• Tahlil va natijalar
  • “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 242
  • Iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsiyalarning roli




    Download 306.51 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/9
    Sana15.07.2023
    Hajmi306.51 Kb.
    #76797
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    25 Djalilova
    Намуна Курс иши учун, Rivojlanishning kritik davrlari, ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3-14, shaxsiy varaqa, Text types, algoritm, Nutq shakllari, Yangi o\'zbekiston demokratik o\'zgarishlar keng ishlar imkoniyatlar, Абдумадатов Д (1), Ishchi guruh, 1-joriy nazorat Ilmiy sharh yozish (1), Animatorlik xizmatlari Keys va test., algoritm 2, mustaqil ish mavzulari (2), OBIDJON
    Tadqiqot metodologiyasi 
    Maqolada ilmiy abstraksiyalash, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya usullaridan 
    foydalanilgan. Ushbu tadqiqot ma’lumotlari rasmiy manbalardan olinib, taniqli iqtisodchi 
    olimlarning иқтисодиётни ривожлантиришда инновацияларнинг роли bо‘yicha ilmiy-
    nazariy qarashlarini qiyosiy tahlil qilish, xorij tajribalarini umumlashtirish va mamlakatimizda 
    erishilayotgan yutuqlar bo‘yicha olingan natijalarga tayangan holda innovatsion 
    tadbirkorlikni o’rganishga erishildi.
    Tahlil va natijalar 
    Agar mamlakatimizdagi innovatsion jarayonlar bilan rivojlangan mamlakatlardagi 
    holatni taqqoslasak, hozirgi vaqtda dunyoning rivojlangan mamlakatlari 15 yildan ortiq vaqt 
    mobaynida innovatsion iqtisodiyot va beshinchi texnologik tsikl (uzoq to'lqin) ta'sirida bo'lib 
    kelmoqda. Shunchaki beshinchi to'lqinga kirish imkoniyatiga ega bo'lgan davlatlar, hatto 
    undan keyin ham nima qilishlari kerak? 


    “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
    242
     
     
     
     
     
     
     
     
    http://iqtisodiyot.tsue.uz
     
    Ular birinchi navbatda yangi yuqori texnologiyali yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlarini 
    boshlab, bu mamlakatlarga yetib olishadimi? Ko'rinib turibdiki, bu juda muammoli. Biroq, bu 
    ushbu mamlakatlarning, xususan mamlakatimizda boshqa davlatlar tomonidan yaratilgan 
    texnologiyalardan foydalanishiga ва ulardan o'z iqtisodiyotlarini rivojlantirishda 
    foydalanishga, chet el investitsiyalariga mamlakatga kirib kelishi uchun imkon qadar ko'proq 
    shart- sharoit yaratish rivojlangan mamlakatlardan o'zib ketishga harakat qilishga to'sqinlik 
    qilmaydi. Вir muncha vaqt oldin bu tajriba Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa 
    mamlakatlarda amalga oshirilgan. Darhaqiqat, innovatsiyalar tomonidan taqdim etilgan 
    imkoniyatlar va globallashuvning ijobiy tomonlari, birinchi navbatda, Janubiy Koreya, 
    Tayvan, Gonkong, Singapur kabi Janubi-Sharqiy Osiyo (ko'pincha "yo'lbarslar" deb ataladi) 
    davlatlari tomonidan qo'lga kiritildi, shuningdek, Keltlar "yo'lbars"i - innovatsiyalar sohasida 
    etakchilardan biri bo'lgan Irlandiya ҳисобланади. Bu davlatlar O‘zbekiston uchun paradigma 
    boʻlib xizmat qilishi mumkin, chunki bizning mamlakatimiz oʻzining kichik bozori, kambagʻal 
    anʼanaviy resurslari bilan oʻzining raqobatbardosh noyob noanʼanaviy manbalaridan 
    foydalangan holda innovatsion yoʻlni tanlasagina muvaffaqiyatli rivojlana oladi. 
    Mamlakatning raqobatbardoshligi alohida korxonalarning raqobatbardoshligi 
    asosida rivojlanadi. Har bir korxona raqobatbardoshlik bilan ta'minlangan afzalliklarga 
    erishish uchun o'z strategiyasini qo'llaydi. Biroq, muvaffaqiyatli kompaniyalarning 
    evolyutsiyasi va rivojlanishi tabiati o'xshash bo'ladi, chunki kompaniyalar innovatsiyalarga 
    asoslangan raqobatdosh ustunliklarni yaratadilar. Mamlakatimiz korxonalaridagi 
    innovatsion jarayonlar kuchsizligining sababi quyidagi omillar ta’siridandir:
    ➢ sanoat sohasida ishlaydigan olimlar sonining kamligi, shuningdek, ishchi kuchida 
    olimlar va tadqiqotchilar ulushining pastligi;
    ➢ yuqori texnologiyalarni patentlash sohasiga kirmaslik;
    ➢ ishlab chiqarish sektori va universitetlar o'rtasidagi zaif hamkorlik;
    ➢ innovatsiyalarni rag'batlantirishning nisbatan muvaffaqiyatsizligi va tadbirkorlikni 
    qo'llab-quvvatlash mexanizmlari faoliyati;
    ➢ biznesni boshlash uchun murakkab protseduralar; texnologik ta’lim sifatining 
    yetarli emasligi. 
    Jahon tajribasidan "Yevropa innovatsion paradoksi" deb ataladigan tushunchani ham 
    ta'kidlash kerak - bir tomondan, ta'lim va ilm-fanga kiritilatotgan investitsiyalarining yalpi 
    ichki mahsulotdagi ulushini baholaganda, shuningdek, Evropa Ittifoqining aksariyat 
    mamlakatlarida aholi sonidagi oliy ma'lumotli odamlarning foizi, AQSh yoki Yaponiyadan 
    ham yaxshiroq. Yevropa ilmiy salohiyat ko'rsatkichlari bo'yicha ham ulardan ustundir 
    (masalan, Nobel mukofoti sovrindorlari, SCI nashrlari, doktorlik ilmiy darajasiga ega olimlar 
    soni). Shunga qaramay, Evropa Ittifoqida iqtisodiyotning unumdorligi AQShnikiga qaraganda 
    ikki baravar past, uning AQSh bilan savdo balansi salbiy. Dunyoning turli burchaklaridan 
    kelgan talabalar AQSH oliy taʼlim muassasalarida oʻqishga harakat qilmoqda. Qo'shma 
    Shtatlarning o'zi innovatsiyalardan foydalanishda juda muvaffaqiyatli mamlakat hisoblanadi,
    nafaqat o'z mamlakatida yaratilgan, balki butun dunyoda yaratilgan bilimlarni 
    tijoratlashtiradi. Oliy ta'lim va tadqiqot sohasidagi eng yaxshi mutaxassislar (loyiha 
    menejerlari, tadqiqotchilar, oliy ma'lumotli texnologiya mutaxassislari) AQShga ko'chib 
    ketishadi. Evropa AQSh korxonalarida malaka oshirish va oliy o’quv yurtlarida ta'lim olish 
    uchun pul tikmoqda. Shu va shunga o'xshash faktlarga ko'ra, "Yevropa innovatsion 
    paradoksi" atamasi ham paydo bo'ldi. Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, 



    Download 306.51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 306.51 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsiyalarning roli

    Download 306.51 Kb.
    Pdf ko'rish