• Amaliyot rahbari
  • Bank faoliyatini olib borishda qo`llaniladigan axborot tizimlarini o`rganish. Bank sohasining istiqboli.
  • Ilm va izlanish bo‘Imagan joyda hech qanday rivojlanish, yuksalish va umuman, biror-bir sohaning kelajagi bo‘lmaydi. Sh.Mirziyoyev
  • Iqtisodiyot




    Download 2.46 Mb.
    bet1/11
    Sana15.12.2022
    Hajmi2.46 Mb.
    #34973
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    3.1 IQT 19 guruh talabasi Bahronov Shaxriyor
    магнетосфера, raqamli fotoaparat, Gidroavtomatika, TOPSHIRIQLAR 5, 2-amaliy mashg`ulot, Hujjatlarning asosiy parametrlari, vodyanoy-akkumulyator-tepla-v-solnechnyh-teplitsah (1), Молек физика лаб методическое указания русс, 2-Sanoq sistemalari, JUFT KORRELYATSION - REG TAHLIL, 2-70, Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta\'minoti va vazifalari, Elektr maydon energiyasi Gazlarda, metallar, yarim otkazgichlar, Algoritmlash va dasturlash asoslari (A.Azamatov), Pedagogika fani, uning

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
    IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
    IQTISODIYOT” KAFEDRASI

    Malakaviy amaliyot bo’yicha

    HISOBOT

    Bajaruvchi: Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar
    bo’yicha) yo’nalishi, III-bosqich, 3-1 IQT 19 guruh talabasi
    Bahronov Shaxriyor
    Amaliyot rahbari: Abdullayeva Hilolaxonim
    Buxoro 2022
    Reja:

    1. Kirish.

    2. Asosiy qism:

    1. Bank tizimi haqida tushuncha.

    2. Agrobank haqida ma’lumot, uning bosh boshqarmasi va faoliyati.

    3. Bank faoliyatini olib borishda qo`llaniladigan axborot tizimlarini o`rganish.

    4. Bank sohasining istiqboli.

    1. Xulosa. Nazariyaning amaliyotdagi tatbiqi.

    2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

    3. Ilovalar.

    Kirish
    Ilm va izlanish bo‘Imagan joyda hech qanday rivojlanish, yuksalish va umuman, biror-bir sohaning kelajagi bo‘lmaydi.
    Sh.Mirziyoyev
    Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda bank tizimi va hisobotini mustaqil fan hamda amaliyotda kompaniyalar boshqaruvining muhim bo‘g‘ini sifatida xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish o‘ta muhim vazifalar sirasiga kiradi.
    Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo’lgani kabi, bank tizimi va boshqarilishi borasida ham ulkan o‘zgarishlar sodir bo’ldi. Keyingi yillar mobaynida xalqaro standartlarga to‘la-to‘kis javob beruvchi bank tizimini yaratish borasida ko‘pgina islohotlar olib borilmoqda. Bank tizimi va faoliyatyidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo‘shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi bank tizimini jahon standartlariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.
    Oʻtgan yillarda mamlakatimizda banklar faoliyatining normativ-huquqiy va uslubiy bazasi shakllantirildi, shuningdek, bank sohasida ish ko’rishning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy etildi, bu bank tizimining shakllanishiga va mahalliy bank faoliyatini yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini taʼminlashga imkon yaratdi.
    Shu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar bank tizimining yanada rivojlanishiga, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun bank faoliyatining ahamiyatini oshirishga toʻsqinlik qilmoqda, xususan:
    birinchidan, banklarga ishonch darajasi past, shuningdek, banklarga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan maʼmuriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda;
    ikkinchidan, bank tizimini tanlab olish boʻyicha mavjud cheklovlar va tanlovlar oʻtkazish amaliyoti koʻp hollarda insofsiz, shu jumladan, narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda;
    uchinchidan, bank xodimlarini maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega boʻlib, professional tayyorgarlikning va xizmatlar sifatining zaruriy darajasini, shu jumladan, xalqaro standartlarga mos tizim taʼminlanilmayapti, bu esa soha nufuzining pasayishiga olib kelmoqda;
    toʻrtinchidan, bank tizimi ishi sifatini tashqi nazorat qilishning samarali tizimi mavjud emas, bu litsenziyalovchi organning huquqiy taʼsir choralari cheklangani sharoitida sifatsiz auditorlik xizmatlarini koʻrsatish hollariga va auditorlarning insofsiz xatti-harakatlariga nisbatan tezkor chora koʻrish imkonini bermayapti;
    beshinchidan, bank faoliyati milliy standartlari umumeʼtirof etilgan xalqaro audit standartlariga toʻliq mos emas, bu esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tushunish koʻnikmasining shakllanishini taʼminlamayapti.1
    Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi - bu olingan nazariy bilimlarni mantiqiy va muntazam mustahkamlash va iqtisodiy tahlil qilish , real ishlab chiqarish sharoitlarida qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarini baxolash va asoslab berish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni egallashdir. Zamon talablariga javob beradigan o'quv bilimlari va malakali mutahassilar tayerlash uchun eng yaxshi bo'lgan talab qilinadigan dolzarb vazifalarni bajaradiganlardan mutaxassasida mustakil fikrlash, tadbirkorlik va dadil izodlik koeffitsienti yangilangan va qtisodiy tafakkurni shakllantirish. Bunga talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti imkoniyat yaratadi. Malakaviy amaliy ishtiyoqni o'rganish shundaki, uni shtatda va boshqa joyda talaba qilish kerak. U nafagat ilmiy, tarbiyaviy nurlar aiyamiyatga ham egadir. Talaba oylik va oida va yaxshi qoidalarga rioya qilinsa, birinchi marotaba ishlab chiqarish zhamoashiga, ulardagi kundalik ishiga aralashadi, yaxshi manba ilova qilinadi. Amaliyetni o'rganish dasturi uni oilada tayyorlaydi va uni ishlab chiqarishni o'rganishga yo'naltiradi.
    Men Iqtisodiyot va turizm fakulteti 3.1 IQT 19 guruh talabasi Bahronov Shaxriyor 15.06.2022 sanadan 20.08.2021 sanagacha ( 10 xaftalik ) malakaviy amaliyotni Agrobank ATB Buxoro viloyati Bosh Boshqarmasida o’tadim. Amaliyot o’tagan davrimda bank tizimi va uning faoliyati, buxgalterlikda ishlash tizimi, hisobotlar bilan ishlash, kirim-chiqim, schot-faktura tizimlarini o’rgandim. Amaliyot davomida amaliyot mashg’ulotlariga o’z vaqtida muntazam qatnadim. Malakali ishchilardan ishlash to’g’risida tushuncha va ko’nikmalarni o’rgandim.




    1. Download 2.46 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 2.46 Mb.