Didaktik maqsadlariga ko’ra keyslar turlari. Ushbu tasniflash asosiga ko’ra keyslarning besh turi farqlanadi




Download 0.82 Mb.
bet14/36
Sana13.05.2022
Hajmi0.82 Mb.
#21028
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
Interfaol ta’lim metodlari
Hayotning paydo boʻlishi - Vikipediya, Mustaqil ish-2, 4, чизма, YOSH PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING O\'QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O\'RNI, Sultonaliyev Xumoyinmirzo (sket) (2), Oliy matematika. 3-jild (Yo.Soatov), 3. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g‘oyalari, 1. Abdulla Qodiriy O\'g\'ri asari tahlili, 2-topshiriq, 3rC46kqrx9yvIa2pCTCzgYV7RiDXMvO9XDf97VDJ, 10.2023 Zamonaviy ilm-fan va ta’lim istiqbollari, 981, wepik-exploring-the-english-speaking-world-a-journey-through-english-speaking-countries-20231207132642vYEM
Didaktik maqsadlariga ko’ra keyslar turlari. Ushbu tasniflash asosiga ko’ra keyslarning besh turi farqlanadi:

  1. Muammo, yechim yoki konsepsiyani izohlovchi keys. Taniqli va muvaffaqiyat bilan ishlaydigan korxonalar (kompaniyalar)ning uzoq muddat davomidagi ish faoliyatini bayon qiladi (maqsadlari, strategiyalari, mahsulot modifikasiyalari, turli bozorlardagi ishi va boshqalar).

Bunday keysning ta’limiy maqsadi – misol orqali o’qitish. Rejalashtiriladigan o’quv natijalari – to’g’ri qabul qilingan qarorlarni eslab kolish, taniqli va muvaffaqiyat bilan ishlaydigan korxonalar va tarmoqlarning amaliyoti bilan tanishish.

  1. Treningli, o’quv fani, mavzu bo’yicha malaka va ko’nikmalar orttirishga mo’ljallangan keys. Uning ta’limiy maqsadi – tinglovchilarga biror-bir harakatlarni bajarish algoritmini o’rgatish.

Tinglovchi quyidagilarni o’rganishi kerak: muayyan model, formula, hisob-kitob algoritmini qo’llash, berilgan odatiy vaziyatda yagona to’g’ri qarorni qabul qilish.

  1. Tahlil va baholashga o’rgatuvchi keys. Bunday keysda aniq vaqt davridagi vaziyat bayon qilingan, vaziyat sub’ekti oldida turgan muammolar aniqlangan va aniq ifodalangan bo’ladi.

Tinglovchi vaziyatni tushunishi, tahlil qilishi va baholashi, qo’yilgan muammo yuzasidan qaror qabul qilishi lozim.

  1. Muammoni ajratish va yechish, boshqaruvchilik qarorlari qabul qilishga o’rgatuvchi keys. Murakkab shaklda bayon qilingan vaziyatga ega. Muammo vaziyatga kiritiladi-yu, lekin aniq namoyon bo’lmaydi. U statistik ma’lumotlar, korxona hisobotlari, bo’linmalar rahbarlari nutqlari va shu kabilarda taqdim etilgan.

Tinglovchilar muammoni aniqlashi va ifodalashi, uni hal etish usullari va vositalarini ko’rsatishi kerak.

  1. Vaziyat sub’ekti rivojining yangi strategiyalari va yo’llari, yangicha baholash uslublari va shu kabilarni ishlab chiqishga rag’batlantiruvchi keys. Bunday keysning o’ziga xos xususiyati shundaki, boshqaruvchilik muammosi korxona faoliyatining muayyan turiga, muayyan asosiy shart-sharoitlarga bog’lab bayon qilinadi.

Tinglovchidan vaziyat sub’ektini rivojlantirishning yangi strategiyasi va yo’llarini topish talab qilinadi. Bunday keysdagi vaziyatda axborotning bir qismi bo’lmasligi mumkin. Axborotga extiyojni aniqlash va uni topish – tinglovchining yana bir vazifasidir.

Download 0.82 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Download 0.82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Didaktik maqsadlariga ko’ra keyslar turlari. Ushbu tasniflash asosiga ko’ra keyslarning besh turi farqlanadi

Download 0.82 Mb.