Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarining buzganlik uchun javobgarlik




Download 0.87 Mb.
bet11/12
Sana14.05.2023
Hajmi0.87 Mb.
#59685
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KORXONA FAOLIYATINI ISTEʼMOLCHILAR TALABI

Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarining buzganlik uchun javobgarlik

  1. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgar bo`ladi.

  2. O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi hamda uning hududiy organlari, agar ishlab chiqaruvchi, sotuvchi iste`molchilar huquqlarining buzilishini bartaraf etish to`g`risidagi ko`rsatmalarni bajarishdan bo`yin tovlasa yoki o`z vaqtida bajarmasa, unga jarima solishga haqli.

  3. O`zstandart agentligi:

  4. tovarlarni majburiy sertifikatlashtirish qoidalari ishlab chiqaruvchi tomonidan buzilsa;

  5. o`zlarining ko`rsatmalarini ishlab chiqaruvi (sotuvchi, ijrochi) bajarishdan bo`yin tovlasa, o`z vaqtida yoki lozim darajada bajarmasa;

  6. normativ hujjat talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste`molchilarga zarar yetkazilsa, jarimalar solishga haqlidir.

  7. Jarima miqdori va uni undirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Jarima so`zsiz undirib olinadi.

  8. Qaysi holatlarda O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni quvvatlash davlat qo`mitasi jarimalar soladi.

  9. yaroqlilik muddati o`tib ketgan yoki qonun hujjatlarida yaroqlilik muddatlari majburiy ravishda ko`rsatilishi belgilangan bo`lsa ham yaroqlilik muddatlari ko`rsatilmagan tovarlarni sotish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida;

  10. tovarning sotib olinganligini yoki ishning haqi to`langanligini tasdiqlovchi, tovarning bahosi haqidagi ma`lumot ko`rsatilgan kassa va tovar cheklari hamda boshqa hujjatlar iste`molchiga berilmasdan tovarlar sotilganligi yoki xizmatlar ko`rsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida;

  11. ishlab chiqaruvchi to`g`risidagi zarur axborot, tovar (ish, xizmat) to`g`risidagi axborot mavjud ekanligi, shuningdek tovarni almashtirish tartibi va shartlari bajarilmaganligi uchun eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida;

  12. tovar (ish, xizmat) to`g`risida ishonchli bo`lmagan yoki yetarlicha to`lik bo`lmagan axborot berilganligi eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida jarima solishga haqli



Xulosa
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik yangilash va diversifikasiya qilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng ko'lamda amalga oshirilib, iqtisodiyotimiz salohiyatini o'sishiga bevosita ijobiy ta'sir ko'rsatib kelmoqda.
Yuqorida iste’molchilarning qaysi bir tovar afzalligini ajrata bilishi, ularga baho berishi, yoqtirgan, xush ko‘rgan tovarni xarid qilishi va ular daromadlaridagi cheklanishlar ko'rib chiqildi. Endi yakka holdagi iste’m olchilar har bir tovar xilidan qancha kerakligini qanday ajratadilar, tanlab oladilar?
Ular bunday tanlovda to ‘g‘ri yo'l tutadilar, berilgan va cheklangan budjetlar miqdorida tovarlami tanlashda xato qilmaydilar, talablarini maksimal darajada qondiradilar.
Bunga erishish uchun tovarlar va xizmatlar to'g'ri tanlanganda ular budjet chizig‘idan (daromad doirasidan) chiqmasligi lozim.
Shuni ham aytish kerakki, cheklangan daromad hisobiga iste’mol tovarlari va xizmatlarga b o‘lgan barcha talablami to'liq qondirib bo'lmaydi. Misolda «hamma daromad hozirgi vaqtda sarf etiladi» deb soddalashtirildi. Shunday qilib, faqat budjet chizig'ida tovarlardan kerakligini tanlab olish mumkin.
Foydalilik biron bir kishi yoki iste’molchi tomonidan iste’mol qilingan tovar yoki boshqa bir harakatlarni bajarish natijasida olgan qoniqishning darajasini ifodalaydi. kishilar yoqim sizlik, noxushlik baxsh etadigan narsalardan voz kechib , o'zlari uchun huzurbag'ishlaydigan, qoniqish beradigan narsalarni olib foydalilikka erishadi yoki foyda ko'radi, undan foydalanadi.
Agar bir kishi o'ziga kuylak olmasdan, uning o’rniga shu pulga 3 ta kitob xarid qilgan bo'lsa, uning uchun bu ko'proq huzur bag'ishlagan bo'ladi. Chunki ko'ylakka qaraganda kitob uning uchun foydaliroq. Foydalilik funksiyasi befarqlik xaritasidan tovarlar tanlovidagi ma’lumotlar ulardan birining afzalligini foydaliligini ko’rsatadi va befarqlik chizig’ida aks ettiriladi.

Download 0.87 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0.87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarining buzganlik uchun javobgarlik

Download 0.87 Mb.