Hududiy investitsion siyosat va uni takomillashtirish yo‘llari
Investitsiya siyosati samaradorligi va uning hududni barqaror rivojlanishiga ta’siri ko‘p jihatdan investitsiya siyosati maqsadlari, uni amalga oshirishning mavjud holatiga va hudud iqtisodiyotining milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida rivojlanish istiqbollariga mos keluvchi usullarining to‘g‘ri qo‘yilishi bilan belgilanadi. Iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishda investitsiya siyosatining o‘ziga xosligi shundaki, uning maqsadi ishlab chiqarish sohasini investitsion ta’minlash va uning asosida hududni izchillik bilan rivojlantirish hisoblanadi.
Ushbu holat hududni nafaqat ma’lum bir hududiy tuzilma sifatida, balki ishlab chiqarish omillariga, uni tashkil qilish va amalga oshirish shartlariga ega bo‘lgan ishlab chiqarish birligi sifatida ko‘rib chiqishga undaydi. Hududni korporativ tuzilma sifatida quyidagi holatlar bilan keltirish mumkin:
birinchidan, hudud mehnat taqsimoti va kooperatsiya tamoyillariga asoslangan umumiy ishlab chiqarish tizimida foydalaniladigan ishlab chiqarish omillari yig‘indisiga ega;
ikkinchidan, samarali investitsiyalar uchun imkoniyatlar va rag‘batlar, hududda ishlab chiqarishni kengaytirish va ish o‘rinlari yaratish ma’lum bir investitsion imkoniyatlar mavjudligi bilan bog‘liq ravishda tasavvur qilinadigan ishlab chiqarish faoliyati omillari hisoblanadigan raqobat cheklovlari, risklar va xarajatlar darajasi bilan asoslanadi.
Hududni korporativ tuzilma nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish hududda investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun quyidagicha ishlab chiqarish shartlarini hisobga olishga imkon beradi:
hududda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish xarajatlari;
Biroq, ushbu omillarni tartibga solish, hudud iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb qilish maqsadida, ularni takomillashtirish uchun investitsiya siyosatini shakllantirish lozim. Hududiy darajada investitsiya jarayonining asosiy qatnashchilari bo‘lib ishlab chiqarish kompleksiga mablag‘lar investitsiya qiladigan kompaniyalar, shuning- dek, investitsiyalar qabul qiluvchi hudud ishtirok etadi. Shu sababli, investitsiya faoliyatining maqsadlar tizimini shakllantirishda asosiy vazifa bu ikki tomon manfaatlarini muvofiqlashtirish hisoblanadi.
Zamonaviy investitsiya siyosatida maqsadli ko‘rsatmalar mavjudligi investitsiya strategiyasi va uni amalga oshirishning hududiy mexanizmlari ishlab chiqishga kirishish imkonini beradi. Ushbu muammoning yechimi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichda investitsiya siyosati uchun maqbul keladigan hududni tanlash lozim. Ikkinchi bosqichda – hududiy investitsiya siyosati maqsadlariga erishish mexanizmlari ishlab chiqiladi.
Hududlar iqtisodiyotining hozirgi holatiga javob beradigan samarali hududiy investitsiya siyosati quyidagicha bo‘lishi lozim:
faol, ya’ni hududga nisbatan tashqi manbalardan investitsiyalar jalb qilishga yo‘naltirilgan;
hududning raqobatli ustunliklariga javob beradigan hudud tarmoqlari klasterini rivojlantirishni ko‘zda tutadigan yondashuv asosida shakllantirilgan;
hudud iqtisodiy siyosatining mustaqil strukturali elementi.
Hozirgi sharoitlarda hududning ilg‘or investitsiya siyosati uning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydigan omil hisoblanadi. Uning mohiyati raqobatli muhit sharoitlarida hududga ishlab chiqarish investitsiyalari maksimal oqimini ta’minlashdan iborat bo‘lgan to‘g‘ri tashkil qilingan investitsiya strategiyasi bunday siyosatning asosiga aylanishi lozim.
Zamonaviy investitsiya siyosati strategiyasi hududda investorlarga ularning manfaatlarini amalga oshirishni ta’minlaydigan sharoitlar yaratishni ko‘zda tutadi. Bundan kelib chiqib, xulosa chiqarish mumkinki, investitsiya strategiyasi ikkita funksional yo‘nalishga ega.
Birinchi yo‘nalish kapital bozori taklifini o‘rganishni, hududda qandaydir loyihalarga investitsiya kiritishni amalga oshirishga qodir va tayyor bo‘lgan potensial investorlar guruhini aniqlash, shuningdek, hududda faoliyat yuritish shartlari va afzalliklari haqida ma’lumotlarni yetkazish, boshqacha qilib aytganda, hududda investitsiyalarga rag‘batlash ko‘zda tutiladi. Ikkinchi yo‘nalish raqobatchi hududlar bilan taqqoslaganda hududda investorlar faoliyati ustunliklarini maksimallashtirish va risklarni minimallashtirishni ko‘zda tutadi. Ushbu yo‘nalish doirasida hududning investitsion salohiyati baholanadi, hududda investorlar faoliyatiga salbiy omillar ta’sirini cheklash va ijobiy omillarni maksimallashtirish amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, hududda investorlar faoliyat yuritishi uchun sharoitlar yoki investitsiya muhiti shakllantiriladi.
Iqtisodiy o‘sish investitsion strategiyasini shakllantirish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda ichki va tashqi sharoitlar baholanadi, buning uchun SWOT-tahlil amalga oshirilib, uning asosida hudud investitsion salohiyatining kuchli va kuchsiz tomonlari tahlil qilinadi.
Kuchli va kuchsiz tomonlarni miqdoriy baholash, ustuvorliklarni belgilash va shu asosda resurslarni taqsimlashga imkon beradi. SWOT- tahlil asosida aniqlangan kuchsiz tomonlar va tahdidlarni bartaraf qilish va asosiy muvaffaqiyat omillarini amalga oshirish yo‘nalishida harakat qilish, agarda u ustuvorliklarni ajratishga asoslanadigan bo‘lsa, ijobiy hisoblanadi va bu iqtisodiy o‘sish investitsiya siyosati strategiyasini shakllantirishning ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Bunday ustuvorliklar sifatida investitsion resurslar kiritiladigan muayyan sohalar ishtirok etadi.
Muayyan investitsiya loyihalarini aniqlashning eng keng tarqalgan usuli iqtisodiyotning «o‘sish nuqtalari»ni aniqlash usul bo‘lib, bunda investitsiya resurslarini taqsimlash jarayonida birlamchi ahamiyat kasb etadigan xo‘jalik birliklari tushuniladi.
Biroq, ushbu usul doirasida investitsiya strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishda asosiy omil sifatida namoyon bo‘ladigan tizimli yondashuvga ahamiyat berilmaydi. Ushbu kamchilik hududning rivojlanishi ustuvor sohalarini aniqlashning tarmoq yondashuvida bartaraf qilinadi.
Tarmoq tamoyili bo‘yicha zamonaviy investitsiya siyosatini shakllantirishning nazariy asosi u yoki bu darajada kapital jamg‘arish, taqsimlash va foydalanish jarayonlarini tavsiflaydigan ko‘p sonli nazariyalar bo‘lishi mumkin. Biroq, M.Porterning milliy iqtisodiyotlar raqobatli ustunliklar nazariyasi investorlar harakatini tushunish va hudud hukumatlari investitsiyalar jalb qilish uchun qabul qiladigan qarorlarni asoslab berishga boshqa barcha nazariyalardan ko‘ra kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi.
Investorlarning tarmoqni afzal ko‘rishlarini aniqlash uchun ularning raqobatbardoshligini belgilab beradigan har bir shartlar holatini belgilab, hudud tarmoqlarining raqobatli ustunliklarini tahlil qilish zarur. Buning uchun uning mahsulotiga talab va tarmoqning rivojlanish omili ko‘rsatkichlari, shuningdek, turdosh va qo‘llab- quvvatlaydigan tarmoqlarning mavjudligi va rivojlanish holati sifat va son jihatidan baholanadigan model ishlab chiqilgan.
Tarmoq tahlili asosida hududiy rivojlanishning ustuvor sohasi aniqlanadi. Ushbu yondashuvdan foydalanishda ijobiy jihat shundaki, amalga oshirilayotgan tahlil doirasida hududda asosiy tarmoq mahsulotining raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida investitsi- yalar bilan qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq (turdosh va bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan) tarmoqlar klasteri shakllantiriladi.
Investitsion siyosat strategiyasini shakllantirishning uchinchi bosqichida har bir tarmoq uchun hududning raqobatbardosh tarmoq klasterini tashkil qiladigan lokal investitsiya strategiyalari ishlab chiqiladi. Bu maqsadlar uchun ADL matritsasi qurishga asoslangan investitsiya portfellarini tahlil qilish modelidan foydalanish mumkin. Tarmoqlarning raqobat pozitsiyalaridan kelib chiqib, investitsiya strategiyasi ishlab chiqish maqsadida ADL-matritsa yaratish tarmoq- larni lokal investitsiyalash strategiyalari bo‘yicha taqsimlashga imkon beradi:
faol investitsiyalash tarmoqlari (ko‘p jihatdan xususiy investitsiyalar bilan ta’minlanadi, davlat investitsion kreditlar taqdim etishi, korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etishi, ijtimoiy ahamiyatga molik tarmoqlarga subsidiyalar taqdim etishi mumkin);
ikkilamchi investitsiyalash tarmoqlari (xususiy investitsiyalar bilan bir qatorda bilvosita xarakterga ega bo‘lgan davlat yordami olinishi mumkin);
eskirayotgan va raqobatbardosh bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (faqat ichki manbalar hisobiga rivojlanadi, lekin davlat ijtimoiy ahamiyatga molik tarmoqlarga investitsiya kiritadi);
zarar ko‘rib ishlaydigan tarmoqlar (investitsiyalar maqsadga muvofiq emas, davlat faqat ijtimoiy ahamiyatga molik mahsulotlar ishlab chiqarishga dotatsiya beradi).
Ushbu lokal strategiyalarni birlashtirish iqtisodiy o‘sish investitsiya siyosati umumiy hudud strategiyasi ko‘rsatkichlarini aniqlashga imkon beradi. Bu zamonaviy investitsiya siyosatini amalga oshirish mexanizmini shakllantirish uchun asos hisoblanadi.
Bunday sharoitlarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va uni tarkibiy qayta qurish, sanoatning qayta ishlash sohasi raqobatbardoshligini oshirish, «yangi iqtisodiyot» sektorlarini jadal investitsion rivojlantirish, eng avvalo, innovatsion axborot tarmoqlarini yuzaga kelishi, milliy iqtisodiyotning yangi texnologik qiyofasini shakllantirishga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvorliklari hisoblanadi. Investitsiya siyosati mazmunini aniqlashtirishda investitsiyalar sohasida davlat faolligining uchta asosiy yo‘nalishini ifodalaydi:
qulay investitsiya muhiti yaratish;
davlat tomonidan investitsiyalar;
xususiy investitsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
|