Ipv4 va ipv6 protokollari va ularning paket strukturalari




Download 425.46 Kb.
bet1/3
Sana27.11.2023
Hajmi425.46 Kb.
#106776
  1   2   3
Bog'liq
Ipv4 va ipv6 protokollari va ularning paket strukturalari
2, Maxsus fanlarni o\'qitish Mustaqil ish, 1698736150, 1699641728, 1700482976, 01, 1701888034

15-Mavzu: IPv4 va IPv6 protokollari. IPv4 va IPv6 protokollari va ularning paket strukturalari. IPv4 va IPv6 protokollarining imkoniyatlarini taqqoshlash va tahlil qilish.
Reja

  1. IPv4 va IPv6 protokollari va ularning paket strukturalari.

  2. IPv4 va IPv6 protokollarining imkoniyatlarini taqqoshlash va tahlil qilish.

O‘tgan asr 80-yillarining birinchi yarmida va keyinchalik TCP/IP nomini olgan axborot uzatish modeli protokoli yaratilgan. TCP/IP stek protokoli to‘rt pog‘onali tuzilishga ega bo‘lib, har bir pog‘onada o‘zining protokollari mavjud. Bu protokol orqali adreslashdan nafaqat internet tarmog‘i elementlarini adreslashni amalga oshirish mumkin, balki lokal tarmoqda ham foydalanuvchilarga noyob adreslar berish mumkin. Adreslash orqali tarmoq foydalanuvchilari bir-biridan farqlanadi va paketlar aniq belgilangan foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi.


Oldin shaxsiy kompyuterlar soni kam bo‘lgan va ularni adreslashda muammo bo‘lmagan, ammo shaxsiy kompyuterlarning va boshqa tarmoq qurilmalari sonining keskin ortishi adreslashda muammolarni vujudga keltirdi. IP protokollarining to‘rtinchi IPv4 va oltinchi IPv6 versiyalari mavjud bo‘lib, ular turli xususiyatlarga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Barcha tarmoqning asosiy tuzilishi IPv4 ga asoslangan, ammo ushbu protokol taqdim etayotgan adreslar soni hozirgi ehtiyojlarni qondira olmaydi. Internet tarmog‘i shu darajada rivojlanmoqdaki, u taqdim etayotgan xizmat turlari ham ko‘payib bormoqda. Internet buyumlari, ya’ni masofadan boshqaruv tizimlari, «aqlli uy» kabi zamonaviy imkoniyatlarni ta’minlash uchun IPv6 ni qo‘llashdan boshqa iloj qolmadi. «Xalqaro simsiz tadqiqotlar» forumi a’zolarining baholashicha 2017–2020 yillarda internet buyumlarining soni 7 trln.ni tashkil etadi va bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha miqdorda Internet buyumlarining soni 3000–5000 tani tashkil qilar ekan [1]. Hozirda IPv4 adreslari yakunlangani uchun IPv6 protokolini tarmoqda qo‘llash ustida global miqyosda ish boshlangan.
Internetda ko‘plab turli xil paketlardan foydalaniladi, lekin asosiylaridan biri bu — IP-paketdir (RFC-791). IP-protokol ishonchli bo‘lmagan transport muhitini taklif etadi. Mazkur protokolning ma’lumotlarni uzatish algoritmi juda ham oddiy: xato hollarda deytagramma tashlab yuboriladi, jo‘natuvchiga esa tegishli ICMP-xabar yuboriladi (yoki hech narsa yuborilmaydi). IP-protokolida tarmoqlararo xizmatlarni ta’minlash uchun to‘rtta asosiy mexanizm qo‘llaniladi: xizmat ko‘rsatish turi, paket yashash vaqti, sarlavhaning nazorat yig‘indisi, qo‘shimcha imkoniyat(opsiya)lar [2]. Xizmat ko‘rsatish turi tarmoqlararo deytagrammaning tarmoqlararo tizim orqali uzatilishida talab etiladigan sifatni ko‘rsatishi uchun foydalaniladi.
Paketning yashash vaqti tarmoqdagi deytagramma mavjud bo‘lish vaqtining yuqori chegarasini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich jo‘natuvchi tomonidan beriladi va tarmoqlararo deytagrammaning marshrut nuqtalari bo‘ylab harakatlanishiga ko‘ra kamayib boradi. Tarmoqlararo deytagramma vaqti qabul qilib oluvchiga yetib borguniga qadar nol bo‘lsa, u holda ushbu deytagramma yo‘q qilinadi. Sarlavhaning nazorat yig‘indisi undagi ma’lumotlar himoyasini ta’minlaydi. Agarda modul sarlavhada xatolikni aniqlasa, u holda ushbu tarmoqlararo deytagramma uni aniqlagan modul tomonidan yo‘q qilinadi. Qo‘shimcha imkoniyatlar ayrim qo‘shimcha xizmatlar bajarilishini ta’minlaydi, masalan, ma’lumotlarni himoyalash va maxsus marshrutlashtirish usullari.


Download 425.46 Kb.
  1   2   3




Download 425.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ipv4 va ipv6 protokollari va ularning paket strukturalari

Download 425.46 Kb.