Internet (lotincha: inter aro va net tarmoq) standart internet protokoli (IP)




Download 106.6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.02.2022
Hajmi106.6 Kb.
#17052
Bog'liq
Tarmoq xizmatlari
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim


Tarmoq xizmatlari. 
Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) 
orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun 
ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP 
oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy 
oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon 
tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan 
sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi. 
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro 
bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan 
qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global 
informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan 
barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, 
joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, 
videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot 
almashinishga imkon yaratadi. 
Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika 
mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana 
boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA)
tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri 
keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya 
vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya 
vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi 
uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik 
olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning 
beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos 
umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi. 
20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani 
uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka doir 
qaydnomalar – Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish 
uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq 
informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib 
borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil qiladigan 
qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer 
Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi. 
Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa 
departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch 
taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu 
jumladan mustaqillari ham). 


80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana 
boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oyiga 
20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir 
sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda 
"Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida Internetni 
jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat 
jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar 
yuz berdi. 
Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, 
oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib 
turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari 
sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) 
kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar "Internet Architecture 
Board" (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-asrning oxirgi oʻn yilligida 
Internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida Internet tizimiga taalluqli 
28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib 
ularning soni oʻnlarcha mln.gayetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun 
yer yuzi boʻyicha 160 mln. kishini tashkil qildi (1999). 
Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining 
tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa "bogʻlash"ning ancha takomillashgan usulini 
ishlab chikdi. U "World Wide Web" ("Jahon oʻrgimchak uyasi") tizimida oʻz aksini 
topdi. Bu tizim Internetni oʻziga xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u 
informatsiya texnologiyalari, radio eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga 
ega boʻldi. Endi Internet faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush 
va videotasvirlarni ham uzatishga, voqea yuz berayotgan joydan toʻgʻridantoʻgʻri olib 
berishga ham qodir. 
Internet barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari – telekommunikatsiya, 
teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning 
texnologik imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani – 
informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining 
barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, 
sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va milliy 
kom-paniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va 
tezkor usulda qoʻshilish imko-nini beradigan vosita vazifasini oʻtaydi. 
Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun Internetdan foydalanish imkoniyati oshgan 
sari provayderlar (Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar), 
Internet informatsiyasi isteʼmolchilari soni ham koʻpaymoqda, informatsiya manbai va 
ommaviy axborot vositasi sifatida Internet ommalashmoqda. Bularning barchasi 
noshirlar, jurnalistlar, informatsiya agentliklari, i. ch. xamda savdo kompaniyalari va 


firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga ijobiy taʼsir qiladi. Telefon simlaridan 
tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali Internetga 
chiqish mumkin boʻldi. Buning uchun Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat 
koʻrsatadigan kompaniyalar – provayderlar boʻlishi lozim. Oʻzbekistonda Internetga 
ulashga doir informatsiya xizmatlari 1997 yildan koʻrsatila boshladi. Dastlab Naytov 
(
http://www.naytov.com
), 
Uznet 
(
http://www.uznet.net

yoki 
Istlink 
(
http://www.eastlink.uz

kabi 
provaydkompaniyalar 
faoliyat 
boshladi 
(1999). 
Oʻzbekistonda jadal rivojlanayotgan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish sohalari 
Internet tarmogʻining aloqa funksiyasidan keng foydalanishga imkon beradi. Internetga 
ulangan abonent uydagi yoki ishxonadagi kompyuter orqali, aytaylik, AQSH, Avstraliya 
yoki Afrikadagi kompyuterlarga kiritilgan xilma-xil mavzudagi maʼlumotlarni matn, 
surat yoki videotasvir koʻrinishida olishi mumkin. Bu maʼlumotlar Internet tizimiga 
oldindan kiritiladi. Dunyoning turli chekkalarida joylashgan maxsus ixtisoslashgan 
kompaniyalar qidiruvni tezlashtirishga yordam beradi. Ular "qidiruv dvigateli" deb 
ataladi, maʼlumotlarning mundarijasini maʼlumotnoma (spravochnik) kabi saqlaydi va 
oʻsha maʼlumotlar joylashgan "Internet adresi"ni abonentga beradi. Mazkur adres 
boʻyicha maʼlumotlar "Internet varaqchalari" da saqlanadi. Abonent biror maʼlumotni, 
mas, "paxta" soʻzini qidiruv dvigateli orqali qidirsa, shu soʻzga tegishli maʼlumotlarni, 
paxta bilan ish olib boradigan kompaniyalar roʻyxatini yoki jahon birjasida paxtaning 
narxini abonent kompyuterida chiqarib beradi. Internet varakchalari shaxsiy va rasmiy 
boʻlishi mumkin. Shaxsiy varaqchalar alohida shaxslar tomonidan tuziladi va shu 
shaxslar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Rasmiy varaqchalar idoralar, 
tashkilotlar, kompaniyalarga tegishli boʻladi, ularda hukumat idoralariga doir 
maʼlumotlar saqlanadi. Internet orqali savdo-sotiq ishlari, kom-paniyalar xizmatlarini 
yoki mahsulotlarni reklama qilishni keng yoʻlga qoʻyish, Internet varaqchalarida suratlar 
bilan berilgan mahsulotlarni harid qilish mumkin. 
Xalqaro Internet tizimida Oʻzbekiston haqida ham maʼlumotlar bor. Rasmiy 
varaqchalardan Oʻzbekiston hukumati varaqchalari, Oʻzbekistonning AQSH dagi 
elchixonasi varaqchalari va b. koʻplab rasmiy varaqchalar mavjud. Ularda Oʻzbekiston 
Respublikasiga tegishli deyarli barcha maʼlumotlar bor. Bulardan tashqari, 
Oʻzbekistonga taalluqli shaxsiy varaqchalar ham mavjud: "Umid" varaqchasi, oʻzbek 
estradasi haqidagi varaqcha va boshqa 2000 yil fevral oyidan boshlab Internet efiriga 
Oʻzbekiston televideniyesi (Oʻz TV)ning "Axborot" dasturi chiqa boshladi, Oʻz TV 
sayti tuzilgan va takomillashtirilmoqda. Informatsiya resurelariga oid koʻp masalalarni 
respublikadagi yirik kutubxonalar shu sohadagi Internet tarmogʻi koʻlamiga suyangan 
holda hal qiladi. Mas, Tibbiyot kutubxonasi, Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi, 
Oʻzbekiston fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi va boshqa. 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Internet"ning xalqaro 
axborot tizimlariga kirib borishni taʼminlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish 


chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori (2001) Oʻzbekistonning bu borada xalqaro 
miqyosda oʻz mavqeiga ega boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda maʼlumotlarni 
uzatish milliy tarmogʻi OʻzPAK Davlat kompaniyasi va OʻzNET tarmogʻidan iborat. 
Internetdan foydalanuvchilar soni, mas, AQSH da 55 mln., Xitoyda 55 mln., 
Yaponiyada 8 mln.dan oshib ketdi. Keyingi oʻrinlarni Angliya, Kanada, Germaniya 
davlatlari egallagan, RF millionli chegarani egallamoqda. Oʻzbekistonning deyarli 
barcha hududlarida xalqaro Internet tarmogʻiga ulanish Oʻz PAK Davlat 
kompaniyasining xalqaro kanallari orqali taʼminlanadi. Respublikada 50 ga yaqin 
Internet-provayder roʻyxatga olingan. Oʻzbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 
300000 dan ortiq. Internet tizimida Oʻzbekistonning 300 dan ortiq sayti faoliyat 
koʻrsatmoqda (2002).[1] 
Internet yaratilish tarixi 
1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona kommunikatsion 
tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj markazlashmagan toʻr, navbat nazariyasi va 
paketlar kommutatsiyasi kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu 
voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo boʻlishi voqealarning keyingi 
rivojlanishiga turtki boʻldi. 
Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh Milliy 
Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-yil 
internetning tijorat versiyalari paydo boʻla boshladi. 
1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon qildi. Bu voqea 
Tim Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va CERNda dastlabki veb-
sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir boʻldi. 1993-yil birinchi internet brauzer 
Mosaicning 1.0 versiyasi paydo boʻldi va 1994-yilda internetga ommaviy qiziqish 
tugʻila boshladi. 1996 yildan internet soʻzidan keng foydalana boshlandi, biroq u asosan, 
Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi. 
Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq 
arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy boshqaruvning 
yoʻqligi uni organik rivojlanishiga sabab boʻldi. hozirda internet insoniyatning eng katta 
texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan olindi. 
Internet provayderlari va ularning vazifalari:
•Internet provayder – Internet tarmog’i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir.
•Internet provayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish 
kanallarini taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder
•Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron 
pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko’rsatilmoqda.
•Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari 
xizmat ko’rsatmoqda, bular:
•UzNet,


•Sarkor Telecom,
•Sharq Telecom,
•TPS,
•ARS Inform,
•Cron Telecom va boshqalar 
Internet tarmog’i xizmatlari: 
Internet provayderlar quyidagi xizmatlarini taqdim etadi: 
•WWW Internet resurslarini tashkil etish 
•E-mail Elektron pochta xizmati 
•Web hosting Shaxsiy veb saytlarni Internetga joylashtirish 
•Internet conference Internet orqali video muloqot 
•Searching Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish 
•FTP fayllarni almashish protokoli 
•IPTV Internet tarmog’i orqali raqamli televideniya 
•Internet Haritası. IP telefoniya Internet tarmog’i orqali telefon so’zlashuvlar 
Intranet (Intranet) – lokal yoki hududiy taqsimlangan tashkilotning shaxsiy tarmog’i, u 
joriy qilingan xavfsizlik mexanizimi bilan xarakterlanadi. 
Sayt (Site). Internetda serverlarning joylashgan manzili. 
Internetda elektron biznes bilan shug’ullanadigan korporasiyalar ko’p hollarda, 
aralash tarmoqlarni shakllantiradilar, qaysikim bu yerda korporasiyalarning ichki 
uzellarini qismto’plami Intranetni shakllantiradi, ularning Internet bilan ulangan tashqi 
uzellari Ekstranet (Extranet) deb nomlanadi. 
Intranetda asosan Internetning Web ilovalari qo’llaniladi: 
HTML formatidagi gipermatnlar; 
http gipermatni uzatish protokoli; 
CGI server ilovalarini interfeysini. 
Bundan tashqari Intranetga tarkibiga axborotlarni statistik va dinamik taqdim 
(e’lon) qilishni Web-serverlari, gipermatnlarni ko’rish va interpretasiya qilishni Web-
brauzerlari. 
Intranet-ilovalarini barcha yechimlarini asosi ma’lumotlar bazasi bilan o’zaro 
aloqasi tashkil qiladigan mijoz-server arxitekturasi hisoblanadi. 
Intratarmoqlarga ega bo’lgan tarmoqlar ko’yidagi imkoniyatlarga ega bo’ladilar: 
1)Intranet tarmog’ida har bir foydalanuvchi sozlangan ishchi stansiyasidan turib, 
Web-serverda joylashtirilgan hujjatlarga kirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu qo’plab 
vositalarni tajashni ta’minlaydi; 
2)Intranet tarmog’idagi hujjatlar avtomatik qayta yangilanadi. Bundan tashqari 
xodimlarning Web-serverda e’lon qilingan xujjatlarga necha marotaba murojaat 
qilganliklarinini ham hisobga olib borish imkoniyatini beradi; 


3) Aksariyat kompaniyalar Web-brauzer bilan bevosita murojaat qilish mumkin 
bo’lgan ilova (dastur)larni tanlaydilar; 
4) Web-serverda e’lon qilingan konfidensial hujjatlarga Internet orqali kirish 
parol orqali amalga oshiriladi. 
Internetga bog’lanish usullari Hozirgi kunda eng ommalashgan internetga 
bog’lanish usullariga quyidagilarni keltirish mumkin: 
1. Oddiy modemli bog’lanish(kommutasiyalanuvchi kirish): Dial-Up 
2. Raqamli abonent yo’li bilan modemli bog’lanish: ADSL 
3. Ajratilgan liniyalar bo’yicha (optik tolali va b.) bog’lanish; 
4. Wi-Fi simsiz texnologiyasi orqali bog’lanish 
5. Mobile WiMAX simsiz texnologiyasi orqali bog’lanish; 
6. GPRS / 4G texnologiyasi bilan- mobil telefon orqali bog’lanish; 
7. Sputnik yordamida bog’lanish. 

Download 106.6 Kb.




Download 106.6 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Internet (lotincha: inter aro va net tarmoq) standart internet protokoli (IP)

Download 106.6 Kb.
Pdf ko'rish