• KO‘NIKMA VOSITALAR
  • TAYANCH TUSHUNCHALAR 17-dars. INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI
  • Internetda ishlash asoslari va elektron pochta




    Download 4.28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/30
    Sana22.01.2023
    Hajmi4.28 Mb.
    #38923
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    Internetda ishlash asoslari va elektron pochta



    III BOB. 
    INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
    76
    III BOB. 
    INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA 
    ELEKTRON POCHTA 
    O‘QUV MAQSADI
    Bu bobda Siz:
    Internetning asosiy tushunchalari;
    brauzer dasturlari va qidiruv 
    tizimlarining farqlari;
    Internetda ma’lumotlarni izlash 
    usullari;
    axborotlarning ishonchliligini 
    aniqlash;
    axborotlarni izlash madaniyati;
    mualliflik huquqlari masalalari va 
    mualliflik huquqi litsenziyalari;
    fishing, bulling, firibgarlik kabi 
    internet xavf-xatarlari;
    Internetga tobelik va uni bartaraf 
    etish yo‘llari;
    elektron pochta va uning 
    imkoniyatlarini bilib olasiz.
    KO‘NIKMA
    VOSITALAR
    Google Chrome
    Internet Explorer
    Bob yordamida Siz:
    brauzer dasturlari orqali axborotlarni qidirish;
    qidiruv tizimlari bilan ishlash va ularda axborot 
    qidirish;
    Internetdagi ma’lumotlarni saqlab olish;
    grafik, audio va videoma’lumotlarni izlash va yuklab 
    olish;
    elekron pochta qutisini yaratish;
    elektron pochta orqali xabar almashish;
    Internet xavf-xatarlaridan saqlanishni bilib olasiz.


    77
    TAYANCH TUSHUNCHALAR
    17-dars. INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI
    Insonlarning kompyuterlararo ma’lumot almashish ehtiyoji Internetning yaratilishiga sabab 
    bo‘ldi. Internet turli yangiliklarni о‘qish, ma’lumotlarni olish, manbalardan foydalanish, elektron 
    kutubxonalar va dunyodagi eng yirik muzeylar kataloglarini kо‘rib chiqish, internet-dо‘konlardan 
    mahsulot xarid qilish, onlayn konferensiyalar о‘tkazish, radio va telekanallarni onlayn kо‘rish, 
    shuningdek, ularning yozib olingan arxiv yozuvlari bilan tanishish imkonini berdi.
    Asosiy tushunchalar
    Ikki yoki undan ortiq kompyuterning simli yoki 
    simsiz bog‘lanishi kompyuter tarmog‘i deb 
    ataladi. Eng katta kompyuter tarmog‘i bu – 
    Internetdir. 
    1983-yil 1-yanvardan boshlab ARPANET 
    (axborot uzatishni tadqiq qiluvchi agentlik) 
    о‘zining zamonaviylashtirilgan, barcha 
    tarmoqlar bilan aloqa o‘rnata oluvchi va Internet 
    deb nomlanuvchi tarmoq apparat hamda 
    dasturiy ta’minotini ishga tushirdi.
    Internet – dunyoning bir nuqtasidan 
    ikkinchisiga ma’lumotlarni uzatish imkonini 
    beruvchi, yagona standart asosida faoliyat 
    yurituvchi butun jahon kompyuter tarmoqlari 
    majmui. 
    Internetdan kompyuter, mobil qurilma, televizor, 
    avtomobil, о‘yin konsoli, musiqa markazlari 
    va boshqa qurilmalar orqali foydalanish 
    mumkin. Internet ma’lumot almashish imkonini 
    beruvchi axborot makoni bо‘lib, u dunyo bо‘ylab 
    millionlab kompyuterlarni birlashtiradi. 
    ARPANET (Advanced Research Projects 
    Agency Network) – 1969-yilda yaratilgan, 
    ma’lum bir masofada joylashgan to‘rtta 
    kompyuterni ulash imkonini beruvchi birinchi 
    kompyuter tarmog‘i.
    Internet (Interconnected Networks) – 
    “birlashgan tarmoqlar” so‘z birikmasining 
    qisqartmasi.
    Provayder (ingl. yetkazib beruvchi) – 
    Internetga ulanish va u bilan bog‘liq boshqa 
    xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot.
    WWW (World Wide Web – butun jahon 
    o‘rgimchak to‘ri) – Internet orqali foydalanish 
    mumkin bo‘lgan veb-sahifalar majmui.
    Modem – telefon tarmog‘i, kabelli 
    televideniye va radioaloqani о‘z ichiga olgan 
    aloqa kanallari orqali signallarni uzatish va 
    qabul qilish uchun kompyuterga ulangan 
    qurilma.
    Butunjahon Internet tarmog‘iga ulanish uchun 
    provayder deb nomlangan kompaniyalardan 
    foydalaniladi. Shuningdek, bunday kompaniyalar 
    Internetga uyali telefonlar orqali ulanish 
    imkonini ham beradi. Buning uchun aloqa kanali 
    va modem kerak bо‘ladi. 

    Download 4.28 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 4.28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internetda ishlash asoslari va elektron pochta

    Download 4.28 Mb.
    Pdf ko'rish