• Google qidiruv tizimidan samarali foydalanish va kerakli qidiruv natijalarini tezda olish usullari
  • Sozlarni chiqarib tashlash uchun defisdan(chiziqcha) foydalaning
  • Muayyan saytlardan qidirish.
  • Bir vaqtning ozida bir nechta sozlarni qidirib topish.
  • Yulduzcha belgisidan foydalanish
  • Sorovimizning har bir qismini alohida qidirmasligi uchun qo’sh tirnoqlardan foydalanish.
  • Fayl turi boyicha qidirish.
  • Internet tarmog‘ida ishlash. Internetda axborot izlash va ma’lumotlarni yuklash usullari. At-kompetensiyaning shakllanishida elektron pochtadan foydalanish. Google qidiruv tizimidan samarali foydalanish va kerakli qidiruv natijalarini tezda olish




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana13.10.2022
    Hajmi1.33 Mb.
    #27187
    Bog'liq
    1-amaliy mashg\'ulot
    3maruza.pptx, Рефарат


    INFORMATIKA fani 
    1-Amaliy mashg‘ulot. Internet tarmog‘ida ishlash. Internetda axborot izlash va 
    ma’lumotlarni yuklash usullari. AT-kompetensiyaning shakllanishida elektron pochtadan 
    foydalanish. 
    Google qidiruv tizimidan samarali foydalanish va kerakli qidiruv natijalarini tezda olish 
    usullari 
    1. So‘zning chet tiliga tarjimasini topish uchun qidiruv tizimiga quydagicha yozing: 
    translate istalgan_davlat_tillari 
    Masalan. 
    2. So'zlarni chiqarib tashlash uchun defisdan(chiziqcha) foydalaning 
    Googledan Mustangni qidirganda, siz Ford tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobil yoki ot uchun 
    ham natijalar olishingiz mumkin. Agar siz bittasini olib tashlamoqchi bo'lsangiz defisdan 
    foydalaning: 
    Mustang -horse 
    Bunda qidiruv tizimi Mustanglarni qidiradi va "ot" so'zi bo'lgan barcha natijalar olib tashlanadi. 
    Boshqa narsalar haqida ma'lumot olmasdan, biror narsa haqida ma'lumot topishda juda foydali. 


    INFORMATIKA fani 
    3. Boshqa saytlarga o'xshash saytlarni topish. 
    Aytaylik, sevimli web-saytingiz bor. Bu har qanday narsa bo'lishi mumkin. Biroq, ushbu web-sayt 
    biroz zerikarli bo'lib qolmoqda va shunga o'xshash boshqa web-saytlarni topishni xohlaysiz. 
    Bunda mana bu usul sizga yordam beradi: 
    related:
    apple.com
     
    Yuqoridagi kabi qidirsangiz, Applega havolani topa olmaysiz. Buning o'rniga siz Apple kabi 
    kompaniyalarga havolalarni topasiz. 
    4. Muayyan saytlardan qidirish. 
    Muayyan web-saytda maqolalar yoki tarkibni Google orqali qidirishingiz kerak bo'lishi mumkin. 
    Bunda quyidagi usuldan foydalaning: 


    INFORMATIKA fani 
    One Million Uzbek Coders site:
    kun.uz
     
    Bu One Million Uzbek Coders haqidagi barcha tarkibni qidiradi, ammo faqat 
    kun.uz
     saytidan. 
    Boshqa barcha qidiruv natijalari o'chiriladi. Agar ma'lum bir saytda ma'lum tarkibni topishingiz 
    kerak bo'lsa shu usuldan foydalanishingiz mumkin. 
    5. Matematikani bajarish uchun Google qidiruvidan foydalanish. 
    Google qidiruvi orqali matematik misollarni ham bajarishingiz mumkin. Siz unga asosiy savollarni 
    yoki bir nechta qiyinroq savollarni berishingiz mumkin. 
    Shuni ta'kidlash kerakki, Google barcha matematik masalalarni bajara olmaydi, ammo ularning 
    ko'pchiligini bajara oladi. 
    Sintaksisga ikkita misol: 
    16*16 
    sin(45) 
    Agar birinchisini qidirsangiz, u 256 natijasini qaytaradi. Ikkinchisida esa 45 gradusning sinusini 
    qaytaradi. 


    INFORMATIKA fani 
    6. Bir vaqtning o'zida bir nechta so'zlarni qidirib topish. 
    Ushbu usul yordamida siz bitta so'z yoki iborani ikkinchi so'z yoki ibora bilan izlashingiz mumkin. 
    Bu aniq qidirayotgan narsangizni topishda yordam berish uchun qidiruvni qisqartirishga yordam 
    beradi. Mana sintaksis: 
    chocolate OR white chocolate 
    Bunda shokolad yoki oq shokolad so'zlari bo'lgan sahifalarni qidiradi. 
    7. Yulduzcha belgisidan foydalanish
    Google qidiruvida qidiruv so'zida yulduzcha ishlatganda, u keyinchalik qidiruv tizimi tomonidan 
    avtomatik ravishda to'ldirilishi mumkin bo'lgan joy qoldiradi. 
    Agar siz qo'shiqning barcha so'zlarini bilmasangiz, bu qo'shiqni topishning ajoyib usuli. 
    Sintaksisni ko'rib chiqamiz: 
    Shodon * gul * sen, * kunim yupatgan sen 
    Yulduzcha o'rnida har qanday so'z bo'lishi mumkin. Qidiruv orqali ular Sevara Nazarxonning 
    "Ulug'imsan Vatanim" qo'shig'ining so'zlari ekanligini topasiz. 


    INFORMATIKA fani 
    8. 
    So'rovimizning har bir qismini alohida qidirmasligi uchun qo’sh tirnoqlardan 
    foydalanish. 
    Misol uchun, siz qidirayotgan maqola, qo'shiq yoki filmning nomini qo’shtirnoq ichiga olasiz. 
    Qidiruv tizmi iboraning belgilangan so'z tartibiga to'liq mos keladigan ma’lumotlar mavjud saytlar 
    ro’yxati chiqaradi. Masalan, "Alisher Navoiy" matni yozish orqali faqat shu matn qatnashqan 
    saytlar ro’yxatini olamiz: 
    9. 
    Fayl turi bo'yicha qidirish. 
     Ma'lum bir formatda ma'lumot olishni istasangiz, masalan, *.png formatidagi fotosurat, *.fb2, 
    *.pdf yoki *.doc formatidagi kitob, *.mp4 formatidagi video va hokazolarni qidirish uchun 
    quydagi usuldan foydaliniladi: 
    Fayli_matni_nomi filetype:fayl_formati


    INFORMATIKA fani 
    10. 
    Barcha variantlar bilan qidirish. Agar sizga bir xil kontekstda eslatib o'tilgan bir nechta 
    ob'ektlar haqida ma'lumot kerak bo'lsa, uning uchun quydagi usuldan foydaliniladi: 

    Download 1.33 Mb.




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internet tarmog‘ida ishlash. Internetda axborot izlash va ma’lumotlarni yuklash usullari. At-kompetensiyaning shakllanishida elektron pochtadan foydalanish. Google qidiruv tizimidan samarali foydalanish va kerakli qidiruv natijalarini tezda olish

    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish