Iqtisodiyotni raqamlashtirish ko‘rsatkichlari




Download 101 Kb.
bet1/4
Sana29.03.2023
Hajmi101 Kb.
#47344
  1   2   3   4
Bog'liq
3-Mavzu. Iqtisodiyotni raqamlashtirish ko‘rsatkichlari



Iqtisodiyotni raqamlashtirish ko‘rsatkichlari

  1. Raqamli iqtisodiyot indikatorlari, ularning xususiyatlari.

  2. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish ko‘rsatkichlari.

  3. Digital Economy and Society Index (DESI) va World Digital

Competitiveness (MDC) ko‘rsatkichlari.

  1. Networked Readiness Index (NRI) va Digital Evolution Index (DEI) ko’rsatkichlari xususiyatlari.

Raqamli iqtisodiyot zamonaviy axborot texnologiyalari asosida va real iqtisodiy sharoitlarga muvofiq rivojlanadi. Agar ilgari ishlab chiqarish, savdo va moliya texnologiyalari izchillik bilan rivojlangan bo‘lsa, hozirgi paytga kelib, asosan gorizontal o‘zaro aloqalarga (o‘zini-o‘zi tashkil qilish va singulyarlik), innovatsion tadbirkorlikka (o‘zini-o‘zi rivojlantirish), axborot injiniringiga (o‘zini-o‘zi takomillashtirish) vaiqtisodiy jarayonlarni avtoformalizatsiyalashga (avtostrukturalash) asoslanadigan zamonaviy axborotlashgan iqtisodiyotning asosi bo‘lgan NET paydo bo‘lgan. NET ning moddiy asosini data-markazlar hamda axborotni tizimlashtirish va tahliliy qayta ishlash uchun mo'ljallangan zamonaviy ITplatformalari tashkil qiladi.
Biznes-tahlil va boshqaruv konsaltingi bo‘yicha hizmatlar «provaydingi» rivojlanishi ham raqamli iqtisodiyotda dolzarb ahamiyatga ega. Yangi institutlar - axborot-konsalting hizmatlari va davlat rivojlanish agentliklari ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning tashkiliy asosi hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotning jamiyat taraqqiyotiga ta'sirini baholash nuqtai-nazaridan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) hisobotlari alohida qiziqish uyg‘otadi. 2008 yil ushbu tashkilot doirasida Seul shahrida (Janubiy Koreya) internet iqtisodiyotining kelajagi haqidagi Deklaratsiya qabul qilingan. Ushbu deklaratsiya doirasida, quyidagi jadvalda ko‘rsatilganidek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun eng muhim bo‘lgan yettita mavzu muhokama qilingan.

Download 101 Kb.
  1   2   3   4




Download 101 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotni raqamlashtirish ko‘rsatkichlari

Download 101 Kb.