirish bilan bir vaqtning o‘zida, yuritmani avtomatik to‘xtashini ta’minlashi lozim (chig‘irning yuk ko‘tarish cheklagichini, tal blokining ko‘tarilish cheklagichi).
43. Chig‘irni va uning yuritmalarini to‘xtatishda tal arqonlarining harakatlanuvchi uchining qismlarini o‘ralib qolishi va yuksizlanishi sodir bo‘lmasligiga e’tibor berish kerak.
44. Chig‘irning ishlash paytida o‘ramlarni notekis o‘ralishi va chuvalanishini istisno qiluvchi, arqonlarni barabanga to‘g‘ri o‘ralishini ta’minlashi kerak.
5 - §. Burg‘ulash rotoriga talablar
45. Burg‘ulash rotorining konstruksiyasida rotor stolini to‘xtatuvchi va vkladishlarni fiksatsiyalovchi qurilma ko‘zda tutilishi zarur.
46. Rotordagi kichik vkladish(pona)lar yoki yo‘naltiruvchi rolikli yetakchi quvurlarning qisqichlari, ularni qo‘llash paytida, rotordan o‘zidan-o‘zi otilib chiqishini istisno qiluvchi qurilmaga ega bo‘lishi lozim.
6 - §. Burg‘ulash nasoslariga talablar
47. Nasosning gidravlik qismi elementlari konstruksiyasi zichlagichlari buzilganda, xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarni suyuqlik oqib chiqishidan jarohatlanishini istisno qilishi kerak.
48. Pnevmokompensator konstruksiyasi bosimni nolga tushirish mumkinligini ta’minlashi va gaz yo‘lidagi bosimni o‘lchash uchun manometr o‘rnatishga imkon berishi lozim.
49. Nasosning saqlagich moslamasi konstruksiyasi va undan mahsulotni chiqarib yuborish moslamasi O‘zbekiston Respublikasi neftgazqazibchiqarish sanoatida xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
50. Nasosning gidravlik qismida, saqlagich qurilmasi va pnevmokompensator korpuslaridagi zichlagichlar, nasosning maksimal ishchi bosimga nisbatan 1,5 barobarga teng bo‘lgan bosimga hisoblangan bo‘lishi lozim.
51. Burg‘ulash nasoslarining so‘rg‘ich tarmoqlari burilishsiz va qayrilishsiz bo‘lishi va ularning diametri 200 mm dan kam, uzunligi esa 5 m dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
52. Burg‘ulash nasoslarini ishga tushirish mahalliy boshqaruv postidan, ularning ishini tartiblash va to‘xtatish esa, burg‘ulovchining pultidan va mahalliy boshqarish postidan amalga oshirilishi lozim.
7 - §. Vertlyugga talablar
53. Vertlyug baldog‘i, vertlyugning qarama-qarshi tomondagi bo‘g‘zidan, boshqa tomonga burilishi 25° dan 50° atrofida chegaralinishiga ega bo‘lishi lozim.
54. Vertlyug konstruksiyasi burg‘ulash sharoitida loyqalanib zichlangan quvurlarni xavfsiz sharoitda (chetlagich va burg‘ulash yo‘g‘on shlanglarini echmasdan) almashtirishni ta’minlanishi kerak.
55. Vertlyugning gidravlik qismidagi zichlagich elementlari uning 1,5 baravar ishchi bosimiga teng bosimga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur.
56. Vertlyug tanasining ulanadigan rezbasi chapaqay bo‘lishi lozim.
8 - §. Burg‘ulash nasoslarining haydovchi quvurlariga talablar
57. Quvuruzatkichlar minimal egilishlar va burilishlar bilan yotqizilgan bo‘lishi lozimdir. Quvuruzatkichlar burilishi suyuqliklar oqimini 90° dan ziyodga burmasligi kerak.
58. Haydovchi quvuruzatkichlarida preventor chorbarmog‘i orqali quvur tashqi bo‘shlig‘iga suyuqliklarni haydash uchun berkitish qurilmasi bilan chetlagich ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
59. Haydovchi quvuruzatkichlarning ulanish konstruksiyasida jipslik buzilganda xodimlar jarohatlanishining oldi olingan bo‘lishi lozim.
60. Haydovchi quvuruzatkich ularni asta-sekin ish rejimiga chiqarish va nasoslarni salt holda ishga tushirishga imkoniyat beradigan, berkitish-ishga tushirish moslamasi bo‘lishi lozim. Burg‘ulash qurilmalarida burg‘ulash nasosini tartiblanadigan yuritma bilan ishga tushirish zulfinini o‘rnatish shart emas.
61. Burg‘ulash nasoslarining ishga tushirish berkitish qurilmalari boshqarish pultidan ularning berkitilishining oxirgi holatini nazorat qilish, masofadan turib boshqariladigan bo‘lishi lozim.
62. Haydovchi quvuruzatkich va uning elementlari 20 MRa gacha ishchi bosimda 1,5 karra ishchi bosimga teng, 21 dan 56 MRa gacha bosimda esa 1,4 karra ishchi bosimga dosh beradigan bo‘lishi kerak.
63. Manifold konstruksiyasi haydash quvuruzatkichida optimal qiyalik burchagini hosil qilish hisobiga nasos to‘xtaganda, manifolddan burg‘ulash qorishmasini tez to‘kilishini ta’minlashi lozim.
9 - §. Aylanish (sirkulatsiya) tizimi uskunalariga bo‘lgan talablar
64. Burg‘ulash eritmasi uchun ochiq sig‘im borligida, unga ulangan aylanish novi uchun, kengligi kamida 750 mm bo‘lgan ikki tomonidan to‘silgan to‘shama o‘rnatish kerak. Aylanma (nov) uzunligi bo‘yicha joylashgan to‘shama, novning yuqori chetidan 150 mm pastda joylashtirilishi lozim.
65. Gidravlik aralashtiruvchi qurilmalarning (gidromonitorlar) burilish burchaklari gorizontal va vertikal tekislikda shunday cheklanishi kerakki, eritma oqimi sig‘im chegarasidan chiqmasligi lozim.
66. Gidromonitorlar va gidroaralashtirgichning naychalari oson ochiladigan va tez almashtiriladigan bo‘lishi kerak.
67. Gidromonitorlar sharnirlari boshqarish dastasida reaktiv moment sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur.
68. Gidrotsiklon va qumajratkichlar konstruksiyasi uning uchliklaridan eritma sachrashidan xizmatchilarni himoyalashni ta’minlashi kerak.
69 Vibroelaklar maydonchasi konstruksiyasi ularga xavfsiz va qulay xizmat ko‘rsatish va to‘rlarni tez almashtirishga imkon beradigan bo‘lishi lozim.
70. Sig‘imlar, suyuqlikni to‘kish va xizmat ko‘rsatish uchun qopqoqli tuynuk (lyuk)ka ega bo‘lishi lozim.
71. Xizmat ko‘rsatish lyuklarining o‘lchamlari 600 x 700 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. To‘kish lyukining pastki cheti sig‘imning eng tagida joylashishi zarur.
72. Aylanma tizim O‘zbekiston Respublikasining neftgazqazibchiqarish sanoatida xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq mexanizmlar va signal berish qurilmalari bilan butlangan bo‘lishi lozim. Aylanma tizim tarkibida satxo‘lchagich, haydovchi moslamalar bilan jihozlangan va O‘zbekiston Respublikasining neftgazqazibchiqarish sanoatida xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq quyib-to‘ldirishni nazorat qilishga qulay bo‘lgan darajalangan me’yorli sig‘im bo‘lishi zarur.
10 -§. Qabul qilish ko‘prigiga talablar
73. Qabul qilish ko‘prigi minora yonida, darvoza tomonida, uzunligi kamida 14 m va kengligi kamida 2 m bo‘lgan gorizontal uchastkaga o‘rnatilishi lozim.
74. Qabul qilish ko‘prigining tagligi yog‘ochdan yoki g‘adir-budur novli temirdan yasalgan bo‘lib, quvurlarni sudrash va tashlash talabiga javob berishi kerak. Shunday nov bilan qabul qilish ko‘prigining qiya qismi jihozlanadi.
75. Qabul qilish ko‘prigining balandligi 1250 mm gacha bo‘lgan quvurlarni shtabel qilib (taxlab) joylashtirish uchun, so‘kichaklar bilan jihozlanishi lozim. So‘kichaklar quvurlarni yumalab ketishdan saqlaydigan va qabul qilish ko‘prigiga ikki tomonidan o‘tish yo‘lkasini o‘rnatishga imkon beradigan ko‘tarilib tushiriladigan ustunlarga ega bo‘lishi zarur.
76. Qabul qilish ko‘prigidan yerga tushish va minora ostonasiga kirish tomoniga 20° dan ko‘proq qiyalikdagi panjara (to‘siqli) zina bilan uskunalanishi kerak.
77. Quvurlarni ko‘tarish va tushirish ishlari qabul qilish ko‘prigida mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. Yuk ko‘tarish mexanizmlarini masofadan turib boshqarish darkor.
11 - §. Boshqaruv tizimi organlariga talablar
78. Boshqaruv tizimi va asboblarni o‘lchov zanjirlarini qayta ulash moslamalari pult yoki shchit panellarida joylashishi GOST 12.2.064 SSBT talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
79. Ishlovchining ma’lum bir harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv tizimlari shunday guruhlanishi lozimki, uning harakatlari chapdan o‘ngga va yuqoridan pastga qarab amalga oshirilishi kerak; shunga o‘xshash boshqaruv organlarining joylashishi ham barcha pultlarda bir xil bo‘lishi lozim.
80. Asbob-uskunalarni tezkor nazorat qilish va boshqarish uchun kerak bo‘lgan ko‘rsatayotgan asboblar va asosiy uskunalarning (chig‘ir, rotor va b.) boshqaruv organlari burg‘ulovchining boshqaruv pultida to‘plangan bo‘lishi kerak.
81. Boshqaruv organlarini bitta panelda, ular bilan bog‘liq bo‘lgan indikatorlarni esa boshqasida joylashtirganda, ikkala panelda elementlarning bir-biriga nisbatan joylashishi bir xil bo‘lishi kerak.
82. Ikkita yonma-yon knopkalar markazi orasidagi masofa quyidagi o‘lchamdan kam bo‘lmasligi lozim:

katta barmoq bilan bosilayotganlarida

75 mm

boshqa barmoqlar bilan bosilayotganlarida

45 mm


Download 62.41 Kb.
  1   2




Download 62.41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh

Download 62.41 Kb.