• Internetda pul topish 2019
  • Internet tarixi 2019




    Download 397.5 Kb.
    bet5/13
    Sana28.02.2022
    Hajmi397.5 Kb.
    #18203
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Internet
    Operatsion tizimlar, Tarmoq texnologiyalari, Android, Fan «Sport turlaridan musobaqalar o’tkazish va hakamlik qilish», A.G\'anixo\'jayeva - Umumiy mikrobiologiya(2), Mikrobiologiya Laboratoriya Mashg`ulotlari
    Internet xizmatlari 2019

    Internet xizmatlari deb odatda shu tarmoq tarkibidagi serverlar tarafidan ko'rsatiladigan xizmatlar tushuniladi. Quyidagi xizmat turlari eng ko'p tarqalgan


    e-mail - xat-xabarlarni uzatish xizmati.
    usenet - elektron e'lon lavhalari tizimi xizmati (teleanjumanlar).
    WWW -ahborot izlash va o'zida matn, grafika, ovoz va videoni mujassamlashtirgan gipermatnli xujjatlarni ko'rsatish tizimi.
    ftp - fayllarni uzatish xizmati.
    telnet - olisda joylashgan kompyuter bilan ulanish xizmati.
    gopher - qidirish va matnli xujjatlarni ko'rish xizmati.


    Internetda pul topish 2019

    1. YOZISH. Freelancing bozorlarida yozishga bo’lgan talab juda yuqori. Yozish mahoratingizni maqolalar, yangiliklar, e’lonlar, elektron kitoblar, tarqatma materiallar, bukletlar, maxsus xisobotlar, arizalar va hokazo o’zingiz uddalay oladigan turdagi ijodiy ishlarda ko’rsata olsangiz, Sizning yozganingiz uchun pul to’lashga tayyor bo’lgan minglab ish beruvchilarni topishingiz mumkin. Bugungi kunda g’arb davlatlarida millionlab odamlar yozishni umrining asosiy kasbi qilib olib, asosiy daromadni faqat yozish orqali olishadi.


    2. GRAFIK DIZAYN. Fotoshop (yoki Illustrator) dasturida qoyilmaqom suratlar chiza olasizmi Agar shunday bo’lsa, grafik dizayn yo’nalishi bo’yicha juda ko’p ishlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buyurtma asosida chizish orqali ishlashdan tashqari ilhomingiz kelgan vaqtda chizgan ijodiy ishlaringizni tayyor mahsulot sifatida sotishingiz ham mumkin. Bunday sotilishi mumkin bo’lgan dizaynlarga kitob muqovalari, vizit kartochkalar, afishalar, sahifa dizaynlari, infografiklar, logolar va web saytlar dizayni kabi o’nlab ishlar misol bo’lishi mumkin.


    Shu o’rinda grafik dizayn bo’yicha freelancing bilan shug’ullanayotgan o’zbekistonlik do’stimiz ishlaridan menda mavjud ba’zi namunalarni ko’rsatmoqchiman.

    Agar «Men Fotoshopda (yoki Illustratorda) bulardan ancha yaxshiroq chiza olaman», deb hisoblasangiz, freelancing bilan shug’ullanishni boshlashga tayyorsiz!


    3. DASTURLASH. Kod yozishni bilasizmi Agar shunday bo’lsa, dasturchi sifatida yaxshigina pul ishlashingiz mumkin. Dasturlash tillaridan HTML, CSS, Java, JavaScript, Ruby, C va hokazo, yoki tizimlardan Android, WordPress, Joomla, iOS va boshqalarini, yoki ma’lumotlar bazasi, axborot xavfsizligi, tarmoqlar kabi yo’nalishlardan birini mukammal bilsangiz, freelancing orqali pul ishlashingiz oson kechadi. Bunda yuqorida sanab o’tilganlarning faqat bittasini mukammal bilishingiz ham ish beradi. Misol uchun faqat CSSni to’liq o’zlashtira olsangiz, boshqa dasturlash tillarini bilmagan holda ham pul ishlashingiz mumkin!


    4. INTERNET MARKETING. Internet orqali reklama qilish oson ish emas. Shuni hisobga olgan holda freelancing sohasida internet marketingga juda katta talab bor. Mahsulot va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish, saytlarda mahsulot yoki xizmatlar haqida PR maqolalar yozish, YouTube kanallarida video roliklar tayyorlab ommalashtirish – bularning barchasi internet marketingning eng ko’p foydalaniladigan usullaridan hisoblanadi. Ularni hammadan yaxshiroq uddalay olsangiz, internet orqali pul ishlash sohasida omadingiz keladi!


    5. TARJIMA. Bir tildan ikkinchi tilga har qanaqa shaklda (og’zaki, yozma, sinxron) tarjima qila olsangiz, tarjima bo’yicha freelancerlik qilishingiz mumkin. Bugungi kunda tarjima eng ko’p talab etilayotgan tillar Xitoy, Ispan, Portugan va Yapon tillari hisoblanadi. Bu tillarning birortasiga(dan) tarjima qila olsangiz, juda ko’p buyurtmalar olishingiz mumkin. Albatta tarjima qilinayotgan tilning ikkinchisi ingliz tili bo’ladi. Tilni bilish qobiliyatingiz bilan uyda, kompyuteringiz qarshisida bir piyola choy ustida ishlashingiz mumkin bo’ladi


    Endi freelancing uchun eng qulay bo’lgan saytlar ro’yxatiga o’tamiz. Yuqorida sanab o’tilgan qobiliyatlardan birortasi Sizda bo’lsa, yoki freelancing uchun taklif qilishingiz mumkin bo’lgan har qanday boshqa xizmatni bajara olsangiz, quyida keltiriladigan saytlar orqali o’zingizga mos buyurtmani izlashingiz mumkin. «Yuqoridagi ishlarning birortasini bajara olmayman, hech qanday qobiliyatim yo’q. Qanday xizmatni taklif qilib freelancing bilan shug’ullansam ekan», deb hayron bo’lmang. O’zingizni hech narsada cheklamang. Nimani yaxshiroq uddalasangiz, shu ishni xizmat turi sifatida taklif qiling!

    6. ELANCE.COM – Freelancerlar orasida alohida xurmatga ega bo’lgan tarmoq. Ushbu tarmoqda dunyoning ko’zga ko’ringan freelancerlari o’z xizmatlarini taklif etishadi. Agar juda qobiliyatli bo’lmasangiz, bu tarmoqda Siz uchun imkoniyat kamroq bo’ladi. Ammo omadingiz kelsa, bir oyda 5000 dollar miqdoridagi foydani o’rtacha qiyinchilik bilan topishingiz mumkin.


    7. PEOPLEPERHOUR.COM – Bir soatga yollanadigan odamlar tarmog’i. Bunda freelancerlar o’z xizmatlarini bir soatlik vaqt me’zoni asosida baholab taklif qilishadi. Albatta, ish bir soatdan ko’p bo’lishi mumkin. Asosiy jihat – ushbu tarmoqda barcha xizmatlar bir soatiga necha dollar bo’lishiga qarab baholanadi. Dunyo bo’ylab mingga yaqin buyurtmalar ushbu tarmoq orqali har kuni bajariladi.


    8. TEXTBROKER.COM – Faqat va faqat yozuvchilar uchun. Bu saytda turli mavzu yoki yo’nalishlar bo’yicha yozma ishlar savdosi, yozish bo’yicha ishlarga buyurtmalar topilishi mumkin. Yozuvchilar juda ko’p, raqobat ham o’ziga yarasha. Tarmoqning yaxshi tomoni shuki, unda buyurtma juda ko’p. Menga yoqmagan jihatlaridan biri – ish uchun kam pul to’lashadi.


    4. FREELANCESWITCH.COM – Juda mashxur tarmoq emas. Boshqalariga nisbatan buyurtma olish ehtimoli kamroq. Shunchaki, boshqa joylardan omadlari kelmaganlar bu tarmoqni ham sinab ko’rishlari mumkin.


    9. BEHANCE.NET – Iqidorli dizaynerlar uchun yaxshigina pul ishlab olish imkonini beruvchi tarmoq. Adobe korporatsiyasiga qarashli bo’lgan ushbu tizimda Fotoshop va Illustratorga o’xshash suratlar chizish dasturlarida ishlaydigan kishilar yollanadi. Raqobat juda kuchli. Ammo qilgan ishlaringiz, chizgan rasmlaringiz arzirli bo’lsa, albatta katta miqdorda to’lanadigan ishlarga buyurtma olishingiz mumkin.


    10. UPWORK.COM – Elance tizimining raqobatdoshi. Freelancerlar uchun juda qulay imkoniyatlar tarmog’i. Turli daraja va yo’nalishlar bo’yicha ko’plab buyurtmalar beriladi. Iqtidorli, bilimli bo’lib o’z ishingizni ko’rsata olsangiz bo’lgani – internet orqali pul ishlashda hech qanday muammo bo’lmaydi.


    11. GURU.COM – Freelancerlar uchun ish topishga qulay tarmoq. Buyurtma beruvchilar ham boshqa tarmoqlarga nisbatan ancha faolroq.


    12. FIVERR.COM – Bu tarmoqda hamma xizmatning narxi bir xil – 5 dollar! Yuqorida sanab o’tilgan tarmoqlardagidek kuchli talablar yo’q. Imkoningiz yetgan xizmatni taklif qilasiz, kimga kerak bo’lsa bu xizmatga 5 dollar to’lab buyurtma beradi! Men bu tarmoqda juda aqlli freelance takliflar bilan birga o’ta axmoqona ximat turlarini ham uchratganman. Masalan, kimdir 5 dollarga o’rtangizga sovuqchilik tushgan sobiq tanishingizga qo’ng’iroq qilib u bilan Sizni yarashtirib qo’yaman, degan. Yana bir kishi 5 dollar evaziga Siz yoki Sizning kompaniyaniz haqida YouTubeda bitta video tayyorlab chiqaraman degan. Yana boshqa bittasi esa 5 dollar evaziga uyga vazifangizni bajarib beraman, deb taklif kiritgan. Umuman olganda, har qanday xizmat turini taklif qilishingiz mumkin. O’zbekistonlik bir nechta tanishlarim huddi shu tarmoqda pul ishlayapti, shaxsan o’zim ham bu tarmoq ro’yxatida borman.


    13. FREELANCER.COM – Elance yoki Upwork tarmoqlariga o’xshash, ammo dizayn bilan birga dasturchilikka ham alohida (ba’zan bir-biriga bog’liq holda) e’tibor beradigan tarmoq. Ham dizayn, ham dasturchilik bo’yicha qobiliyat, bilimga ega kishilar uchun ajoyib tarmoq!





    Download 397.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 397.5 Kb.