INTERFAOL METODLARDAN BIOLOGIYANI O'QITISHDA
FOYDALANISH
Biologiyadan ma'lumki, ta'limni pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish xususida ajdodlarimiz ham bir qancha izlanishlar olib borganlar. Sharqning buyuk allomalari Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug’bek kabi qomusiy olimlar o'z asarlarida maktab va madrasalarda insonni aqliy kamolotga yetkazishda o'qitishning turli usullari va vositalaridan foydalanishga katta ahamiyat berganliklarini ta'kidlab o'tishgan. Hozirgi ta'lim tizimida bilimlarni egallashning yangi kontsepedagogik texnologiyasiyasi - noan'anaviy ta'lim texnologiyalarining uslublarini qo'llashni taqazo etmoqda. Noan'anaviy ta'lim texnologiyasi: Hamkorlikda o'rganish, modellashtirish, tadqiqot(loyiha) texnologiyalariga bo'linadi va u yaxlit uzviy tizim asosida olib boriladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi, so'zsiz, o'quv jarayoniga tizim sifatida yondashishdir. Noan'anaviy ta'lim berish usuli ta'limiy maqsadni amalga oshirish bo'yicha ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi bilan hamkorlik faoliyatining asosi hisoblanadi. Usullar: ta'lim oluvchi bilishi, udallashi va qadrlashi lozim bo'lgan ko'zlanayotgan natijalarga erishishni ta'minlaydi. Bunda ta'lim-tarbiyada ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar o'zaro funksional bog'liqda bo'lib, bir butunlikni, ya'ni pedagogik jarayon majmuini tashkil qiladi.
Hozirda tabiiy fanlarning rivojlanishi, fanlar o'rtasida differetsiatsiya va integratsiya jarayonlarining vujudga kelishi ob'ektiv qonuniyat sifatida tabiiy fanlar bo'lgan biologiya, kimyo, fizika fanlari o'rtasida fanlararo bog'lanishni amalga oshirini talab etmoqda. Biologiya o'quv fanini o'qitishning vazifalari - asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish, tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashishlarning vujudga kelish mexanizmlari xaqida ma'lumotlar berish, organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining hozirgi mazmunining ta'limi biologiya tanishtirish, asosiy bosqichlarini asosiy bosqichlarini tanishtirish, biologiya ta'lim mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan texnika yutuqlari bilan bog'lanishini ta'minlash, o'quvchilar o'zlari va o'zgalarning salomatliklarini saqlashi, sog'lom turmush tarzigi rioya qilishga yo'naltirish, tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo'lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish, biologik bilimlar zaminida mahalliy o'simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadmda yashab ijo qilgan buyuk allomalari va innavatsion yondashish faol va interfaol metodlarga hamda fanlararo bog'lanishlarga tayangan holda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan keng foydalanish o'quvchi shaxsiga yo'naltirilganiga alohida e'tibor qaratiladi. Ayniqsa, tabiiy fanlardagi uzviy bog'liqlik masalasi o'qituvining oldiga juda katta mas'uliyat yuklaydi. Chunki biologiya fani o'qituvchisi o'tayotgan mavzu kimyo bilan bog'liq bo'lsa, o'qituvchidan kimyo faniga bog'lab tushintirishni talab etadi. Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog'lom o'sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo'lgan, uyg'un rivojlangan insonlar bo'lib, XXI asr talablariga to'liq javob beradigan barkamol avlod bo'lib etishi uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Shu maqsadda ta'limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta'lim markazida bo'lishi va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta'minlash uchun ta'lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan va o'z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar, ulardan o'quv va tarbiyaviy mashg'ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o'qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o'qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish va ular egallagan bilimlarni o'quv-tarbiyaviy mashg'ulotlarda qo'llash malakalarini uzluksiz oshirib borishlari lozim. Mamlakatimizda biologik ta'limning uzluksizligini ta'minlash va uni chuqur o'zlashtirish uchun o'qitish jarayonida o'qituvchi ayrim muammolarga duch kelishi muqarrar.
Subekt-obekt, ya'ni o'qituvchi gapiradi tushuntiradi, o'quvchi tinglaydi, so'rasa javob beradi Subekt- subekt O'qituvchi boshqaradi O'qituvchi savol beradi, o'quvchilar individual javob beradi. (Berilgan ma'lumotlar bo'yicha) Subekt- subekt munosabat. O'qituvchi tashkil etadi, Boshqaradi. Berilgan savol va topshiriqlar bo'yicha o'quvchilar birgalikda, mustaqil ishlaydi, fikrlarini jamlaydi, bayon qiladi, himoya qiladi. O'zaro birgalikda ishlaydi. Qiziqishlari ortadi. Ta'lim jarayonida qo'llanilishiga ko'ra, interfaol usullar bir qancha afzalliklargava kamchiliklarga ega. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish uchun qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishini talab etadi. Jumladan: • Eng muhimi, o'qituvchi o'z ustida tinimsiz ish olib borib, mutaxassisligi bo'yicha ilmiy yangiliklardan boxabar bo'lishi bilan bir qatorda kasbiy mahoratini doimiy oshirib borishi; • Vaqtdan samarali foydalanish uchun ko'rgazmalardan, xususan, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni ta'lim tizimiga qo'llashi; • Nazoratni to'laligini ta'minlash uchun dars jarayonida hamkorlik texnologiyasining kichik guruharda o'qitish va komandada o'qitish usullaridan foydalanish, o'z-o'zini va o'zaro nazoratni yo'lga qo'yish lozim;
|