• “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”
  • Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida Qishloq xo’jaligini va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash vazifalari




    Download 405.86 Kb.
    bet2/5
    Sana14.05.2023
    Hajmi405.86 Kb.
    #59667
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Iqtisodiyot nazariyasidan must.ish
    10 пул кредит сиесати

    Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida Qishloq xo’jaligini va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash vazifalari


    Qishloq xo’jaligini rivojlantirish masalasi respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligini isloh qilish bo’yicha juda ulkan va arzigulik ishlar amalga oshirildi va oshirilayapti.
    Statistik ma’lumotlarga ko’ra, Yalpi ichki mahsulot (2018 yil) deflyatori indeksining eng yuqori ko’rsatkichlari sanoat tarmog’i va qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligiga to’g’ri kelgan: sanoat – 144.3%, qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi – 128.6% ko’rsatkichi qayd etilgan.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo’yicha quyidagi asosiy vazifalarga asosiy e’tibor qaratilgan:

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo’yicha quyidagi asosiy vazifalarga asosiy e’tibor qaratilgan:


    paxta va boshoqli don ekin maydonlarini qisqartirish evaziga kartoshka, sabzavot, poliz, ozuqa va moyli ekinlar, yangi intensiv bog’lar va uzumzorlar maydonini kengaytirish;
    sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlarini rivojlantirish, tarmoqqa intensiv, suv va resurslarni tejaydigan, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori texnikalardan foydalanish;
    qishloq xo’jaligi ekinlarining kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga mos yangi seleksiya navlarini va yuqori mahsuldorlikka ega chorva zotlarini yaratish hamda joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
    qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash asosida oziq-ovqat va qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqaradigan zamonaviy qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish;
    qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish;
    qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish, sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko’rsatish infratuzilmalarini rivojlantirish;
    global iqlim o’zgarishlari va Orol dengizi qurishning qishloq xo’jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha tzimli chora-tadbirlar ko’rish.
    tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish orqali qishloq xo’jaligini izchil rivojlantirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavsizligini yanada mustahkamlash va eksport salohiyatini yuksaltirish;

    Download 405.86 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 405.86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida Qishloq xo’jaligini va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash vazifalari

    Download 405.86 Kb.