• Elektron pochta
  • Interner Internet




    Download 67.49 Kb.
    bet2/2
    Sana15.02.2022
    Hajmi67.49 Kb.
    #17557
    1   2
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word
    dars 18 , O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta„lim, KWtrNbU1rjeJG6EhtBswJw1HbXJobcBJDLtgbPHR, Rus tili ekspertiza uchun, quroq tikish , Referat I toshkent 2023 Reja Kichik biznes va tadbirkorlik, Ishlab chiqarishda boshqaruv
    Elektron pochta
    Elektron pochta (e-mail) — maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali axborotlarni bir foydalanuvchi elektron qutisidan boshqasinikiga joʻnatish, qabul qilish va maʼlum vaqtgacha saqlanishini taʼminlovchi dasturiytexnik vositalar toʻplami. E-Mail axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni taʼminlaydi. E-Mailda maxsus shlyuzlar orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar dunyoning istalgan burchagiga uzatiladi. E-Maildan uzluksiz ravishda yoki maʼlum vaqt (seans)larda foydalanish mumkin. E-Mail 20-asrning 60- yillarida "katta" hisoblash mashinalarida "koʻp foydalanuvchilar tartibi" dasturining ishlatilishidan boshlangan. 1989-yilda birinchi marta tijorat pochta xizmatlari bilan internet oʻrtasida aloqa oʻrnatildi.
    Oʻzbekiston hududida E-Mail xizmati 1990—91 yillarda maʼlumot uzatish tarmogʻi operatorlari tomonidan taqsim etila boshlandi. 1997-yilda Toshkent pochtamti korxonasida "Ke1sot" tarmogʻi orqali E-Mail xizmatlari punkti ishga tushirildi. Hozir Oʻzbekistonda fuqarolar, korxonalar, xonadonlar internet tizimiga ulangan kompyuterlar va "Internet kafe"lar orqali E-Maildan foydalanadilar. Internetga chiqish imkoniyati boʻlmagan mijozlar uchun "Oʻzbekiston pochtasi" aksiyadorlik tarmogʻi orqali E-Mail va gibrid pochta (pochtani qabul qilish, ishlov berish va yetkazish jarayonida E-Mail va anʼanaviy pochta resurslari ishlatiladi) xizmatlarini yoʻlga qoʻyish ishlari olib borilmoqda. Gibrid pochta orqali korxona, tashkilotlar va oʻquv muassasalaridan olingan axborot, xabar, reklama, taklifnoma, chaqiruv qogʻozlari va boshqalar pochta xodimlari tomonidan oluvchilarning manzillariga yetkazilib beriladi.
    Elektron pochta (inglizchaE-mail yoki emailelectronic maildan qisqartma) — kompyuter tarmoqlarida informatsiyani uzatish usullaridan biri. FidoNet tarmogʻida elektron pochtaning analogi Netmail deb ataladi.
    Elektron pochtaning asosiy hususiyatlaridan biri u toʻgʻridan toʻgʻri pochtani oluvchiga emas, balkim oraliq boʻgʻin orqali yuboradi. Bu oraliq boʻgʻinnig nomi - pochta yashigi bo'lib, u serverda joydir, habarlar odatda usha erda saqlanadi va odatda unga faqat parol bilan yoʻl qoʻyiladi.
    Pochta serverlariga pochta bilan ishlovchi programmalar orqali yoki veb interfeys orqali kirish mumkin.
    Elektron pochtani yuboruvchidan qabul qilib olishigacha qadamma-qadam yoʻli (relay serversiz):


    1. Xat yaratilishi;

    2. Pochta bilan ishlovchi programma yuboruvchining SMTP-serveri bilan bogʻlanishi;

    3. SMTP-serverga informatsiya kimga mo'ljallanganligi va yuboruchisi kimligini uzatish;

    4. SMTP-server bilan xatining kim va kimga yuborilayaotganligi toʻgʻri ekanligini tekshirish;

    5. Yuborilayotgan xatni navbatga qoʻyish;

    6. Pochta serverlari haqida DNS-soʻrov qabul qiluvchining domeni (MX-yozuvi) uchun;

    7. Yuboruvchining SMTP-serveri qabul qiluvhining pochta serverlari bilan ulanishinig urunishlari, agar urunishlar muvaffaqiyatsiz boʻlsa, urunishlar qaytarilsdi;

    1. Muvaffaqiyat li urunishda xatni uzatish, agarda muvaffaqiyatsiz boʻlsa xatni boshqatdan uzatib koʻrishga navbatga qoʻyish;

    2. Qabul qiluvchining domeni bilan SMTP-server orqali qabul qilishi;

    3. Xatni spamga oʻhshashligini rekshirish;

    4. POP3IMAP yoki boshqa protokollar bilan ishlovchi xatrarni saqlovchi modulga uzatish;

    5. Qabul qilib oluvchi POP3 yoki IMAPserver bilan bogʻlanib, autentifikatsiyadan oʻtib qabul qilish.

    Elektron pochtani uzatish protokollari

    • IMAP

    • POP3

    • SMTP

    • UUCP

    E-mail bilan ishlash uchun programmalar


    • Eudora Mail

    • Evolution

    • KMail

    • Mozilla Mail

    • Mozilla Thunderbird

    • Netscape Mail

    • Novell GroupWise

    • Opera Mail

    • Outlook

    • Outlook Express

    • TheBat!

    Download 67.49 Kb.
    1   2




    Download 67.49 Kb.