|
Investitsiyalar hisobi to’g’risida umumiy tusuncha. Iqtisodiyotda investitsiyalardan
|
bet | 1/2 | Sana | 16.06.2024 | Hajmi | 37,59 Kb. | | #264090 |
Bog'liq 16-mavzu. Investitsiyalar hisobi.
16-Mavzu. Investitsiyalar hisobi.
REJA
Investitsiyalar hisobi to’g’risida umumiy tusuncha.
Iqtisodiyotda investitsiyalardan samarali foydalanish.
Investitsiya mulk haqida tushincha.
Respublikamiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishi va jahon andozalari asosidagi iqtisodiy, moliyaviy faoliyati har tomonlama xoʼjalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritilishini talab qilmoqda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga oʻz moliyaviy resurslaridan foydalanishda mustaqillik berilishi, respublikamiz va chet el investorlarining investitsiyalarini jalb qilish uchun huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilganligi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy aloqalari uygʻunlashuvi, yangicha moliya vositalari va omillarining vujudga kelishi uzoq muddatli investitsiyalashning ilgari amalda boʻlgan tashkiliy mexanizmini tubdan isloh qilmoqda.
Bugungi kunda muvaffaqiyatli biznes uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Aslida, har qanday biznesni baʼzi mablagʻlarni investitsiya qilish jarayoni va investitsiya qandaydir daromad keltirishini kutish deb hisoblash mumkin.
Kompaniya uchun biznes yuritishning juda keng tarqalgan shakli bu boshqa kompaniyalar faoliyatiga sarmoya kiritishdan iqtisodiy foyda olishdir: aksiyalarni, boshqa kompaniyalarning ustav kapitalidagi ulushlarni sotib olish, kapitalda ishtirok yetmasdan qoʻshma korxonalarni tashkil yetish, boshqa kompaniyalar foydalanishi uchun aktivlarni taqdim yetish va boshqalar. Bunday operatsiyalar maʼlum moliyaviy natijalarga erishish istiqbollari bilan birgalikda korporativ munosabatlarni oʻrnatishga imkon beradi. Kompaniya koʻchmas mulkka boʻsh pul mablagʻlarini kiritganda, bunday investitsiyalar aktivning oʻziga xos turi — investitsiya koʻchmas mulki sifatida tasniflanadi.
Investitsion mulk-bu tashkilotning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish yoki oddiy biznes jarayonida sotish uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulkka investitsiya. Bu yer uchastkalari oʻz ichiga oladi, binolar yoki moliyaviy ijara ostida egasi yoki lizing oluvchining ixtiyorida boʻlgan binolar qismlari (lizing) shartnoma, ijara toʻlovlarini olish uchun ishlatiladi, mulk qiymati daromad, lekin ishlab chiqarish va tovarlar sotish bilan shugʻullanuvchi emas, ishlar, xizmatlar, maʼmuriy uchun ishlatiladigan yemas maqsadlari, bu tashkilotning normal operatsiyalarini sotish uchun moʻljallanmagan [10], [13].
Investitsion mulkni hisobga olish muammolarini standartlardagi farqlar, tasniflash, baholash va maʼlumotlarni oshkor qilish jihatlari bilan taqqoslash orqali koʻrib chiqish maqsadga muvofiqdir. Qayta tasniflash bilan bogʻliq masalalar tasniflash bilan chambarchas bogʻliq va koʻrib chiqiladi, investitsiya mulkini tasarruf etishni hisobga olish tamoyillari asosiy vositalarga nisbatan qoʻllaniladigan prinsiplardan sezilarli darajada farq qilmaydi [11], [12]. Ammo bugungi kun milliy buxgalteriya hisobi standartlarini, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bilan umuman investitsiya mulkini hisobga olish nuqtai nazaridan uygʻunlashtirish jarayoniga xos boʻlgan muammolarni koʻrib chiqishni talab etmoqda.
Mana shu holat Oʻzbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarni baholash bozor munosabatlari talablari va mezonlari darajasida tashkil qilishni va takomillashtirishni uslubiy jihatdan asoslab berishni, korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan uzoq muddatli va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning hozirgi davr shart- sharoitlariga mos keladigan qoidalarini ishlab chiqish zaruratini talab etilmoqda.
Agar siz investitsion mulkni haqidagi adabiyotlarga murojaat qilsangiz, ushbu konsepsiyani aniqlashga juda koʻp yondashuvlarni topishingiz mumkin. Taʼrifning har bir muallifi, u yoki bu tarzda, investitsion mulk nima ekanligini tushuntirishga harakat qiladi. Lekin bizningcha birinchi navbatda biz investitsiyalarning oʻzi xos jihatlarini bilishimiz kerak, zero investitsion mulkning asosan unga kiritilgan investitsiyalardir. Shu nuqta nazar bilan yondashganda boshqa har qanday iqtisodiy kategoriya singari, “Investitsiya” tushunchasi, oʻzining tarixiy rivojlanishiga ega [14]. Koʻplab olimlar oʻz asarlarida “investitsiya” tushunchasini ochib berishga harakat qilgan va oʻzining davri uchun oʻz qarashlarini ifoda etgan. Birinchilardan biri sifatida “investitsiyalar” toifasi merkantilistlarning asarlarida uchratish mumkin [15]. Merkantilizm taʼlimotiga asoslangan asosiy tushunchalar “boylik” va “investitsiyalar” edi . Merkantilistlar tomonidan ilgari surilgan muhim talab ichki bozorda xorijiy investitsiyalar paydo boʻlishining oldini olish edi [16].
Qarama-qarshi fikrni klassik siyosiy iqtisod maktabi tarafdorlari bildirdilar. Ular merkantilistlarning tamoyillarini keskin tanqid qildilar, milliy iqtisodiyotda ham, boshqa davlatlar bilan ham erkin raqobat va erkin savdo tamoyiliga amal qildilar. XIX asrning ikkinchi yarmida klassik siyosiy iqtisodiyotning yakuniy bosqichining yorqin shaxslaridan biri K. Marks edi. U investitsiyalarni “jamgʻarish“ tushunchasi bilan aniqladi va ularni birinchi navbatda foyda olish bilan bogʻladi.
“Investitsiya” atamasining shakllanishiga J. Keyns sezilarli hissa qoʻshdi. Keynsning fikriga koʻra, “investitsiyalar-bu maʼlum bir davrdagi daromadlarning isteʼmol uchun ishlatilmagan qismi, ushbu davrdagi ishlab chiqarish faoliyati natijasida kapital aktivlari qiymatining hozirgi oʻsishi” [4; 147 b].
Mashhur “investitsiyalar” darsligi mualliflari V. F. Sharp, G. D. Aleksandr, D. V. Beyli taʼkidlaganidek, keng maʼnoda “investitsiya” soʻzi: “kelajakda katta miqdorni olish uchun bugun pul bilan xayrlashish”. Shu bilan birga, mualliflar investitsiya jarayoni bilan bogʻliq ikkita omilga eʼtibor berishadi: birinchisi vaqt, ikkinchisi risk [5; 11-12 b].
Zamonaviy adabiyotlar oʻrganilganda quyidagi “Investitsiya” atamasining izohlariga guvoh boʻlishimiz mumkin rus olimlari L. I. Yuzvovich va boshqalar investitsiyalarning koʻp tomonlama xususiyatiga asoslanib, investitsiyalarning ikkita taʼrifi mavjudligini aytib oʻtishgan — iqtisodiy va moliyaviy [6; 60 b].
Iqtisodiy taʼrifga koʻra, investitsiyalar—bu sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasi iqtisodiyotining boshqa tarmoqlariga uzoq muddatli kapital qoʻyilmalar shaklida amalga oshiriladigan xarajatlar majmui. Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning bir qismi umumiy iqtisodiy jarayonni, ekologik vaziyatni, ijtimoiy sohani barqarorlashtirishga yoki iqtisodiy samaradorligi oldindan nomaʼlum boʻlgan texnologiya va texnologiyalarning tubdan yangi yoʻnalishlarini yaratishga qaratilgan. Biroq, kuchli firmalar ham, transmilliy korporatsiyalar ham texnologik yutuq xarajatlarini qoplashlari mumkin. Keng maʼnoda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotining oʻsishi va rivojlanishini moliyalashtirish uchun zarur mexanizmni taʼminlaydi.
Moliyaviy nuqtai nazardan, yaʼni barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning pul iqtisodiyoti rentabelligi nuqtai nazaridan investitsiya-bu kelajakda daromad olish uchun tadbirkorlik faoliyati obyektlariga mablagʻlarni kiritish.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan A.Vaxabov, Sh.Xajibakiyev, N.Muminov, D.Gʻozibekov, D.Tojiboyeva, N Qoʻziyeva, G. Maxmudovalar tomonidan investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilgan va munosabat bildirilgan. Jumladan, A.Vaxabov, Sh.Xajibakiyev, N.Muminovlar tomonidan investitsiyalarning mazmun-mohiyati boʻyicha bayon etilgan taʼrifda: “investitsiyalar — foyda olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik obyektlariga va boshqa faoliyat turlariga qoʻyiladigan pul mablagʻlari, banklarning maqsadli omonatlari, aksiyalar, boshqa qimmatli qogʻozlar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlari, intellektual boyliklar” [7; 7 b] deb taʼriflangan.
Oʻzbekiston respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunida investitsiyalarga quyidagicha tarif berilgan “investitsiyalar — investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga boʻlgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar” [1].
Iqtisodiyotda investitsiyalardan samarali foydalanish ularni moliyalashtirish bilan bevosita bogʻliqdir [8], [17]. Investitsiyalarni moliyalashtirish esa, tabiiyki, investitsiya faoliyati asosida amalga oshiriladi [9].
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev taʼkidlaganidek “Hozirgi kunda Oʻzbekistonning Davlat tashqi qarzi Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi mezonlariga koʻra, xavfsiz hisoblanadi. Ayni vaqtda tashqi qarz hisobidan hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar bundan buyon mahalliy kengashlar va jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi. Ularning natijalari toʻgʻrisida jamoatchilikka hisobot berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi” [3]. Shuningdek, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash” uchinchi yoʻnalishida 26-maqsad sifatida “Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini koʻrish” etib belgilanishini alohida eʼtirof etish zarur [2], [18].
Yuqoridagi iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlariga asoslanib bizning fikrimizcha investitsiyalar-bu iqtisodiyotda aylanishni amalga oshiradigan pul oqimlari. Pul oqimlarining kelib chiqishi asosan milliy iqtisodiyotda yaratilgan investitsiya muhiti, shuningdek investorning davlatga boʻlgan ishonchi bilan belgilanadi.
Qulay investitsiya muhiti investitsiyalarni jalb qilish jarayonida muhim rol oʻynaydi va iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, innovatsion ishlanmalarni joriy etish, korxonalarning asosiy vositalarini takomillashtirish va yangilash, aholi turmush darajasini yaxshilash va davlatning jadal iqtisodiy oʻsishiga yordam beradi.
Korxona uzoq muddatli aktivlari deganda aksariyat xollarda har birimiz koʻz oldimizga asosiy vositalar keladi,lekin uzoq muddatli aktiv bu faqat asosiy vositadan iboratmi? degan savolni oʻzimiz uchun berishimiz tabiiy.
Darhaqiqat, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarida BHXS16-dan tashqari, uzoq muddatli aktivlarni hisobga olish uchun bir nechta boshqa standartlar mavjud va ulardan biri BHXS 40- “Investitsion mulkdir”.
Investitsiya mulki (investment property) — ijara toʻlovlarini olish yoki kapital qiymatini oshirish yoki har ikkala maqsad uchun (mulkdorning yoki foydalanish huquqi shaklidagi aktiv sifatida ijaraga oluvchining) egaligida boʻlgan koʻchmas mulk, biroq:
tovarlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berishda, xizmatlar koʻrsatishda, maʼmuriy maqsadlarda foydalanish uchun emas,
shuningdek odatdagi faoliyat davomida sotish uchun emas. Investitsiya mulkiga oid misollar:
•Odatdagi xoʻjalik faoliyati davomida qisqa muddatli istiqbolda sotish uchun emas, balki uzoq muddatli istiqbolda uning qiymati oshishidan naf olish uchun moʻljallangan yer.
•Hozirgi vaqtda kelgusi maqsadi hali aniqlanmagan yer. Kompaniya yerdan egasi egallab turgan mulk sifatida yoki odatdagi xoʻjalik faoliyati davomida qisqa muddatli istiqbolda sotish uchun foydalanishi borasida qaror qabul qilmagan boʻlsa, yer uning qiymati oshishidan daromad olish uchun moʻljallangan deb hisoblanadi.
•Hisobot beruvchi kompaniya mulkida boʻlgan yoki ijara shartnomasi boʻyicha hisobot beruvchi kompaniya tasarrufida boʻlgan va bir yoki bir nechta operativ ijara shartnomasi asosida ijaraga berilgan bino.
•Hozirda boʻsh turgan, biroq bir yoki bir nechta operatsion ijara shartnomasi asosida ijaraga berishga moʻljallangan bino.
•Kelgusida investitsiya mulki sifatida foydalanilishi kutilayotgan tugallanmagan qurilish obyektlari yoki rekonstruksiya bosqichidagi obyektlar.
Ushbu Standartda “egasi foydalanadigan mulk” (owner-occupied property) tavsifi asosiy vositalar obyektlari uchun qoʻllaniladi.
Bu investitsiya koʻchmas mulkini egasi egallab turgan koʻchmas mulkdan farqlaydi.
Egasi egallab turgan koʻchmas mulk hisobi 16-son MHXS-“Аsosiy vositalar”ga muvofiq yuritiladi.
Boshqa aktivlardan farqi investitsiya koʻchmas mulki asosan kompaniyaning qolgan faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan pul oqimlarini hosil qiladi:
Investitsion mulkdan pul oqimi:
-tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga, sotishga jalb qilinmagan pul oqimlari;
-maʼmuriy maqsadlarda foydalanilmaydigan pul oqimlari;
-odatdagi faoliyat davomida sotilmaydigan pul oqimlari Investitsiya mulkiga kirmaydigan obyektlarga oid misollar:
•Odatdagi xoʻjalik faoliyati davomida sotish uchun moʻljallangan yoki shunday sotish maqsadida barpo etish, takomillashtirish bosqichida boʻlgan koʻchmas mulk yaʼni 2-son IAS “Zaxiralar” bilan tartibga solinadi.
Qurilish tashkilotlarida uchinchi shaxslarning topshirigʻi boʻyicha barpo etish yoki takomillashtirish bosqichida boʻlgan koʻchmas mulk yaʼni 15-son IFRS “Tushum” bilan tartibga solinadi.
Moliyaviy ijara shartnomasi asosida boshqa tashkilotga berilgan koʻchmas mulk obyekti. Bunday aktiv mulkdorning balansidan oʻtkazish paytida hisobdan chiqariladi yaʼni 16-son IFRS “Ijara” bilan tartibga solinadi.
Baʼzan kompaniya bosh kompaniya yoki guruhning boshqa kompaniyasi ijaraga olgan va egallab turgan koʻchmas mulkka egalik qiladi. Bunday koʻchmas mulkni konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotda investitsiya mulki sifatida tasniflab boʻlmaydi, sababi guruh pozitsiyasidan u egasi egallab turgan mulk hisoblanadi. Biroq, ushbu koʻchmas mulkka egalik qiladigan tashkilotning alohida hisobotida u, tavsifga muvofiq kelsa, investitsiya mulki hisoblanadi.
Investitsion mulk obyektlarini haqqoniy qiymat boʻyicha baholash haqida dastlab qabul qilingan qarorni keyin oʻzgartirib boʻlmaydi.
Boshlangʻich qiymat boʻyicha baholanganda haqqoniy qiymat bari bir izohlarda ochib berilishi kerak.
Investitsiya mulki obyektining tannarxi xarid narxi va bitim boʻyicha bevosita xarajatlarni oʻz ichiga olishi kerak (masalan, professional yuridik xizmatlar qiymati, mulk huquqlarini oʻtkazish boʻyicha soliqlar va boshqalar).
Kelgusi xarajatlar aktiv foydalanishga tayyor boʻlgandan soʻng xarajatlarni kapitalizatsiya qilish tugatiladi.
Investitsiya mulki obyektiga xizmat koʻrsatish va uni ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq kelgusi xarajatlar (mehnatga haq toʻlash xarajatlari, sarflash materiallari) ular yuzaga kelishiga qarab davr xarajatlariga hisobdan chiqariladi.
Kelgusi baholash ikki turiga boʻlinadi:
Haqiqiy xarajatlar boʻyicha jamgʻarilgan amortizatsiya va qadrsizlanishni chegirgan holda baholash:
-hisob asosiy vositalarni hisobga olishga oʻxshash:
-amortizatsiya hisoblash;
-qadrsizlanish borasida testdan oʻtkazish.
Haqqoniy qiymat boʻyicha:
-amortizatsiya hisoblanmaydi;
-qadrsizlanish borasida testdan oʻtkazish talab etilmaydi
Boshlangʻich qiymat boʻyicha baholash chogʻida haqqoniy qiymat bari bir izohlarda ochib berilishi kerak.
Investitsiya mulki obyektlarini haqqoniy qiymati boʻyicha baholash haqida dastlab qabul qilingan qarorni keyinchalik oʻzgartirib boʻlmaydi.
Haqqoniy qiymat boʻyicha hisobga olish modeli
Dastlab tan olgandan keyin investitsiya mulkini haqqoniy qiymati boʻyicha hisobga olish modelini tanlagan kompaniya oʻzining barcha investitsiya mulkini haqqoniy qiymati boʻyicha baholashi kerak, haqqoniy qiymatni ishonchli baholab boʻlmaydigan hollar bundan mustasno.
Investitsiya mulkining haqqoniy qiymatidagi oʻzgarish natijasida yuzaga keladigan foyda yoki zararni u yuzaga kelgan davrning foyda/zarariga kiritish kerak.
Investitsiya mulkining haqqoniy qiymatini aniqlash chogʻida kompaniya aktivning realizatsiya qilinishi yoki boshqacha chiqib ketishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xarajatlarni chegirmaydi.
Investitsiya mulkining haqqoniy qiymatini doimiy ravishda ishonchli aniqlab boʻlmasa, bunday hollarda 16-son MHXS (IAS) “Аsosiy vositalar”ga muvofiq asosiy vositalarni hisobga olgan holda deyarli toʻliq oʻxshash boʻlgan boshlangʻich qiymat boʻyicha hisobga olish modeli qoʻllaniladi.
Yagona farqi – ushbu holatda bunday investitsiya mulkining tugatish qiymati nolga teng boʻlishidan kelib chiqish kerak.
MHXSlarning, masalan MHXS 2 “Aksiyaga asoslangan toʻlov” ning aniq talablariga muvofiq ushbu aktivning dastlabki tan olinishidagi qiymatdir.
Haqqoniy qiymat — bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin boʻlgan yoki majburiyatni oʻtkazishda toʻlanishi mumkin boʻlgan narxdir
Avvalo, biz korxona asosiy vositani qachon korxona investitsion mulki toifasiga oʻtkazadi yoki undan chiqaradi? , degan savolga javob olishimiz zarur.
Biz investitsiya mulki toifasiga oʻtkazish yoki aksincha, ushbu toifadan chiqarib tashlash talab qilinadigan vaziyatlarni koʻrib chiqamiz. Oʻtkazish uchun asos bu obyektning maqsadini oʻzgartirish hisoblanadi. Masalan:
Obyektning asosiy vositalardan investitsion koʻchmas mulkiga oʻtkazilishi mulkdor koʻchmas mulkni egallab turgan davr oxirida amalga oshiriladi va aksincha;
Obyektni zaxiradan chiqarish boshqa shaxs bilan operatsion ijara shartnomasini tuzishda amalga oshiriladi. Bu yerda, agarda korxonaning faoliyati
mulkni sotish bilan bogʻlik boʻlsa, ushbu kompaniya tomonidan sotish uchun yaratilgan yoki sotib olingan koʻchmas mulk deb tavsiflanadi. Korxona uni ijaraga bera boshlagandan soʻng, obyekt investitsiya mulkiga oʻtkaziladi;
Obyektni zaxiraga oʻtkazish obyektni sotish maqsadida rekonstruksiya qilish boshlanishida amalga oshiriladi. Аgar korxona obyektni rekonstruksiyasiz chiqarib tashlashga qaror qilsa, u tan olinmaguncha uni investitsiya mulki sifatida hisobga olishni davom ettiradi.
Xulosa qilib aytganda, milliy buxgalteriya hisob tizimida uzoq muddatli aktivlar yigʻindisidan korxonalarning investitsiya mulkini tashkil etuvchi aktivlarni ajratib koʻrsatish maqsadga muvofiqdir deb hisoblaymiz. Chunki, investitsiya mulki sifatida aktivlarni tasniflashning asosiy mezoni uni sotib olishning maqsadi hisoblanadi. Investitsiya mulki mulkdor yoki lizing oluvchining ixtiyorida boʻlishi mumkin (moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha).
Bunga mol-mulk ijarasi shartnomasi boʻyicha mulk egasi yoki ijarachisi ixtiyorida boʻlgan, ijara toʻlovlarini olish uchun ishlatiladigan, mulk qiymatini oshirishdan olingan, ammo tovarlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarish va sotishda qatnashmaydigan yer uchastkalari, binolar yoki binolarning qismlari kiradi. Bizga maʼlumki Respublikamiz xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida tovarlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarish va sotishda qatnashmaydigan yer uchastkalari, binolar yoki binolarning qismlari mavjud. Korxonalar faoliyatida investitsion mulk hisobini toʻgʻri tashkil etish, ishlatilmayotgan aktivlardan samarali foydalanish va undan qoʻshimcha daromad topishga olib keladi.
|
| |