International




Download 38,95 Kb.
bet1/2
Sana13.05.2024
Hajmi38,95 Kb.
#228688
  1   2


2022
1

SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL


BOSHLANG‘ICH SINF “TARBIYA” DARSLARINI TASHKIL ETISHNING USUL VA VOSITALARI


Yurtimizda amalga oshirilayotgan ko’plab islohotlarning asosiy mazmun- mohiyatida, olib borilayotgan chora-tadbirlarning, keng ko’lamli ishlarning tub zamirida, albatta, “Inson omili” yotadi. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan mamlakatimiz hayotida tub burilishlarni amalga oshirish, Vatanimizda yashab o’tgan buyuk darg’alarimiz, olim-u fuzalolarimizni ishini davom ettirish maqsadida yoshlar bilan birgalikda III Renesansni tamal toshlarini qo’yishdek buyuk mas’uliyatli vazifani har bir soha vakili, o’z yurtining jonkuyar, fidoiy kishilari bilan birgalikda amalga oshirish masalasi o’zining dolzarbligi va ahamiyatini yana chuqurroq namoyish etadi.
Tarbiya jarayonining mohiyati inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlari va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish mamlkatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim mazmuni, uning samaradorligiga katta ahamiyat berilib, davlat ta’lim standarti o’quv dasturlarining yangi tahrirdagi ko’rinishlari tajriba sifatida amaliyotga joriy etilmoqda.
Maktablarda joriy etilgan “Tarbiya” darslarini loyihalashda, uning asosiy g’oya va maqsadlarini o’quvchilar ongiga to’liq singdirishda darslarni o’quvchilar yoshi, fiziologik holatidan kelib chiqqan holda, har bir o’quvchi shaxsiga individual yondashish asosida darslarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Amalda qo’llanilayotgan “Tarbiya” kitoblarini ko’rib o’rganib chiqadigan bo’lsak, boshlang‘ich sinf (A2), to‘qqizinchi sinf (A2+), o‘n birinchi sinf (V1) bitiruvchisiga qo‘yiladigan minimal malaka talablari, kompetensiyalar, baholash tartibi va o‘quv dasturlariga mosligini hamda har bir bosqich ma’naviy-axloqiy, tafakkur, huquqiy, fuqaroviy, iqtisodiy, jismoniy, ekologik, estetik tarbiya turlarini o‘z ichiga olganligini ko’ramiz.
Har bir bosqichda o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
hurmat qilish ruhida tarbiyalash; O‘quvchilar tarbiyasida oilaning maktab bilan o‘zaro samarali hamkorligini mustahkamlash, ota-onalarga, boshqa millat va madaniyat vakillariga bo‘lgan hurmatni umuminsoniy tamoyildan kelib chiqib shakllantirishni qo‘llab-quvvatlash; bola huquqlarini himoya qilish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” tamoyiliga asoslangan milliy qadriyatlarni singdirish kabi bir qator g’oyalarni ko’rishimiz mumkin.
Aynan hozirgi kunda biz pedagoglardan talab qilinayotgan vazifalar quyidagilardir:
-o‘quvchilarni har tomonlama, jismoniy, ruhiy, ma’naviy-axloqiy rivojlantirish orqali ijtimoiy hayotga moslashtirish va turli murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatish; bolada faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish;
-dunyo dinlarining ko‘p asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan ma’naviy qadriyat ekanini tushuntirish bilan bir qatorda, hech bir dunyo dinida zo‘ravonlik, terrorizm va ekstremizm g‘oyalari targ‘ib etilmasligini tushuntirish;
-shaxs faoliyatida ijtimoiy-ma’rifiy institutlar bilan hamkorlikni kuchaytirish; ma’naviy-axloqiy jihatdan muammosi bor yoki tarbiyasida bo‘shliqlar mavjud bo‘lgan yoki notinch oila farzandlari, jinoyatchilikka moyil bo‘lgan yoki profilaktik ro‘yxatda turadigan yoshlar bilan individual tarzda ishlash kabi vazifalarimizda munosib ko’makchi qo’llanma ekanligi quvonarli holdir.
Tarbiya fani o‘quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularning har tomonlama ijtimoiylashuviga ko‘maklashish, samarali hamkorlik qilish, vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy, ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, o‘zlarining intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, o‘quvchilarga sifatli bilim berish, ularni to‘g‘ri tarbiya yo‘liga yo‘naltirish, zarur bilim va hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga, mustaqil hayotga moslashishlariga ko‘mak ko‘rsatish, turli vaziyatlarda huquqiy, ma’naviy mezonlarga asoslangan holda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan estetik jihatdan zamonaviy bezatilgan, qiziqarli va psixologik-pedagogik materiallarga boy.
O‘quv-metodik majmua ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari asosida yaratilganligi; o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi; o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga qaratilganligi; umumiy o‘rta ta’limining zarur hajmi berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi; mavzularning mazmunan izchilligi, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, media-mahsulotlardan unumli foydalanilganligini e’tirofga sazovordir.
Rasmlar ko‘rinishidagi illyustratsiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, diagrammalar, fotosuratlar, infografikalardan iborat mediamahsulotlar bilan bezatilganligi, o‘quvchilar psixo-fiziologik rivojlanish darajasiga mos yangi tushunchalar, atamalar, qoidalar, ta’riflar va shu kabi lug‘at ko‘rinishida ifodalanganligi fanning ta’sir doirasini yanada kengaytirib beradi.
Fan-texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zida aks ettirilganligi, o‘quv fani mavzularining mazmunan yaxlitligi ta’minlanganligi, o‘quv fani mavzulari adabiy til qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda oddiy, sodda, tushunarli va ravon tilda bayon qilinganligi, mantiqiy ketma-ketlik va izchillikka amal qilingan holda mazmunan yoritilganligi fanning o’zlashtirilishini yanada mustahkamlaydi.
O‘zbek xalqining mentalitetiga zid bo‘lmagan tegishli illyustratsiyalar bilan boyitilganligi, savol va topshiriqlarning aniq ifodalanganligi, o‘quvchilarni fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, chizma chizishga, hisoblashga, amaliy ishlarni bajarishga, tajribalar o‘tkazishga o‘rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilganligi o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yanada ko’maklashadi. Bir tushunchaning ikki xil atama bilan ifodalanishiga, sanalarni keltirishda noaniqlikka yo‘l qo‘yilmaganligi, o‘quvchilarni
muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga yo‘naltirishga oid matn va rasmlar, izohli lug‘at, texnik ijodkorlik, mantiqiy va innovatsion tafakkurni o‘stirishga qaratilgan loyihalash hamda modellashtirish topshiriqlarini qamrab olganligi bolaning ijtimoiy hayotga moslashishga va dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
Ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar pedagogik va axborot texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llashga bo`lgan e’tibor kundan- kunga kuchayib bormoqda. Buning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o`quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatilgan bo`lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini chuqur o`zlashtirishlariga, mustaqil o`rganib tahlil qilishga, katta ijodiy xulosalar chiqarishlariga ham o`rgatadi. O`qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda boshqaruvchanlik, yo`naltiruvchanlik vazifasini bajaradi.
Tarbiya darslari ijodiy, noan`anaviy suhbat, o`yin, oilada, tabiatda, bahs, munozara, uchrashuv shaklida bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
Tarbiya darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanishda nimalarga e’tibor beriladi:

  1. Darsdagi ta’lim-tarbiya maqsadining aniqligi;

  2. Pedagogik texnologiya mazmunining hozirgi davr talabiga mosligi;

  3. Pedagogik texnologiya jarayonida didaktik qoidalar;

  4. O`qituvchining mahorat texnikasi.

Pedagogik texnologiyani qo`llashda o`qituvchi quyidagi qoidalarga amal qilishi lozim:

  1. Zamonaviylik ta’lim-tarbiya amaliyotiga asoslangan tajriba, sinovdan o`tgan didaktika sohasidagi yangliklarni joriy etish;

  2. Ta’lim-tarbiya mazmunini uzluksiz yangilab borish. O`quv dasturlariga ham befarq bo`lmasdan sinchkovlik bilan o`rganish;

  3. Umumiy va milliy qadriyatlar sohasidagi yangi ijodlarni o`rganib borish;

  4. O`quv jarayonida o`quvchi bilan o`qituvchi faoliyatini optimallashtirish, faollashtirish. Ularning ichki ruhiyati va tarbiya darajasini kengaytirish;

  5. Ilmiylik - yangi usul vosita muammosi holatlaridan foydalanib, o`quvchilarni mustaqil fikrlash va o`zini anglashga o`rgatish;

  6. Buning uchun bolalarni dastur mavzulari asosida amaliy faoliyatga jalb etish muhimdir;

  7. Ilg`or tajribalarga suyanish;

  8. Dars maqsadining aniqligi, mazmunining zamonaviyligi, milliy ma’naviy qadriyatlar bilan boyitlishi, o`quvchilarni mustaqil ijodiy faoliyati, darsda “Xalq og`zaki ijodi” rubrikasida: maqol, ertaklardan o`rinli foydalanishi, o`yin, test savollari, ko`rgazmali qurollar, savol va topshiriqlardan foydalanish;

  9. Yangi pedagogik texnologiyani amalga oshirish uchun har bir o`qituvchi tarbiyani o`rgatishda nazariy chuqur bilimga ega bo`lishi zarur. Demak, tarbiya darslarini turli shakllarda tashkil etish mumkin.

Boshlang’ich sinf o`quvchilari uchun tarbiya darslarini turli shakllarda tashkil etish mumkin:

  1. O`yin, suhbat, uchrashuv, bahs, oilada, jamoat joylarida, mahallalarda tadbirlar uyushtirish. Har bir dars maqsadining aniqligi, tarixiyligi va zamonaviyligi bilan odob-axloq tushunchalarini tarbiyalashga qaratilishi.

  2. O`quv mashg`ulotlarini audio, video, jonli suhbat shaklida va ko`rgazmali tashkil etish.

  3. O`qituvchini yangi texnologik mahoratga ega bo`lishi va ijodkorligi.

O`qituvchi va o`quvchining maqsaddan natijaga erishishga qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo`lib, bunda o`quvchilarning saviyasi, jamoa xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun, balki, kompyuter bilan ishlash, balki, film (tarqatma material, chizma, turli adabiyotlar) kerak bo`lar. Bulaning barchasi o`qituvchi va o`quvchiga bog'liq. Shu bilan birga o`quv predmetning o`ziga xos tomonini, joy va sharoitini, eng asosiy o`quvchining imkoniyati va ehtiyojini va
hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Boshlang`ich sinf tarbiya darslarida pedagogik texnologiyalarni qo`llash uchun dars turi, maqsadi, mavzusiga to`xtalishimiz tabiiy. Eng avvalo, mana shu darsning texnologik xaritasini tuzib olishimiz darkor. Chunki darsning texnologik xotirasi har bir mavzu, har bir dars uchun o`qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o`quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Darsning texnologik xaritasini qay ko`rinishda tuzish, bu o`qituvchining tajribasi, qo`ygan maqsadi, ijodkorligi va ixtiyoriga bog`liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo`lamasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo`lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija bo`lishi lozim. Darsni tashkil etishning texnologiyasi to`liq o`z ifodasini topgan bo`lishi lozim. Texnologik xaritaning tuzilishi o`qituvchini darsning kengaytirilgan ishlanmasini tuzishdan, yozishdan xalos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining hamda o`quvchi va o`qituvchi faoliyatining barcha qirralari o`z aksini topadi.



Download 38,95 Kb.
  1   2




Download 38,95 Kb.