Iqtisodiyot / Sanoat




Download 22,65 Kb.
bet1/3
Sana13.05.2024
Hajmi22,65 Kb.
#229504
  1   2   3
Bog'liq
soda



[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Moliya / Investitsiyalar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ qo‘shma korxonasida 2022 — 2025-yillarda kalsiylangan soda ishlab chiqarishni yiliga 250 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ichki va tashqi bozorda barqaror talabga ega bo‘lgan kalsiylangan soda mahsulotini ishlab chiqarishni kengaytirish, kimyo sanoatining eksport salohiyatini yanada oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga asosan “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ qo‘shma korxonasida (keyingi o‘rinlarda — qo‘shma korxona) ishlab chiqarish quvvatini 200 ming tonnadan 450 ming tonnagacha oshirish loyihasi bo‘yicha tanlov o‘tkazilganligi;
tanlov yakunlari yuzasidan qo‘shma korxona va “SALYUS” MChJ (Rossiya) o‘rtasida loyihalash, qurish, jihozlarni yetkazib berish va ishga tushirish bo‘yicha dastlabki shartnoma imzolanganligi;
loyihani ishga tushirish natijasida 300 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi va korxona ishchi-xodimlari uchun Qo‘ng‘irot tumani “Elabat” posyolkasida “Yangi O‘zbekiston” massivini barpo etish belgilanganligi;
“Yangi O‘zbekiston” massivida 2022-2023-yillarda 20 ta ko‘p qavatli uylar qurish, tashqi yo‘l-transport va muhandislik kommunikatsiya infratuzilmalari uchun qo‘shma korxona tomonidan buyurtmachi sifatida 2021-yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha olingan sof foydadan 40,0 mlrd so‘m va qolgan qismi boshqa kimyo sanoati tarmoq korxonalarining 2021-yil yakuni bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlaridan ortiq olingan sof foydasining bir qismini ajratish hisobiga amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va “O‘zkimyosanoat” AJning investitsiya loyihasini amalga oshirishda loyiha qiymatining 10 foiz kafolat mablag‘ini maxsus hisob varaqga qo‘ymasdan 1-ilovaga muvofiq bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 76,5 gektar yer maydonlarini qo‘shma korxonaga ijara huquqi asosida ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
3. “O‘zkimyosanoat” AJ, Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va “O‘zsuvta’minot” AJ tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qo‘shma korxonani 2-ilovaga muvofiq zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
4. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda qo‘shma korxonani zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash ishlari uchun ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-avgustdagi PQ-5233-son qarorida ko‘rsatilgan manbalar hisobidan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “O‘zkimyosanoat” AJ har chorak yakuni bo‘yicha mazkur qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.

Download 22,65 Kb.
  1   2   3




Download 22,65 Kb.