Iqtisodiy integratsiya shakllanishi shart - sharoitlari va uning bosqichlari




Download 31.49 Kb.
bet2/4
Sana29.01.2024
Hajmi31.49 Kb.
#147881
1   2   3   4
Bog'liq
Integratsiya O‘zbekistonning jahon xo‘jaligi tizimiga kirib bori-fayllar.org
nSz4ZQot1Lg9iZaRzsX3evvLkeQGbwSRK8eTfvG3, e5756f99-faa8-4675-9225-119f2a2d9b20, 1-Mustaqil Ish, 952-21 guruh Ismoilov J DTIYu fanidan 3, 1 xonalik 5 qator formulasiz - Copy (3) - Copy, Dunyo aholisi tar, 3- b bayroq tadbir, 8 dekabt senariy, Информатика, telekanal, 5-Мавзу. Булутли технологиялар (1), 7-ma’ruza Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun syujet-rolli o‘yin-fayllar.org, Mavzu Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik, Business Economics-Solution for Assignment 1 - Copy, 14,15 -amaliy
Iqtisodiy integratsiya shakllanishi shart - sharoitlari va uning bosqichlari.

Iqtisodiy integratsiya shakllanishining shart-sharoitlarini tahlil qilamiz. Ular quyidagilardir:

• Integratsiyalashayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi va bozor munosabatlaridagi yetukligi darajasining yaqinligi. Kamdankam istisnolardan tashqari, qolgan barcha hollarda davlatdararo integratsiya yo industrial mamlakatlar yoki rivojlanayotgan mamlakatlar orasida rivojlanadi. Hatto, sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar doirasida, taxminan bir xil iqtisodiy rivojlanish da-rajasidagi davlatlar o‘rtasida integratsion jarayonlar eng faol bo‘ladi. • Integratsiyalashayotgan mamlakatlarning geografik yaqinligi, ko‘p hollarda umumiy chegara va tarixan shakllangan iqtisodiy aloqalaming mavjudligi. Dunyodagi integratsiyaviy birlashmalaming aksariyati geografik jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan, transport aloqalariga ega boigan va ko'pincha bir tilda gaplashadigan bir necha qo‘shni mamlakatlardan boshlangan edi.


• Rivojlanish, siyosiy hamkorlik va shakllar sohasida mamlakatlar oldida turgan iqtisodiy va boshqa muammolaming umumiyligi. Iqtisodiy integratsiya integratsiyalashayotgan mamlakatlar oldida mavjud boigan aniq muammolar to‘plamini hal qilishga qaratiladi. Balki asosiy muammosi bozor iqtisodiyotining asoslarini yaratish boigan mamlakatlar bozorining rivojlanganligi, umumiy valyutani joriy qilishni talab etadigan davlatlar bilan integratsiyalashuv mumkin emasligi yaqqol ayonligi bunga sababdir.
• Ustunlikni namoyish qilish samarasi. Integratsiyaviy birlashmalami tuzgan davlatlarda odatda ijobiy iqtisodiy siljishlar (iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tezlashuvi, inflyatsiyaning pasayishi, ish bilan bandlikning o‘sishi va shakllar) ro‘y beradi va bu shubhasiz o‘zgarishlami kuzatib borayotgan boshqa mamlakatlarga ma’lum ruhiy ta’sir ko'rsatadi.
• «Domino samarasi». U yoki bu mintaqadagi mamlakatlarning ko‘pchiligi integratsiyaviy birlashmaga a’zo boigach, bu birlashma doirasidan chetda qolgan mamlakatlar, shubhasiz, ba’zi qiyinchiliklarga duch keladi. Bu qiyinchiliklar mazkur guruhga kiruvchi mamlakatlar iqisodiy aloqalarining uzviyligi bilan bog‘liqdir. Bu ko‘pincha, hatto, integratsiya doirasidan tashqarida qolishdan qo6rqib, integratsiya doirasidan chetdan qolgan mamlakatlar bilan savdoni qisqartirishga ham olib keladi. Hozirgi kunda xalqaro iqtisodiyotda yuzaga kelayotgan va rivojlanayotgan ko‘plab integratsion birlashmalar aslida o‘z oldiga bir-biriga o‘xshash vazifalami qo’yadilar. Bular quyidagilardan iborat: iqtisodiyot ustunliklaridan foydalanish. Keng ko‘lamli iqtisodiyot nazariyasi asosida bozorlar hajmini kengaytirish, transaksion xarajatlami kamaytirish va boshqa bir qator afcalliklardan foydalanish. Bu, o‘z navbatida, katta hajmdagi bozorlarga katta ishtiyoq bilan kirib keladigan to‘g‘ridan-to(g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilishga bevosita imkon beradi.
2. Qulay tashqi siyosiy muhitni yaratish. Ko‘plab integratsion birlashmalaming muhim maqsadi ularda ishtirok etuvchi davlatlaming siyosiy, harbiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa noiqtisodiy sohalarda birbirini tushunishi va hamkorligini mustahkamlashdir.
3. Savdo siyosatidagi vazifalami hal qilish. Mintaqaviy integratsiya, ko‘pincha, GAAT/BST doirasida ishtirok etayotgan mamlakatlaming muzokarasi nuqtayi nazaridan olib qaraladi. Mamlakatlar bloki nomidan kelishilgan holdagi bayonot ancha jiddiy hisoblanadi va savdo siyosati sohasida kutilgan natijalami beradi.
4. Iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga ko‘maklashish. o‘z qo‘shinlarini integratsiya jarayonlariga qo‘shar ekanlar rivojlanganroq davlatlar ham o‘sha mamlakatlardagi to£laqonli va katta hajmli bozorlami yaratish hamda ulardagi bozor islohotlarining ildiz otishidan manfaatdor boiadi. Yevropa Ittifoqining u yoki bu shakliga qo'shila turib, ko‘plab G‘arbiy Yevropa mamlakatlari shu maqsadlami ko£zlagan edi. Milliy sanoatning yosh sohalarini qoo’llab-quwatlash, hatto integratsion birlashmalar uchinchi mamlakatlarga nisbatan kamsituvchi choralami nazarda tutmaganlarida ham, ular faoliyati uchun kengroq mintaqaviy bozor ochiladigan mahalliy ishlab chiqaruvchilami qo‘llabquvvatlash usuli sifatida qaraladi. Tarixan integratsion jarayonlar bir nechta asosiy bosqichlar asosida rivojlanib keldi. Ulaming har biri uning rivojlanishining ma’lum darajaga yetganligini ifoda etadi.
Integratsion guruhlar tipologiyasining asoslari ishtirokchi mamlakatlar milliy iqtisodiyotining makro va mikro darajada o‘zaro yaqinlashishi va bir-birina iqtisodiy jihatdan naqadar chuqur kirib borishini baholashda namoyon bo‘ladi. Jahon xo‘jaligidagi integratsion jarayonlami rivojlantirish bo‘yicha to‘plangan tajriba iqtisodiy integratsiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishida besh bosqichdan o‘tish zarurligidan dalolat beradi.
Birinchi bosqich, zamonaviy talqinda - pereferensial savdo kelishuvlari. Erkin savdo hududlari iqtisodiy integratsiyaning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Erkin savdo hududlari amalda ikki va undan ortiq davlatlaming o‘zaro savdosida bojlar, litsenziyalar va kvotalami muzlatish va asta-sekinlik bilan bekor qilish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi natijasida yuzaga keladi.
Ikkinchi bosqich, ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida bojxona tariflari va boshqa cheklashlami bekor qilib, erkin savdo hududlarini tashkil etish. Ishtirokchi mamlakatlar bu bosqichda o‘zaro savdo to‘siqlarini bekor qiladi, lekin uchinchi mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarda to‘la yerkinlikni saqlab qoladilar (masalan, bojxona poshlinalarini yoxud boshqa cheklashlami bekor qilish yoki yangiliklami kiritish va savdo-iqtisodiy shartnomalar, bitimlar tuzish huquqlari). Buning oqibatida mamlakatlar o'rtasida ulaming chegaralarini kesib o‘tayotgan tovarlaming kelib chiqishini nazorat qiladigan va tegishlicha uchinchi mamlakatlardan imtiyozli ravishda tovarlarni olib kirishga to‘sqinlik qiladigan bojxona chegaralari hamda postlari saqlanib qoladi. Bunday erkin savdo hududlarga (zonalarga) 1960-yildan buyon mavjud bo‘lgan Yevropa erkin savdo uyushmasini misol qilib keltirish mumkin. Erkin savdo hududlarining ijobiy tomonlariga ishtirokchi mamlakatlar savdo siyosatida barqarorlikning o‘matiKshini kiritish mumkin. Bunday hududlarga a’zo mamlakatlami xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb etish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi, ular xalqaro mehnat taqsimotidan samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Erkin savdo hududlarining salbiy tomonlariga keladigan boisak, ular ichki bozor raqobatining kuchayishi bilan belgilanadi, chunki bu milliy ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta’sir etishi va bankrotlik xavfini kuchaytirishi mumkin.
Bu bosqichda millatlararo tartibga soluvchi tashkilotlami tashkil etish ko‘zda tutilmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, birgalikda qarorlar qabul qilish jarayonlarini sekinlashtiradi. Uchinchi bosqich, savdo va ishchi kuchi, kapital aylanishida yagona tariflami o'matgan holda, bojxona ittifoqi tuzishdir. Integratsiyaning bu bosqichida davlatlar faqat o‘zaro to‘siqlami bartaraf etibgina qolmay, balki tashqi savdo to‘siqlarining yagona tizimini va uchinchi davlatlarga nisbatan bojxona poshlinalarining yagona tizimini tashkil qiladilar. Ya’ni, huquqiy nuqtayi nazardan Bojxona Ittifoqi (BI) ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida o‘zaro va uchinchi mamlakatlarga nisbatan soddalashtirilgan soliq siyosatining o'tkazilishini aks ettiradi, bu yagona iqtisodiy makonni shakllantirish va ana shu makon doirasida har qanday bojxona chegaralarini bartaraf etishni anglatadi. Bunda ishtirokchi mamlakatlar chegaralari bilan belgilangan yagona bojxona makoni vujudga keladi.
Bunday tashkilotlar tuzilmalari qatoriga Yevropa Ittifoqiga asos bo’lgan Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini misol qilib kiritish mumkin. To‘rtinchi bosqichi, real iqtisodiy integratsiyaning boshlangich fazasi — Iqtisodiy Ittifoqning tashkil topishidir. Bu bosqichda davlatlar o‘z milliy chegaralari orqali faqat tovarlar emas, balki barcha ishlab chiqarish omillari kapital, ishchi kuchi, texnologiya va ma’lumotlaming erkin harakati haqida kelishadilar. Natijada, umumiy bozor makoni, umumiy bozor shakllanadi. Bojxona Ittifoqini umumiy bozorga aylantirish jarayoni faqatgina savdoni emas, balki iqtisodiy siyosatning boshqa sohalarini ham qamrab oluvchi qonuniy me’yorlami uyg‘unlashtirish masalalarini ham hal etish bilan bogiiqdir. Shuning uchun ham ichki bojxona to‘siqlari va boshqa cheklashlarni bartaraf etish orqali uchinchi mamlakatlar bilan savdoda umumiy tamoyillami ishlab chiqish zarurki, buning natijasida milliy chegaralar orqali tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining har qanday to‘siqlarsiz o'tishiga sharoit yaratiladi. Umumiy bozomi shakllantirishda jamoatchilik fondlarini yaratish zaruriyati tugiladi. Bimdan tashqari millatlararo muvofiqlashtiruvchi tashkilotlaming tuzilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yevropa Ittifoqi tajribasidan maiumki, bunday tashkilotlami tashkil etmasdan turib milliy qonunchilik me’yorlarim soddalashtirish va integratsion birlashma ishtirokchilarining umumiy qarorlarining bajarilishini nazorat qilish tizimini joriy etish mumkin emas. Bunda ishtirokchi mamlakatlar chegaralari bilan belgilangan yagona bojxona makoni vujudga keladi. Bunday tashkilotlar tuzilmalari qatoriga Yevropa Ittifoqiga asos bo‘lgan Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini misol qilib kiritish mumkin. Beshinchi bosqieh, yagona iqtisodiy siyosat, umumiy valyuta va milliy darajadan ustun turuvchi tartibga solish tashkilotlariga ega to‘liq integratsiya. Integratsiyaning bu darajasiga erishish siyosiy-iqtisodiy ittifoq unga kirayotgan davlatlar integratsiyaning oldingi bosqichlarida erishilgan natijalami hisobga olgan holda, uchinchi mamlakatlarga nisbatan birgalikda savdo, so‘ngra umuman, iqtisodiy siyosatni olib borish hamda iqtisodiyotni tartibga solish tizimini birxillashtirish haqida kelishuvlarni o‘z ichiga oladi.
Integratsiyaning ushbu bosqichi qatnashuvchi mamlakatlaming tashqi siyosatini kelishilgan holda olib borilishini ko‘zda tutadi. Bu esa, o‘z navbatida, har bir qatnashuvchi mamlakat va, umuman, ittifoqning iqtisodiy rivojlanish manfaatlari yo‘lida bor imkoniyat va vositalami o‘zaro manfaatli birlashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Oxirgi ikki bosqich u yoki bu integration guruhning xususiyati bilan bog‘liq, m ‘lumki kichik bosqichlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Jahonda mavjud boigan integratsiyaviy guruhlar ko‘pincha formal integratsiyaviy bosqichda boiib, integratsion rivojlanishning birinchi va ikkinchi bosqichlaridadirlar. Jahon tajribasini o‘rganish shundan dalolat beradiki, integratsiya davlatning jahon xo‘jaligiga qo'shilishini rag'batlantirish uchun samarali, tub tashqi iqtisodiy siyosat ekanligini, barqaror iqtisodiy o‘sishni, aholi daromadlari o‘sishini, inson kapitali jamlanishini, iqtisodiyotda ilg‘or texnologik va tarkibiy siljishlar yuz berishini, ishlab chiqarish, investitsiyalami boshqarish hamda ulaming sifati oshishini ta’minlashidan dalolat beradi

Download 31.49 Kb.
1   2   3   4




Download 31.49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiy integratsiya shakllanishi shart - sharoitlari va uning bosqichlari

Download 31.49 Kb.