Internet muhitida to‘lovlarni amalga oshiruvchi tizimlar elektron tijoratning eng ko‘p tarqalgan avtomatlashtirilgan universal tizimlaridan biri hisoblanadi




Download 22.72 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi22.72 Kb.
#55573
Bog'liq
Документ Microsoft Word
JO\'RABOYEVA GULHAYO[1], Mat Fiz Maruza Matni, SHaxlo dars, 14 amaliy

5.5. Internet to‘lov tizimlari
Internet muhitida to‘lovlarni amalga oshiruvchi tizimlar elektron tijoratning eng ko‘p tarqalgan avtomatlashtirilgan universal tizimlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kundagi mavjud to‘lov tizimlarining soni bir iecha o‘ntadan oshib ketadi. Xilma-xilligiga qaramay ularni shartli ravishda to‘rtta asosiy guruhga bo‘lib qarash mumkin:  ma‘lumotlarni xavfsiz uzatishni ta‘minlovchi aloqa seansi protokollari asosidagi to‘lov tizimlari;  plastik kartochkalar asosidagi to‘lov tizimlari;  smart-kartochkalar asosidagi to‘lov tizimlari;  elektron naqd pullar. To‘lovlarni kredit kartochkalar asosida amalga oshiruvchi tizimlar mavjud to‘lov tizimlari orasida etakchi o‘rinda turadi. Internetda hisob-kitoblar uchun plastik kartochkalarni qo‘llash muvaffaqiyatining asosiy sababi uning ko‘p tomonlari real dunyoda olib boriladigan to‘lovlarga o‘xshash bo‘lsa, ikkinchidan, bunday ko‘rinishdagi to‘lovlarni olib borish jozibadorligi bilan bog‘liq bo‘lib, 349 hozirgi kunda internetdagi ko‘plab transaktsiyalar to‘lovning aynan shu ko‘rinishi bilan amalga oshiriladi. Elektron imzoni yo‘qligi uchun kartochkadan aynan o‘z egasi foydalanganligini isbotlab berish amaliy jihatdan mumkin emas. Bu kamchiliklarni bartaraf qiluvchi yangi texnologiya SET (Secure Electronik Transaction specification) protokoli deb nomlanib, kredit harid qilingan mahsulotlarga kartochkalardan foydalanish asosida olib boriladigan to‘lovlarni xavfsiz amalga oshirish muammosida eig samarali echnmliligi SETning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bu texnologiyaga asosan tarmoqda uzatilayotgan kartochka raqami mijozni elsktron imzosidan foydalanish orqali shifrlanadi. Deshifrovkani, ya‘ni, shifrni ochishni esa faqat kartochka bo‘yicha transaktsiyalarga ishlov berishni amalga oshiruvchi kompaniya va vakolatlangan banklar amalga oshira oladi. Plastik kartochkalardan foydalanishdagi cheklanishlardan biri amalga oshirilayotgan xaridlarga 5 AQSh dollaridan iborat quyi chegarani qo‘yilishidir. Kartochka emitenti har bir transaktsiya umumiy summasidan 1,5-3%, biroq 20 tsentdan kam bo‘lmagan, xizmat haqi olar ekan, tizim uchun mahsulotlarga qo‘yi baho diapazonida to‘lovlarni amalga oshirish foydasiz bo‘lib qoladi. Zamonaviy smart-kartochkalar o‘zida protsessorli, xotirali dasturiy ta‘minot va axborotlarni kiritish-chiqarish tizimlariga ega bo‘lgan miniatyura kompyuterlarni ifoda qiladi. Asosida plastik kartochkalar bo‘lgan har qanday to‘lov tizimlarini eng muhim xususiyatlaridan biri - unda xavfsizlik tizimining mavjudligidir. Smart-kartochkaning yana bir ustunligi - ularni ko‘p funktsionalligidir, ya‘ni, bitta kartochkadan turli moliyaviy ilovalar va turli kommunikatsiya infratuzilmalarda foydalana olishlik imkoniyatidir. Smartkartochkalar asosidagi raqamli naqd pullar nafaqat konfideitsiallik va anonimlik zaruriy darajasini ta‘minlash imkonini beribgina qolmay, shu bilan birga, to‘lovlarni amalga oshirilganligini tasdiqlashda markaz bilan aloqani ham talab qilmaydi. Internetda hisob-kitoblarni olib borishning yangi ko‘rinishi raqamli naqd pullar hisoblanadi. «Raqamli naqd pullar» atamasi real dunyoda foydalaniladigan naqd pullar ustuvorligiii internet dunyosiga o‘tkazishga harakat qilayotgan elektron to‘lov tizimlari toifasini aniqlab beradi. Raqamli naqd pullar o‘zida pul belgilari vazifalarini bajaruvchi juda katta sonlar yoki fayllarni ifoda qiladi. To‘lov tizimlarining boshqa turlaridan farqli ravishda bu fayllar pul mablag‘lari haqidagi ma‘lumotlar bo‘lib qolmay, balki aynai pulning o‘zini ifoda qiladi. Evropa ittifoqi davlatlarida kredit muassasalari maqomiga ega bo‘lmagan shaxs yoki korxonalarga elektron pul emissiyasi jarayonlarini olib borish taqiqlanadi.Yevropa qonun chiqaruvchilarining elektron pul emmissiyasiga bunday taqiqlarni kiritishi elektron pul sohasiga ham bank faoliyatiga o‘xshash etarlicha qat‘iy tartibga solishlarni kiritishga intilayotganliklaridan dalolat beradi. Uchinchi shaxslarga elektron pulning to‘lov vositasi sifatida tan olish mexanizmi aniqlab berilgan bo‘lib, bunday tan olish kupyur va tangalar ko‘rinishidagi to‘lov vositalaridagi kabi qonun kuchi bilan emas, balki emitent bilan turli usullar bilan amalga oshirish mumkin bo‘lgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Shunday ekan, elektron pullar o‘zida emitentga qo‘yiladigan talablarni ham ifoda qiladi. CyberPlat tizimi. CyberPlat – debet tizimdir. Elektron raqamli imzo bilan imzolangan raqamli chek orqali to‘lov amalga oshiriladi. U ―Platina‖ banki va ―Inist‖ firmasi mutaxassislari tomonidan 1997 yilda ishlab chiqilgan. Tarixiy birinchi Rossiya davlatining to‘lov tizimi hisoblanadi. Birinchi on-line rejimidagi to‘lov o‘tkazmasini 1998 yil 18 martda ―Garantpark‖ kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Hozirgi paytda CyberPlat® (KiberPlat) elektron to‘lov bozorida 12 yil mobaynida ishlab kelmoqda, Rossiya va MDH davlatlarini ichida eng ishonchli va yo‘lga ko‘yilgan elektron to‘lov tizimi bo‘lib kelmoqda. CyberPlat tizimi Internet muhiti va real vaqt rejimida hisob-kitob qilish uchun mo‘ljallangan integratsiyalashgan tizimdir. U Internet orqali amalga oshiriladigan hisob-kitobning ikki modelini qamrab oladi: 1. Biznes – xaridor (Business to Consumer) modeli – ASSIST avtorizatsiyalashgan serveri – chakana elektron xarid, jumladan, mikroto‘lovni ta‘minlash. 2. Biznes – biznes modeli (Business to Business) – himoyalangan moliyaviy hujjatlashtirish texnologiyasi - ulgurji savdo va korporativ strukturalar orasidagi hisob-kitoblar. Yuqorida keltirilgan hisoblashishlar modellari mohiyatan to‘lovlar hajmlari va buning natijasi o‘laroq, mumkin bo‘lgan sanktsiya qo‘yilmagan kirish ehtimolidan himoyalanish darajasiga qo‘yiladigan talablarga ko‘ra farqlanadi. CyberPlat tizimining texnologik qurilishi uni har ikki modelda ham muvaffaqiyatli qo‘llash imkonini beradi. Bunda ASSIST avtorizatsiyalashgan serverining mavjud bo‘lishi mijozlarga biznes-xaridor sxemasi buyicha xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini muhim darajada kengaytiradi. CyberPlat to‘lov tizimga qisqacha tavsif berib o‘tamiz. Tizim ishtirokchilari CyberPlat to‘lov tizimida hisob-kitoblar uch asosiy ishtirokchilar orasida olib boriladi: xaridor, elektron magazin va bank. Xaridorlar uchun kulayliklar: Tizimda ro‘yxatga olingan xaridor Magazinga xarid qilish va ular uchun real vaqt rejimida yoki bankdan o‘z hisob raqamidan yoki o‘zining bank kredit kartochkasi orqali to‘lash imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Magazin uchun qulayliklar: – Elektron magazin tizimida ro‘yxatga olingan xaridorlar uchun qilingan xaridlar uchun to‘lash kafolatlanadi hamda shartnomalar hujjatlashtirilishi tufayli to‘lashni asossiz ravishda rad etish ehtimoli yo‘qoladi. Tizim ishtirokchilari orasida yalpi axborot almashinuvi Internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, tizim ishtirokchilariga hisob raqam –kassa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha an‘anaviy bank xizmatlari taqdim etiladi. ASSIST to‘lov serveri orqali kredit kartali yordamida to‘lash tartibi: ASSIST to‘lov serveri Cyber Plat tizimining back-office bilan o‘zaro aloqa qiladi. Server «Reksoft» (Sankt-Peterburg) hamda «Platina» banki mutaxassislari tomonidan yaratilgan. ASSIST to‘lov serveriga ulangan elektron magazinlar to‘lov uchun O‘zbekiston va xorijiy banklar tomonidan chikarilgan VISA, EuroCard, Master Card, JCB, Diners Club, American Express plastik kartochkalarini qabul qilishi mumkin, bunda mazkur kartochkalar egalarini tizimda ro‘yxatga olmagan holda hamda qo‘shimcha dasturiy ta‘minotni ishga tushirmagan holda yuqoridagi operatsiya amalga oshiriladi. Elektron Magazinning ASSIST to‘lov serveriga ulanishi mazkur serverning saytida ro‘yxatdan o‘tish orqali amalga oshiriladi. Ruxsatsiz kirishdan himoya qilishning mohiyati. Uzatilayotgan axborotlar tizim ishtirokchilari tomonidan raqamli imzolar bilan imzolanadi. Bu esa hujjatlar mazmuniga qalloblik bilan o‘zgartirishlar kiritilish imkoniyatini bartaraf etadi yoki muhim darajada cheklaydi. 512 Bit uzunlikdagi kalitni ochiq taqsimlash bilan birgalikda, kriptografik o‘zgartirishning assimetrik (notekis) algoritmi qo‘llaniladi. Bunday uzunlikdagi kalit uchun imzoni qalbakilashtirish umuman mumkin emas, chunki begona shaxslar tomonidan rasshifrovka qilish, ya‘ni shifr bilan yozilganlarni o‘qish uchun katta hisoblash resurslarini jalb qilish talab etiladi. To‘lov topshiriqnomalarini rasmiylashtirish tartibi. Cyber Plat tizimi mijozlari bevosita Internet orqali to‘lov topshiriqnomalarini to‘ldirishlari mumkin, bu esa bank o‘tkazmalarini O‘zbekistonning istalgan bankidagi istalgan hisobraqamiga bank o‘tkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi. Cyber Plat serveridan (http://www.cyberplat.uz, http://www.cyberplat.ru) foydalanuvchi mijozlar oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Mijozlarni ro‘yxatga olish, shuningdek, mijoz joyida (bepul taqdim etiladigan) maxsus dasturiy ta‘minotni ishlatishi to‘lovlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta‘minlaydi. Cyber Plat ―Platina‖ bankida ochilgan hisobraqam bilan birga, plastik kartochka orqali to‘lovlar amalga oshirish imkonini beradi. Bunda mijoz Xalqaro to‘lov tizimlari a‘zosi bo‘lgan har qanday bank tomonidan berilgan kartochkadan foydalanishi mumkin. O‘z mohiyatiga ko‘ra, Cyber Plat ko‘rinishidagi to‘lov 353 tizimini aks ettirib, unda ishtirokchilar o‘rtasida ishonchli va xavfsiz pul o‘tkazishlar samarali amalga oshirishi mumkin. Uning bu xususiyati to‘lovlar miqdori juda katta bo‘lgan korporativ o‘zaro to‘lovlar uchun juda qo‘l keladi (biznes-biznes modeli). Hozirgi kunda Cyber Plat tizimida tovar va xizmatlar: 1) ―Platina‖ bankida xaridor uchun ochilgan hisobraqamdan; 2) Har bir bank-emitentning bank kredit kartochkasidan to‘lovlar ko‘zda tutiladi Cyber Plat tizimidagi to‘lov xaridorning ―Platina‖ bankidagi hisobraqamidagi qoldiq yoki bank emitentining karta hisobraqamidagi summadan oshib ketmasa, operatsiya amalga oshiriladi. Xaridor ―Platina‖ bankidagi hisobraqamini quyidagicha to‘ldiradi: 1.Qo‘shimcha ofis kassasi orqali, badal ko‘rinishidagi naqd pul bilan; 2.Har qanday biznes banki orqali naqd pulsiz o‘tkazmalar bilan. Biznes banki orqali o‘tkazilgan mablag‘ to‘g‘risidagi xabarnomani xaridor tomonidan shartli ravishda ―Dasturiy ta‘minot‖ deyiluvchi vosita orqali chop qilish mumkin. Xabarnomada bank va xaridorning barcha zaruriy rekvizitlari aks etadi. Xaridor faqat o‘tkazma summasini kiritadi xolos. Bank plastik kartochkalaridan foydalaniladigan to‘lovlarda mablag‘lar bankemitentdagi karta hisob raqamidan olinadi. Bu hisob raqamni to‘ldirish tegishli to‘lov karta tizimi qoidalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Kartochka operatsiyalarida mumkin bo‘lgan qallobliklardan himoyalanish maqsadida, tizimga qo‘shimcha cheklashlar kiritilgan. Xaridor Bankda, o‘z hisob-raqamidagi yoki joriy to‘lov limitidagi mablag‘larni nazorat qilishi mumkin va bunda u ―Platina‖ bankidan hisob raqam holati bo‘yicha yoki bank kredit kartochkasidan foydalanish davomida amalga oshirilgan tranzaktsiyalar haqida ko‘chirma olishi mumkin. ―Platina‖ bankida hisob raqam ochishdagi CyberPlat to‘lov tizimining ishlash texnologiyasi: 1. To‘lovning va xaridning onlaynda amalga oshirilishi. 2. Xaridor Internet orqali magazinning veb serveriga ulanadi, tovarlar to‘plamini shakllantiradi va hisobraqamdan olish to‘g‘risida magazinga so‘rovnoma jo‘natadi. 3. Magazin xaridorning so‘rovnomasiga ko‘ra unga tovar (xizmat) nomi, narxi, magazin kodi, operatsiya sodir bo‘lgan vaqt va kuni ko‘rsatilgan elektron raqamli imzo(ERI) bilan imzolangan hisob jo‘natadi. Fuqarolik-huquqiy nuqtai nazaridan bu hisob shartnoma tuzish uchun taklif hisoblanadi(oferta). Dunyoda Elektron raqamli imzo(ERI) haqida qonun qabul qilgan birinchi mamlakat Germaniya bo‘lib, 1997 Evropa davlatlari qonunchiligi asosida ―Elektron raqamli imzo‖ to‘g‘risidagi qonun imzolangan. AQShda 2000 yil 1 oktyabrda ―Global va milliy biznesda elektron imzo‖ to‘g‘risidagi Qonun imzolangan. 4. Xaridor unga kelgan hisobni o‘z ERI si bilan imzolab, qabulni amalga oshirgan holda uni magazinga qaytarib jo‘natadi. Shartnoma xaridor imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi. Tizimda xaridor tomonidan imzolangan hisob chekka aylanadi. 5. Ikki tomonlama ERI bilan imzolangan chek (ya‘ni magazin va xaridor tomonidan) Magazin tomonidan, kuchga kiritish uchun Bankka jo‘natiladi. 6. Bank imzolangan chekni qayta ishlaydi: Magazin va xaridorning tizimlarida uning mavjudligini tekshiradi, ikkala tomonnining ERI larini tekshiradi, ularning hisobraqamlaridagi qoldiq va limitlarni tekshirib chiqadi. Tekshiruv natijasida to‘lovni o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik haqidagi qaror shakllanadi. 7. To‘lovga ruxsat olinganda bank pul mablag‘larni Xaridorning hisob raqamidan Magazin hisob raqamiga o‘tkazish bilan birga Magazinga xizmat ko‘rsatishga (tovar berishga) ruxsat beradi, Magazin esa ushbu xizmatni ko‘rsatadi (tovar beradi). 8. To‘lov taqiqlangan holda bank Magazinga to‘lovni qaytarish haqida xabar beradi, Xaridorga esa to‘lovning qaytarilishi asoslanadi. Xaridor xarid qilish jarayonini to‘la-to‘kis nazorat qiladi. Amalga oshirilgan kelishuvni tasdiqlovchi hujjat sifatida har bir tomonda yuridik kuchga ega bo‘lgan elektron-raqam usulida imzolangan cheklar qoladi. Hisob raqamidan ko‘chirma Xaridor o‘z hisob raqamidagi mablag‘lar haqidagi ko‘chirmani o‘ziga tegishli bo‘lgan elektron-raqam usulida imzolangan so‘rovnoma orqali oladi. Bank Xaridorning kodi va elektron-raqam imzosini (ERI) tekshiradi. Tekshiruvning ijobiy natijalari olingan holda Bank Xaridorga ERI yordamida imzolangan va kriptografik tarzda o‘zgartirilgan tekstni o‘z ichiga olgan so‘rovnomani yo‘llaydi. Xaridor, xabarni olgach, Bank imzosi va va ko‘chirmaning aksincha o‘zgartirilganligini tekshiradi. Xaridor ko‘chirmani o‘z kompyuterining xotirasida saqlab qoladi. Xaridorning to‘lovlari magazindan o‘tganligi haqidagi so‘rovnoma Xaridor CyberPlat tizimidagi o‘z kodini ko‘rsatgan holda mazkur Magazinda amalga oshirilgan to‘lovlari haqida ma‘lumotlarni rasmiy ravishda so‘rab oladi va olingan kod asosida Magazin mazkur Xaridor to‘lovlari haqida axborotni taqdim etadi. CyberPlat tizimining bank plastik kartochkalari egalariga xizmat ko‘rsatish texnologiyasi. Plastik kartochka egasini ro‘yxatga olish. 1. VISA, Eurocard, Mastercard, Diners Clud, JSB (bundan buyon – Xaridor) bank plastik kartochkalari egalari CyberPlat to‘lov tizimida ro‘yxatga olinadi. 2. Ro‘yxatga olinish vaqtida Xaridor quyidagi ma‘lumotlarni ko‘rsatadi: o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsiy ma‘lumotlar (ismi-sharifi, otasining ismi, elektron pochta manzili, pochta manzili, telefon), o‘z kartochkasining parametrlarini (kartochkaning qaysi to‘lov tizimga tegishliligi, kartochkaning raqami, uning amal qilish muddati, kartochka egasining kartochkada ko‘rsatilgan transkriptsiyadagi ismi-sharifi). Kartochkadagi ma‘lumotlar himoyalangan tarzda Xaridorni ro‘yxatga olish uchun faqatgina Bankka beriladi, ushbu ma‘lumotlar Magazinga Xaridor bilan operatsiyalarni amalga oshirishda taqdim etilmaydi. Onlayn shaklidagi xarid va to‘lovni o‘tkazish. Magazinlarda tovarni xarid qilish CyberPlat tizimi texnologiyasi asosida amalga oshiriladi. 1. Xaridor Internet orqali Magazinga tegishli bo‘lgan web-serverga ulanib, tovar savatini shakllantirib, Magazinga jami qilingan harajatlar miqdori haqida so‘rovnoma yuboradi. 2. Ushbu so‘rovnomaga asosan Magazin Xaridorga tovar nomi va xizmat haqi, magazin kodi, amalga oshirilgan operatsiyaning vaqti va kuni ko‘rsatilgan ERI usuli yordamida imzolangan hisobvarag‘ini taqdim etadi. Fuqaroviy-huquqiy nuqtai nazardan ushbu hisobvaraq shartnomani tuzish borasidagi taklif deb hisoblanadi. 3. Xaridor unga taqdim etilgan mazkur hisob varaqni ERI usulida imzolab, uni Magazinga qaytirb yuboradi, ya‘ni aktseptni bajaradi. Shartnoma Xaridor unga taqdim etilgan hisobvaraqni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kirgan bo‘lib hisoblanadi. Tizimda Xaridor tomonidan imzolangan hisobvaraq chek bo‘lib hisoblanadi. 4. Magazin va Xaridor tomonidan ERI usulida imzolangan chek Magazin tomonidan avtorizatsiya uchun Bankka yo‘llanadi. 5. Bank imzolangan chekni ko‘zdan kechiradi, ya‘ni: tizimda Magazin va Xaridorning ro‘yxatdan o‘tganligi, Magazin va Xaridorning ERI tekshiriladi, operatsiyaning belgilangan tizim limitlarga muvofiqligi nazorat qilinadi va chekning nusxasi Bankning ma‘lumotlar bazasida saqlanadi. Tekshiruv natijasida kartochka to‘lov tizimida tranzaktsiyalarni avtorizatsiyalashga ruxsat berish yoki taqiqlash borasida qaror shakllanadi. 6. Avtorizatsiya taqiqlangan holda Bank Magazinga to‘lovni o‘tkazmasligi to‘g‘risida qarorini yo‘llaydi, Xaridorga esa to‘lov amalga oshirilmaganligi asoslanadi. 7. Avtorizatsiyaga ruxsat berilgan taqdirda Bank va Xaridor o‘rtasidagi shartnomaga asosan Bank komissiya miqdoriga muvofiq tarzda to‘lov summasi hajmini oshiradi. Komissiyalarning shakli va hajmi Bankning amaldagi tariflari bilan belgilanadi, avtorizatsiyaga ruxsat olish so‘rovnomasi yopiq turdagi bank tarmoqlari orqali Xaridorning kartochkasi emitenti bo‘lmish bank yoki bankemitent tomonidan vakolatlangan kartochka to‘lov tizimining protsessing markaziga yo‘llanadi. 8. Ijobiy holda Magazin xizmat ko‘rsatadi (ya‘ni, tovarni sotadi). Bank Magazin bilan tuzilgan shartnomaga asosan mablag‘larni Magazin hisob raqamiga o‘tkazadi. 9. Avtorizatsiya taqiqlangan holda Bank Magazinga to‘lovni o‘tkazmaslik haqida habar beradi. Xaridor xarid qilish jarayonini to‘la-to‘kis nazorat qiladi. Amalga oshirilgan kelishuvni tasdiqlovchi hujjat sifatida har bir tomonda yuridik kuchga ega bo‘lgan elektron-raqam usulida imzolangan cheklar qoladi. Tizimdagi tranzaktsiyalar bo‘yicha ko‘chirma 1. Xaridor CyberPlat tizimida amalga oshirilgan tranzaktsiyalar haqidagi ko‘chirmani rasmiy ravishda so‘rab oladi, so‘ng o‘zining so‘rovnomasini ERI usulida imzolaydi. 2. Bank Xaridorning kodi va ERI ni tekshiradi. 3. Tekshiruvning ijobiy natijalari olingan holda Bank Xaridorga ERI yordamida imzolangan va kriptografik tarzda o‘zgartirilgan tekstni o‘z ichiga olgan so‘rovnomani yo‘llaydi. 4. Xaridor, xabarni olgach, Bank imzosi va ko‘chirmaning aksincha o‘zgartirilganligini tekshiradi. 5. Xaridor ko‘chirmani o‘z kompyuterining xotirasida saqlab qoladi. Xaridorning to‘lovlari magazindan o‘tganligi haqidagi so‘rovnoma 1. Xaridor CyberPlat tizimidagi o‘z kodini ko‘rsatgan holda mazkur Magazinda amalga oshirilgan to‘lovlari haqida ma‘lumotlarni rasmiy ravishda so‘rab oladi. 2. Olingan kod asosida Magazin mazkur Xaridor to‘lovlari haqida axborotni taqdim etadi. 358 Mijoz operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar Hisob raqamni to‘ldirish. Hozirgi kunda CyberPlat tizimida har qanday bank-emitentning bank kredit kartochkasi bo‘yicha Xaridorning «Platina» bankida ochilgan hisob raqami orqali tovar yoki xizmatni xarid qilish ko‘zda tutilgan. Bank hisob raqamidagi mablag‘lar yoki joriy to‘lov limitning holatini Xaridor «Platina» bankdan rasmiy ravishda olingan yoki bank kredit kartochkasi yordamida amalga oshirgan transaktsiyalari haqidagi ko‘chirmalar orqali nazorat qilishi mumkin (http://www.webmoney.ru/rospay/cyberod.asp – top). CyberPlat tizimining afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi. O‘zaro to‘lovlarni o‘tkazish tezligi: Xaridor, Magazin va Bank ishtirok etuvchi barcha operatsiyalarning onlayn shaklida o‘tkazilishi. Soddaligi: 1) tizimga ulanishning etarlicha soddaligi; 2) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish texnologiyasining muayyan soddaligi; Mijoz hisob raqamining xavfsizligi va konfidentsialligi quyidagilarga asosan ta‘minlanadi: 1) o‘zaro munosabatda bo‘lgan tomonlar Elektron-raqam imzolardan foydalanadi (ERI); 2) mijoz xavfsizligining tegishli darajasi 512-bitli yopiq kalitni qo‘llash orqali ta‘minlanadi; 3) operatsiyani o‘tkazuvchi tomonlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi tizimning mukammalligi Real vaqtda amalga oshirilayotgan to‘lovlar bilan bog‘liq operatsiyalar va ularni tegishli hujjatlar bilan tasdiqlash ustidan nazorat quyidagilarga asosan ta‘minlanadi: 1) to‘lov operatsiyalarining har bir bosqichi rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan; 2) hujjatlar ERI bilan imzolanadi. Hisob raqamni Internet orqali boshqarishdagi qulaylik CyberPlat tizimida ochilgan hisob raqami orqali to‘lovni tashqi to‘lov tizimlar orqali har qanday bankning har qanday hisob raqamiga o‘tkazish imkoniyatining mavjudligi bilan kafolatlanadi. CyberPlat tizimining kamchiliklari boshqa qator to‘lov tizimlari singari o‘z mijoziga tegishli axborot va tranzaktsiyalari xavfsizligini mutlaq tarzda ta‘minlab bera olmasligidir. Tizim orqali savdo qilish Xaridor Internet orqali magazinni web-serveriga ulanadi, xarid qiladigan maxsulotlarni tanlab, kredit kartochka to‘lov turini tanlaydi. Magazin buyurtmani qayta ishlab, CyberPOS servariga yuboradi. Barcha ma‘lumotlar Magazin va CyberPOS o‘rtasida xavsizligi ta‘minlangan SSL protokolida electron raqamli imzo orqali almashinadi. CyberPOS xaridor bilan xavfsizligi ta‘minlangan (SSL) protocoli ulanadi va xaridorning kredit kartochka ma‘lumotlarini oladi. Kredit kartochka to‘g‘risidagi ma‘lumot xavfsiz holda faqat CyberPOC ga yuboriladi va magazin bilan savdo qilayotganda magazinga berilmaydi. Tizim orqali savdo qilish CyberPOS sistemada magazinning mavjudligini tekshiradi, tizimda o‘rnatilgan cheklovlarga muomalaning mos kelishini tekshiradi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra kartochka to‘lov tizimida o‘tkazmalar avtorizatsiyasini amalga oshirish uchun ruxsat yoki rad javobi beriladi. Avtorizatsiyaga rad javobi berilganda: -CyberPOS Xaridorga rad javobi sabablarini ko‘rsatib beradi, - CyberPOS Magazinga rad qilingan buyurtma raqamini beradi. CyberPOS sistemada magazinning mavjudligini tekshiradi, tizimda o‘rnatilgan cheklovlarga muomalaning mos kelishini tekshiradi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra kartochka to‘lov tizimida o‘tkazmalar avtorizatsiyasini amalga oshirish uchun ruxsat yoki rad javobi beriladi. Avtorizatsiyaga rad javobi berilganda: -CyberPOS Xaridorga rad javobi sabablarini ko‘rsatib beradi, - CyberPOS Magazinga rad qilingan buyurtma raqamini beradi. Avtorizatsiyaga ruxsat berilganda: CyberPOS uni bankning protsessing markaziga beradi. Bank emitentga bankning yopiq tarmog‘i orqali avtorizatsiya uchun so‘rov yuboriladi yoki kartochkaning to‘lov tizimi protsessing markaziga yuboriladi. Kartochka to‘lov tizimidan ijobiy natija olinganda: - Bankning protsessing markazi CyberPOS ga avtorizatsiyaning ijobiy natijasini beradi. Magazin xizmat ko‘rsatadi. (mahsulotni jo‘natadi) - Bank bank va magazin o‘rtasida mavjud kelishuv munosabatlariga muvofiq magazin hisobiga pul o‘tkazadi. Rad avtorizatsiya paytida: Bankning protsessing markazi avtorizatsiya serveriga to‘lov o‘tkazilishiga rad javob beradi. -CyberPOS Xaridorga rad javobi sabablarini ko‘rsatib beradi, - CyberPOS Magazinga rad qilingan buyurtma raqamini beradi. CyberPOS Xaridorga avtorizatsiyaning ijobiy natijasini beradi. CyberPOS magazinga buyurtma raqami bilan birga avtorizatsiyaning ijobiy natijasini beradi. Naqd elektron pullardan foydalanadigan to‘lov tizimlari Kundalik hayotda banknot va qog‘oz ko‘rinishidagi naqd pullar kredit kartochkasi yoki mijoz-bank tizimi turidagi naqd bo‘lmagan to‘lov vositalaridan ikkita muhim xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra naqd bo‘lgan to‘lovlar anonimdir, ikkinchidan esa, naqd pul egasi ulardan yakka holda foydalanadi. To‘lovlarda anonimlik tushunchasi xaridorni identifikatsiya qiluvchi har qanday yozuvlarni hech qaerda qolmasligini bildiradi. Yakka holda 361 foydalanish naqd pullar egasi ularni o‘z ehtiyojlariga ko‘ra sarflashini hech kim taqiqlay olmasligini bildiradi. Naqd bo‘lgan pullarni mavjud ustunliklari bilan birga uning ba‘zi bir kamchiliklari ham kelib chiqadi. Birinchidan, naqd pullarni beixtiyor yo‘qotib qo‘yish mumkin. Ikkinchidan, naqd pullarga hech kim foyda keltiruvchi ustama foiz to‘lamaydi. Agarda qandaydir elsktron to‘lov tizimi har bir mijozga to‘lovlar anonimligi va to‘lov vositalaridan yakka holda foydalanishni ta‘minlasa, u holda bu tizim mijoz ixtiyoriga elektron naqd pullarni taqdim etadi deb aytish mumkin. Bunda to‘lovlar anonimligi va foydalanish erkinligini ta‘minlash to‘lov tizimidagi kompaniya-operatorining xohish-irodasi emas, balki tizimni ichki xususiyati bo‘lishi lozim. Elektron naqd pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi to‘lov tizimida mijozlar to‘lovlarni o‘tkazishdagi o‘rnatilgan tartiblaridan kelib chiqib, o‘z huquqlarini o‘zlari belgilaydilar, shuning uchun ular kompaniya-operatorlarga ishonishlariga majbur emaslar. Oddiy pullar kabi, agarda foydalanuvchi tomonidan moliyaviy ma‘lumotlar va ularni zahira nusxalari yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda elektron naqd pullarni ham yo‘qotib qo‘yish mumkin. Shu bilan birga, elektron naqd pullarga ham foyda foizlari hisob-kitob qilinmaydi. Mavjud kredit kartochkalardan foydalanuvchi to‘lov tizimlari ularni naqd pullardan farqlovchi va internetda qo‘llash doirasini chegaralab qo‘yuvchi bir qator kamchiliklarga ega: 1. Mumkin bo‘lgan to‘lovlar summasi bir dollardan bir necha ming dollargacha bo‘lgan etarlicha tor diapazonda bo‘ladi, shuning uchun mikro to‘lovlar uchun (tsent ulushidan bar necha dollargacha) boshqa turdagi vositalar talab qilinadi. 2. To‘lovlarni olib borish (avtorlashtirish) uchun talab qilinadigan vaqt ba‘zan juda ham kattalashib ketadi. 3. Kartochka tizimida sotuvchi va xaridor teng huquqli emas. Xususan, kartochkalarning oddiy foydalanuvchilari o‘z kartochka hisob- 362 raqamidagi pullarni olishiga imkon yo‘q. Bu o‘z mijozlariga yutuqlarini to‘lashi lozim bo‘ladigan virtual xazina, lotoreya va shu kabilarni tashkil qilishda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Elektron naqd pullar bunday kamchiliklardan holidir va shuning uchun plastik kartochkalar asosidagi to‘lov tizimlariga nisbatan tabiiy raqobatchilikni vujudga keltirishi mumkin. WebMoney Transfer - raqamli naqd pullardan foydalanuvchi to‘lov tizimidir. WebMoney tizimi internet tarmog‘idagi har qanday foydalanuvchiga real vaqtda xavfsiz bo‘lgan naqd to‘lovlar va hisob kitoblarni WebMoney (WM) deb nomlanuvchi elektron naqd pullardan foydalanish orqali amalga oshirishni taqdim etadi. Tizimning mijozlari mahsulot va xizmatlarni sotuvchilar, xaridorlardan iborat. Bu bir tomondan, internet-do‘konlar, ikkinchi tomondan, hisob-kitoblar an‘anaviy usullari, masalan, internetning kredit kartochkalaridan foydalanishga imkoniyati yo‘q yoki xohlamaydigan har qanday foydalanuvchisi bo‘lishi mumkin. Tizim doirasida AQSh dollari asosida hisob-kitob qililadigan WM-shartli pul birligidan kreditlash va to‘lovlarning universal vositasi sifatida foydalaniladi. WM-pul birligi internetdagi hisob kitoblar uchun foydalaniladigan AQSh dollari va boshqa valyutalarga nisbatan to‘liq konvertatsiya qilingan bo‘ladi. WebMoney Keeper mijoz dasturiy ta‘minoti tizimga mijoz sifatida a‘zo bo‘lishga imkon beradi. WebMoney Keeper dasturi yordamida anonim holda tizimning boshqa mijozlari bilan hisob-kitoblarni WMda bir lahzada amalga oshirish, WMni o‘zining bankdagi hisob-raqamiga o‘tkazish, internet tarmog‘ida mahsulot va xizmatlarga to‘lash, shuningdek, Web-Money Keeper dasturiga qurilgan xabarlar ayirboshlashning himoyalangan tizimi orqali ehtimol qilinayotgan hamkorlar bilan savdo bitimlarini muhokama qilish mumkin. WebMoney tizimi ishtirokchisi bo‘lish uchun qo‘yidagilar etarlidir: 1. Hamma foydalanuvchilar uchun: WebMoney Keeper dasturini 363 chiqarib olish va installyatsiya qilish. 2. Xaridor uchun: ixtiyoriy bank hisob raqamidagi pul mablag‘larini WMra konvertatsiya qilib, o‘z navbatida uni «Hamyonlar» tizimidagi maxsus hisob raqamiga o‘tkazish. 3. Sotuvchilar uchun: sotilayotgan mahsulot va xizmachlar hisobiga WMlap kelib tushadigan manzilda maxsus «Hamyon» hisob-raqamlarini bepul ochish. Internet-do‘konlarni WMda hisob-kitob yuritishlar uchun sozlash. WebMoney Transfer tizimi doirasida WM pullarni xizmat va mahsulotlarga to‘lov sifatida qabul qiladigan ixtiyoriy do‘konda sarflash mumkin. Buning uchun unda avvaldan o‘zining maxsus hisob-raqamlarini ochish yoki kredit kartochka raqamini uzatish shart emas. WM to‘laqonli va ekvivalent pul qiymatiga ega bo‘lganligidan to‘lovlar amalga oshirilishi bilan WebMoney Transfer tizimidagi internet-do‘konlar shu zahotiyoq mahsulotlar va xizmatlarni etkazib berishni ta‘miilaydi. WM pullar ixtiyoriy lahzada naqd bo‘lmagan to‘lovlar yo‘li bilan har qanday ko‘rsatilgan hisob-raqamiga AQSh dollari yoki har qanday valyutaga almashtirilgan holda kelib tushadi. Xavfsizlikni ta‘minlashning WebMoney Transferda qo‘llanilgan ba‘zi bir usullarini batafsil ko‘rib chiqamiz: 1. WebMoney Keeper dasturiga kirish uchun foydalanuvchining unikal 13-qiymatli identifikatsiya raqami, uning shaxsiy paroli, shuningdek, kompyuter xotirasidagi mahfiy kalitlar va hamyonlar bo‘lgan fayllarni joylashgan joyini bilish zarur bo‘ladi. 2. Tizimdagi barcha axborotlar axborotlarni himoya qilshning kalit uzunligi 1024 bit bo‘lgan, RSAra o‘xshash algoritmdan foydalanilgan holda kodlashtirilgan ko‘rinishda uzatiladi. Har bir seans uchun unikal seans kalitidan foydalaniladi. Shuning uchun seans vaqtida (transaktsiyalarni amalga oshirish vaqti) foydalanuvchining o‘zidan boshqa hech kim to‘lovni nimaga tayinlanganligi va uning summasini bilish imkoniyatiga ega emas. To‘lov tizimlari orasida internet-banking vazifalarini bajaruvchi, ya‘ni, 364 internet tarmog‘i orqali bank operatsiyalarini olib borishga imkon beradigan tizimlar alohida guruhni tashkil qiladi. Ular orqali amalga oshirish mumkin bo‘lgan operatsiyalar o‘z ichiga amaliy jihatdan amalga oshirilgan operatsiyalardan ko‘chirma olish bilan bank hisob raqamlarini boshqarishda to‘liq xizmatlar to‘plamini oladi. «Uy banki» tizimi xususiy shaxslarni real bankdagi hisob-raqamlarini internet tarmog‘i orqali boshqarish uchun mo‘ljallangan «Uy banki» o‘z foydalanuvchilariga real vaqt tartibida va planetaning ixtiyoriy nuqtasidan tunu-kun to‘laqonli bank servis xizmatlarini taqdim etiladi. «Uy banki» real vaqt tartibida internet tarmoqi orqali bir qancha operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradi. Adapter kompyuterga LPT yoki COM portlari orqali ulanadi. Xotira kaliti elementi (Touch memory) foydalanuvchining unikal kalitlarini ifoda qiladi va «Uy banki» tizimida mijozni ro‘yxatga olish raqami hisoblanadi. Tizimda har qanday operatsiyani amalga oshirish vaqtida bu jarayonni xotira kaliti elementi va parol bilan tasdiqlash lozim bo‘ladi. «Uy banki» dasturiy komponenti Microsoft Internet Explorer 5 uchun modul ko‘rinishida bajarilgan bo‘lib, qurilma bilan birga taqdim etiladi. Internet-banking vazifalarini bajaruvchi ikkinchi tizim «Telebank» deb nomlanib, bu tizim xususiy shaxslarga masofadan turib bank xizmatlarini ko‘rsatilishiga imkon beradi. Operatsiyalar uzluksiz va internet yoki telefon orqali ixtiyoriy joydan amalga oshiriladi. Mijoz to‘lovni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi chiptani, shuningdek, hisob-raqami bo‘yicha barcha ko‘chirmalarni internet orqali avtomatlashtirilgan tartibda faks yordamida yoki bevosita bankning ofisidan olish mumkin. Rossiyaning «Rapida» to‘lov tizimi 2001 yil ssntyabrda bozorga kirib kelgan bo‘lib, moliyaviy institutlarning naqd bo‘lmagan masofaviy hisob kitoblari an‘anaviy amaliyotini oxirgi yuqori texnologik yutuqlar bilan birgalikda olib boradigan yangi avlodi hisoblanadi. O‘zining hisob-raqamlarini masofadan turib boshqarish g‘oyasi foydalanish uchun etarlicha jozibalidir - o‘z mablag‘larini kafolatlangan xavfsiz joyda saqlash va shu bilan bir vaqtda saqlanish joyidan qanchalik uzoq bo‘lmasin xohlagan vaqtda undan foydalanish mumkin. Avtomatlashtirilgan masofaviy hisob-kitoblar g‘oyasini O‘zbekistonda qo‘llanishi bir muncha kechikmoqda. Buni iqtisodiyotni tubdan qayta qurilayotganligi, aholi asosiy qismining daromadlarini past darajadaligi va bank tizimiga bo‘lgan ishonchsizlik bilan izohlash mumkim. Shunga qaramay, keyingi vaqtlarda masofaviy hisob-kitoblarning plastik kartochkalar kabi instrumentlarini keng ommalashib borayotganligi kuzatilmoqda. Ularga bo‘lgan ob‘ektiv talab yuqori bo‘lsada, undan aholining juda ham kichik qismi foydalanmoqda - kimlargadir kartochka tizimi murakkab tuyulsa, boshqalarini unga ko‘rsatiladigan xizmatlap bahosi cho‘chitadi. «Rapida» to‘lov tizimidagi barcha hisob-kitoblar nobank kredit tashkilot bo‘lgan «Banklararo elektron hisob-kitoblar palatasi»ning (BEHP NKT) hisobkitob markazi orqali amalga oshirilib, bu tashkilot chet el valyutalarida hisobkitoblarni olib boorish litsenziyasiga ham ega. Bundan tashqari hisob-kitob markazining vazifalariga tizimining to‘lov instrumentlari - «Rapida» plastik kartochkalarining emissiyasi ham kiradi. Bank bu tizimga a‘zo bo‘lib kirar ekan, BEHP MKTda o‘z korrespondentlik hisob-raqamini ochadi va undan «Rapida» to‘lov tizimidagi banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda, bankning ko‘rsatmasiga asosan boshqa har qanday to‘lovlarni amalga oshirish uchui ham foydalanilib, bank korrespondentlik hisob-raqamidagi pul mablag‘lari qoldiqlarini o‘z mijozlarining talablaridan kelib chiqib mustqil holda tartibga soladi. To‘lovchi «Rapida» to‘lov tizimining o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish interfeysidan foydalanib tizim protsessing-markazining elektron raqamli imzosi qo‘yilgan elektron hujjatga qayta shakllanadigan to‘lov instruktsiyasini shakllantiradi va bu hujjat avtorlashtirish uchun bank ABTga uzatiladi. Protsessing markaz bilan birlashish jarayonida oddiylikni ta‘minlash maqsadida maxsus formatlangan xabarlar protokoli ishlab chiqilgan. Formatlangan xabarlar protokoli o‘z ichiga nafaqat hisobkitoblar uchun instruktsiyalar, agarda ABT quvvatlasa bankni xohishiga ko‘ra hisob-raqamlarini boshqarishda foydalanish mumkin bo‘lgan instruktsiyalarni ham oladi. Bunday hisob-kitoblar turining yctunligi protsessing markazga ulanishning kam xarajatliligi bo‘lib, bu asosan 75 AQSh dollari bahosidagi kriptografik dasturiy ta‘minot majmualarini sotib olish bilan amalga oshiriladi. Shuning bilan birga, bu tizim har qanday turdagi ABT bilan qo‘shilib ketish qobiliyatiga ega. Tabiiy holda, kartochka tizimi boshidanoq mablag‘larni ro‘yxatdan chiqarish so‘rovlarini tezkor avtorlashtirish uchun mo‘ljallanganligi muhim omil hisoblanadi. Bunday holda, kartochka tizimini protsessini markazi bilan birlashtirish uchun formatlangan xabarlar protokolini kartochka tizimida foydalaniladigan protokollarga va aksincha ikki tomonlama qayta shakllantirishlarni bajaruvchi maxsus shlyuz-konverotdan foydalaniladi. Shlyuzkonvertor bank tomonida yoki tashqi protsessing markazida o‘rnatiladi Bank kartochkalaridan foydalanib, mijoz bankomatdan naqd pul mablag‘larini olishi yoki supermarketdan mahsulot sotib olishda foydalanishi mumkin, «Rapida» tizimi esa aynan shu hisob-raqamidan telekommunikatsiya va maishiy xizmatlarga to‘lovlar to‘lashda, internet-do‘kondan xaridlar qilishda va ko‘plab shu turdagi to‘lovlarni foydalanib amalga oshirishga imkon beradi. «Rapida» tiziminiig asosiy xususiyati shundan iboratki, uning mijozlari amaliy jihatdan har qanday moliyaviy risklardan holi bo‘ladi. Bu esa BEHPni lizenziyaga ega bo‘lgan nobank kredit tashkilot ekanligi bilan bog‘liqdir. Bu uning aktiv operatsiyalar bilan shug‘ullanmasligini va jismoniy shaxslarga hisobraqamlari ochmasligini, uning vazifalariga faqat hisob-kitoblanii amalga oshirish kirishini bildiradi.
Download 22.72 Kb.




Download 22.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Internet muhitida to‘lovlarni amalga oshiruvchi tizimlar elektron tijoratning eng ko‘p tarqalgan avtomatlashtirilgan universal tizimlaridan biri hisoblanadi

Download 22.72 Kb.