ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ




Download 282.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana02.11.2023
Hajmi282.97 Kb.
#93214
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
atmosfera-havosi-va-shahar-atrof-muhit-ifloslanishining-mobil-manbalar-boyicha-ekologik-monitoringi-tashkil-etishning-asosiy-tamoyillari
Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari-fayllar.org, Kurdashova Sadoqat Axmatovna
 
ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION
 
ISSUE DEDIC ATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE AC ADEMY O F SC IENC ES OF THE REPUBLIC O F UZBEKISTAN
617
Stantsiyalar shahar havosining statsionar va ko‘chma manbalar chiqindilari bilan 
ifloslanishini va uning tarqalish sharoitlarini dastlabki o‘rganish ma’lumotlari asosida 
joylashtiriladi. Bunda mavjud kuzatuv stansiyalari asosan fon va sanoat korxonalri tomonida n 
hosil bo‘ladigan ifloslanishni kuzatishga yo‘naltirilgan bo‘lib, shahar atmosferasining ko‘chma 
transport vositalari bilan ifloslanishini hisobga olish deyarli amalga oshirilmaydi.
Bunday stantsiyalarning kuzatuvlari natijasida olingan ma’lumotlardan taxminiy 
foydalanish mumkin, chunki transport oqimining bilvosita xususiyatlarini hisobga olmasdan
avtomobil transportining shahar atmosferasiga ta’sirini baholash mumkin emas. Mobil manbalar 
orqali ifloslantiruvchi moddalar emissiyasini nazorat qilishning amaldagi tizimi dvigatel turiga va 
ishlatilgan yoqilg'iga qarab transport vositasining holati to‘g‘risida ma’lumot to‘plashga 
asoslangan. Har bir avtomobillar har yili maxsus texnik ekspertiza stansiyalarida butlovchi qismlar 
va agregatlarni tekshiruvidan o‘tishi kerak [19,20]. Avtotransport vositalarining texnik holati 
ekologik talablarga mos kelmasa, ulardan foydalanish taqiqlanadi. Yangi avtomobillarni ishlab 
chiqarish 100 ming km masofani bosib o‘tishda ekologik me’yorlarga muvofiqligi kafolati bilan 
majburiy sertifikatlanadi. Shuningdek, avtotransport korxonalarida transport vositalari garajdan 
chiqishdan oldin ularning texnik parametrlarga muvofiqligini har kuni nazorat qilish lozim. 
Bunday ma’lumotlarga kirish juda qiyin, nazoratdan o‘tmagan transport vositalarining 
ro‘yxati e’lon qilinmaydi. Bunday ma‘lumotlardan transport vositalari tomonidan hosil bo‘ladiga n 
chiqindilarni tahlil qilish uchun foydalanish imkoniyati ham ancha murakkab. Qoida tariqasida, 
texnik ko‘rikdan o'tish yoki o‘tmaslik belgisi qo‘yiladi. Bunda transport vositasi qaysi 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha texnik ko‘rikdan o‘tgani yoki o‘tmaganligi ko‘rsatilmaydi. 
Shaharlarda transport oqimining harakati vaqt rejimiga bog‘liq holda muntazam ravishda 
o‘zgarib turadi. Biroq, umuman olganda, transport vositalarining harakati ma’lum qonuniyatla rga 
ega. Ushbu qonuniyatlar ko‘chma ifloslanish manbalarini hisobga olishda shahar atrof-muhitining 
atmosfera havosi holatining ekologik monitoringi muammosini hal qilish uchun asos bo‘lib xizma t 
qiladi. 
Qisqacha adabiyotlar tahlili, masalaning dolzarbligi, ilmiy ahamiyati. Atmosfera havosini 
ko‘chma ifloslantiruvchi manbalar chiqindilari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish bilan 
bog‘liq shahar qurilishi rejalashtirishning ekologik jihatlari, shubhasiz aksariyat shaharlar uchun 
dolzarbdir.
Bu masalalar ko‘plab mualliflar tomonidan ko‘rib chiqiladi, ular orasida Zyryanov V.V., 
Soloviev L.P., Krushel E.G., Zelenskaya T.G., V.I. Vigdorovich, Gorshkova I.A., Levanchuk A.V. 
va boshqalar. Bunda mualliflar monitoringni har tomonlama tahlil qilish va shaharning ekologik 
holati oʻzgarishining mumkin boʻlgan tendentsiyalarini oʻz vaqtida aniqlash vositasi sifatida 
koʻrishadi [1,14,21-23]. Bizning o‘rganish ma’lumotlarimiz asosida, ekologik monitoringning 
ahamiyati uni tashkil etish va amalga oshirish samaradorligiga qarab ortib boradi. 
Samarali tashkil etilgan va o‘tkazilgan ekologik monitoring natijalari, xususan, mobil 
ifloslantiruvchi manbalar bo‘yicha shaharlar atmosfera havosini muhofaza qilish borasida keyingi 
qarorlar qabul qilish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunday qarorlar shaharlar atmosfera 
havosini ko‘chma ifloslantiruvchi manbalardan chiqindi gazlarining zaharli komponentlarida n 
tozalashning ekologik jihatdan samarali va energiya jihatidan iqtisodiy usullari, vositalari va 
texnologiyalarini tanlashni o‘z ichiga oladi [24]. 
Mavzu doirasidagi mavjud muammolar tahili. Shaharlarning zamonaviy rivojla nis h 
sharoitida transport oqimining ekologik parametrlarini bir turdagi transport vositasi darajasida 



Download 282.97 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 282.97 Kb.
Pdf ko'rish