• 1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, omillari va natijalari 5
  • Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan




    Download 60.31 Kb.
    bet1/5
    Sana19.02.2024
    Hajmi60.31 Kb.
    #158591
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchl-fayllar.org
    6-dars-EKUB-va-EKUK.-Oxirgi-raqam, Zamonaviy, Samandar, awkuna\', Doc1

    1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, omillari va natijalari 5


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYaLAR VAZIRLIGI


    ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
    IQTISODIYOT” KAFEDRASI

    Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan



    368-guruh talabasi Qoʻchqarov Abdumannobning
    KURS ISHI


    Mavzu: Jahon iqtisodiyotini globallshuvining qarama-qarshiliklari: AQSh va Xitoy savdo urushi
    Andijon 2023


    MAVZU: JAHON IQTISODIYOTINI GLOBALLSHUVINING QARAMA-QARSHILIKLARI: AQSH VA XITOY SAVDO URUSHI


    Reja:


    Kirish 3
    Asosiy qism…………………………………………………………………….5

    1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, omillari va natijalari 5

    2. AQSH va Xitoy savdo urushi kelib chiqish sabablari 15

    3. AQSH va Xitoy savdo urushi oqibatlari 23



    Xulosa 32
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 34


    KIRISH
    O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim bir jihatlaridan biri bu ochiq iqtisodiyotni shakillantirish uchun zarur bo’lgan siyosiy, huquqiy va iqtisodiy masalalarni xal qilish va o’zaro keng qamrovli jahon xo’jaligiga integratsiyalashuv, hamda xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, chet davlatlar bilan o’zaro ikki tomonlama va ko’p tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan imzolangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida‖ mamlakatimizni globallashuv sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirokchi sifatida qatnashish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga o’zining salmoqli ta‘sirini o’tkazadigan jahon iqtisodiyoti rivojlanishining muhim tendensiyasi bu uning globallashuvidir. Jahon iqtisodiyotining globallashuvining xususiyatlari va rivojlanish omillari, jahon iqtisodiyoti global muammolari mohiyati, transmilliy korporatsiyalar va ularning globallashuv jarayonlarda tutgan o’rni, jahon iqtisodiyoti globallashuvidagi ziddiyatlar va tahdidlar, baynalminallashuv, transmilliylashuv va globallashuv jarayonlari, jahon iqtisodiyoti globallashuvining rivojlanish indikatorlari, jahon iqtisodiyoti globallashuvi rivojlanishining ekologik va innovatsion omillari.
    Hozirgi iqtisodiy globallashuv jarayonini savdo erkinligi, kapital harakatchanligi va to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalardagi asosiy elementlarini o'rganishdir. Bu elementlarning natijasi mahalliy hukumat asosan dunyodagi eng qoloq davlatlar hukumatlari qanday qilib globallashuvga yondashishsi kerakligi haqidagi taklif va tanqidlar berilishiga yo'l ochadi. Bu kurs ishining vazifasi empirik tarzda globallashuvning jamiyat uchun yaxshi va yomon taraflarini o'rganib, global integrallashuv jarayoniga to'g'ri yondashuvchi yo'lni topishda xizmat qilishdir. Iqtisodiy globallashuv bu millatlar o'rtasidagi tijorat, ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni birlashtirish va o'zaro bog'liqlik jarayoni. Katta miqyosli iqtisodiyotlarning o'zaro aloqasi 19-asrda boshlanib, 20-asrda texnologik taraqqiyot va dunyoda telekommunikatsiyalarning rivojlanishi tufayli eng yuqori darajaga ko'tarildi.
    Iqtisodiy globallashuv yangi hodisa emas 1870-1914-yillarda hozirgi ekspertlar globallashuv deb atovchi jarayonga start berilgan edi. Bu jarayon tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish vositalari eksport-importining yuqorilashi bilan birgalikda transport texnologiyalari yuksalishi bilan xarakterlanadi va iqtisodiy rivojlanishning yoyilishi va milliy iqtisodiy tizimlarning bir-biriga integratsiyalashuvi orqali xalqaro narxlarning va ish haqqining ko'tarilshiga zamin yaratdi. XIX asr globallashuv jarayoni kapitaliszm rivojiga hissa qo’shgan lekin, Ikkinchi Jahon urishi natijasida buning natijalari yo’qolgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin va asosan oxirgi yigirma yillikda globallashuv bozor iqtisodiyoti va boy davlatlarning institutsional tarmoqlari tufayli yanada kuchaydi. Ko’plab rivojlangan mamlakatlar va Janubi-sharqiy Osiyonng bazi davlatlari tomonindan olib borilayotgan institutsional innovatsiyalar bozor iqtisodiyotining foydasiga yuz beryapti. Bu o’zgarishlar samaradorlik va qonuniylikning oshishiga olib kelgani uchun barcha davlatlar iqtisodiy globallashuvdan eng yuqori darajada foydalanib qolishlari lozim. Lekin iqtisodiy globallashuv rivijlangan sari o’zi bilan birga ko’plab imkoniyatlar va to’siqlar olib kelgani uchun ko’pgina rivojlanayotgna davlatlarda bu jarayonga moslashish qiyinchilik tug’dirmoqda.
    Klassik maktab vakillari nazariyasiga ko’ra jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuvi ish taqsimoti va ixtisoslashtirishning har bir davlat uchun o’ziga qulay bo’lgan uslubda olib borilishi orqali istiqbolda yaxshi natijalar olib kelishi kutilmoqda. Bu prinsiplar rivojlanishda orqada qolayotgan mamlakatlarni jahon bozoridan o’ziga kerakli bo’lgan texnologiya va boshqa ishlab chiqarish vositalarini arzon narxlarda olishga zamin yaratib beradi. Boshqa tomondan qaraganda esa globallashuv jarayoni ijtimoiy tanglikni yo’qotish uchun cheklovchi va qayta taqsimlovchi siyosat olib borishda to’siq yaratadi.Bu holat rivojlangan mamlakatlarda yomonlashgani kuchli va samarali tarzda globallashuvni boshqaradigan institutlar yo’qligi tufayli 90-yillarda bo’lib o’tgan moliyaviy inqirozlarda o’z natijasini topgan.

    Download 60.31 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 60.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan

    Download 60.31 Kb.