• 4. Abonent qurilmalarini almashtirish tartibi
  •  Abonent qurilmasini taqdim etish tartibi




    Download 465.67 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana02.08.2023
    Hajmi465.67 Kb.
    #77878
    1   2   3   4
    Bog'liq
    “Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling” aksiyasini o‘tkazish
    2-chi labaratoriya ishi Elektronika, Labaratoriya ishi, 14-tema, Kompyuter savodxonligi – Test Familiya Ism Eslatma !, Nazarov abbosning Umumiy psixologiya fanidan kurs ishi mavzu, SABUROVA MAXSUDA AXMEDOVNA QAYD VARAQA
    3. Abonent qurilmasini taqdim etish tartibi 
    3.1. Mazkur Aksiya shartlarining 1.3, 2.1 va 2.4 bandlari bajarilganda, Abonentga 
    telekommunikatsiya xizmatlari davrida foydalanish uchun abonent qurilmasi taqdim etiladi. 
    3.2. Abonent qurilmasi Abonentga Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi davrida 
    abonent qurilmasi berilishi to‘g‘risidagi shartnoma (keyingi o‘rinlarda – Shartnoma) asosida 
    bepul taqdim etiladi. Abonent ushbu shartnomani imzolab, Aksiya shartlari bilan roziligini 
    bildiradi. 
    3.3. Ushbu Aksiya doirasida abonent qurilmalari telekommunikatsiya xizmatlariga yangi 
    ulanganda yoki ulanish texnologiyasi o‘zgartirilganda (texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda) 
    taqdim etiladi. 
    3.4. Ushbu shartlarning 2.2-bandi talablari bajarilgandan so‘ng, abonent qurilmasi 
    Abonentning mulkiga aylanadi. Kompaniyaning billing tizimi tomonidan 2.2-bandga ko‘ra pul 
    mablag‘larini maʼlum miqdordagi hisob-kitob davrlari uchun abonent to‘lovi uchun hisobdan 
    yechilishi, Abonentga qurilmaga egalik qilish/egalik qilish huquqi o‘tkazilganligi fakti 
    hisoblanadi. 
    4. Abonent qurilmalarini almashtirish tartibi 
    4.1. Abonent qurilmasi nuqson bilan ishlab chiqarilganligi aniqlanganda, tashqi taʼsir 
    ko‘rsatilganligi izlari mavjud bo‘lmaganda (zavod plombasining butunligi buzilganligi, 
    korpusiga zarar yetkazilganligi, ichiga suyuqlik, hasharotlar tushganligi va h.) Abonent 
    Shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab, olti oy davomida ushbu abonent qurilmasini 
    almashtirish huquqiga ega. Bunday hollarda Abonent birinchi navbatda 1084 qisqa raqamiga 
    qo‘ng‘iroq qilib, abonent qurilmasi nosoz holda ekanligini tasdiqlovchi tegishli dalolatnomani 
    tuzish uchun Kompaniyaning texnik mutaxassisini chaqirishi kerak. Ishdan chiqqan Abonent 
    qurilmasining almashtirilishi Kompaniya omborxonasida shunga o‘xshash konfiguratsiyaga ega 
    qurilma mavjud bo‘lganda, sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga uning nosoz holda ekanligini 
    tasdiqlovchi dalolatnoma asosida to‘liq jamlangan holda qaytarilganda amalga oshiriladi. 
    4.2. Abonentga bog‘liq bo‘lmagan tashqi yoki boshqa omillar taʼsirida qurilma 
    shikastlanganligi faktlari aniqlanganda, Abonent qurilmasini 4.1-bandda ko‘rsatilgan muddat 


    davomida almashtirishga ruxsat beriladi. Zarurat tug‘ilganda, sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisi 
    xodimi tomonidan ushbu shartlarning 7.5-bandi talablari buzilganligi holatlarini istisno qilish 
    uchun texnik ekspertiza xulosasi talab qilinishi mumkin. Texnik ekspertiza ushbu faoliyatni 
    amalga oshirish uchun tegishli huquqlarga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan 
    amalga oshiriladi, texnik ekspertiza o‘tkazilishi bilan bog‘liq xarajatlar Abonent tomonidan 
    qoplanadi. Qolgan barcha hollarda qurilma almashtirilmaydi, bunda Abonentning barcha 
    majburiyatlari o‘zgarishsiz qoladi. 
    4.3. Abonent tomonidan avval sotib olingan va GPON texnologiyasi bo‘yicha 
    telekommunikatsiya xizmatlariga ulangan abonentning o‘z qurilmasi ishdan chiqqanda, abonent 
    qurilmasi ushbu Aksiya doirasida taqdim etilishi mumkin. 

    Download 465.67 Kb.
    1   2   3   4




    Download 465.67 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Abonent qurilmasini taqdim etish tartibi

    Download 465.67 Kb.
    Pdf ko'rish