|
Iqtisodiy, moliya va bank sohalarida qo`llaniladigan dasturlar
|
bet | 2/2 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 7,55 Kb. | | #143292 |
Bog'liq Iqtisodiy, moliya va bank sohalarida qo`llaniladigan dasturlar-fayllar.org2. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish zamonaviy dasturlari
"1S.Buxgalteriya" dasturi har tomonlama mukammal ishlab chiqilgan dastur bo'lib, turli bo'limlar bo'yicha murakkab va tahliliy buxgalterlik hisobini olib borishga qaratilgan. Tahliliy hisob (subkonto) ob’ektlari bo'yicha natura va qiymat ifodalarda olib boriladi. Dastur schetlarni qo'lda va avtomatlarshtirilgan holda xo'jalik o'tkazish imkonini yaratadi. Barcha buxgalteriya provodkalar (schetlar)i "Xo'jalik operaziyalar daftariga" kiritiladi. Mazkur provodkalarni xo'jalik muamolar daftarida ko'zdan kechirganda, ularni aniq muddatda yeki chegaralab, yeki guruhlab turli parametrlar bo'yicha qidirib topish mumkin.
Muomala daftaridan tashqari dastur, shuningdek, ma’lumotlar haqidagi axborotning bir necha ro'yxatini ham qo'llab quvvatlaydi:
1. schetlar rejasi;
2. tahliliy hisob ob’ektlar turlari ro'yxatini;
3. tahliliy hisob (subkonto) ob’ektlarining ro'yxatini;
4. o'tkazilgan (o'zgarmas sonlar) va h.k.
Hisobdan so'ng dastur shaklldagi quyidagi buxgalterlik qaydnomalarni tuzadi:
1. jamlovchi (yig'ma) provodkalar bo'yicha qaydnoma;
2. aylanma - saldo qaydnomasi;
3. tahliliy hisob ob’ektlari bo'yicha aylanma-saldo;
4. hisob-kitob varaqAsi;
5. aniq bir tahliliy hisob ob’ekti bo'yicha hisob varaqasi;
6. hisob tahlili (buxgalteriya bosh kitobining o'zi);
7. hisoblarning sanalar bo'yicha tahlili;
8. tahliliy hisob ob’ektlari bo'yicha hisob tahlili;
9. tahliliy hisob ob’ektlarining barcha schetlar bo'yicha tahlili;
10.tahliliy hisob ob’ektlarining barcha schetlar bo'yicha kartochkasi;
11.jurnal-orderi.
Dasturda erkin hisoblarni shakllantiruvchi schet qoldiqlari va aylanishlarini qamrab olgan va tahliliy hisob ob’ektlari bo'yicha hisobot shakli va mazmunini o'ziga xos hisob tilida ta’riflab beruvchi tartib ham mavjuddir. Mazkur tartib yerdamida soliq organlariga taqdim etiluvchi hisobotlar ham tuzilgan. Shunigdek, korxonaning moliyaviy faoliyatini erkin shaklda tahlil etish va ichki hisobotlarni o'tkazish uchun foydalaniladi.
http://fayllar.org
|
| |