7. Aksiyaning boshqa shartlari
7.1. Ushbu Aksiya doirasida taqdim etiladigan abonent qurilmalarining
soni cheklangan
bo‘lib, qurilmalar omborxonada mavjud bo‘lganda taqdim etiladi. Abonentlarga avval
ishlatilgan, texnik talablarga javob beradigan va telekommunikatsiya
xizmatlaridan
foydalanishga yaroqli bo‘lgan abonent qurilmasi taqdim etilishi mumkin. Kompaniya qurilmalar
taqdim etilishini to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
7.2. Abonent qurilmasini keyinchalik qayta sotish kabi tijorat maqsadlarida Aksiyada
ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7.3. Kompaniyaning shu kabi Aksiyalarida avval ishtirok
etgan va Aksiyaning barcha
shartlarini bajarmagan abonentlarning,
shuningdek, abonent qurilmalari bilan taʼminlangan,
ushbu abonentlar bilan bitta manzilda istiqomat qiluvchi shaxslarning,
Aksiya doirasida avval
berilgan abonent qurilmasining narxi to‘liq qoplanmaguncha, mazkur Aksiyada ishtirok etishiga
yo‘l qo‘yilmaydi.
7.4. Aksiya doirasida bir manzilda xizmatlarni ulash uchun faqat bitta abonent qurilmasi
taqdim etiladi, agar ikkinchi nuqtani ulash zarur bo‘lsa, abonent qurilmasi
pullik asosda taqdim
etiladi.
7.5. Abonent taqdim etilgan abonent qurilmasini yaxshi holatda saqlash,
qurilmadan
foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada keltirilgan tavsiyalar asosida foydalanish majburiyatini o‘z
zimmasiga oladi. Abonent qurilmasidan namlik yuqori bo‘lgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari
tushadigan, ventilyatsiya teshiklari to‘sib qo‘yilgan xonalarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7.6. Aksiyada ishtirok etish orqali Abonent Aksiya shartlari bilan roziligini, shuningdek,
kelgusida Kompaniyaning rasmiy veb-saytida Aksiya shartlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar
bilan keyinchalik mustaqil ravishda tanishib chiqishga roziligini bildiradi.
7.7. Kompaniya Aksiya shartlariga bir tomonlama o‘zgartirishlar
kiritish huquqiga ega
va bunday holda kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida tegishli maʼlumotlar oldindan rasmiy
veb-saytga joylashtiriladi.
7.8. Kompaniya Aksiya doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
moliyaviy
risklarini/zararlarini sug‘urtalash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish huquqiga ega.