Eng kam ish haqi atamasi bekor qilindi, oʻrniga yangi tizim joriy etildi




Download 0.81 Mb.
bet6/6
Sana26.02.2022
Hajmi0.81 Mb.
#18141
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
иш хақи
Mavzu Antivirus-dasturlari, 1-SINF, V sinf texnologiya va dizayn yo‘nalishi buyicha 5-sinflar uchun , Nometal materiallar, Жуфт сузлар, дарс ишланма сон, BEKLEMISHEV KLASSIFIKATSIYASIGA KO, A new generation of realistic writers, Ochiq faoliyat ishlanma 2, Zamonaviy sun, algoritm mustaqil ish, 1-oktyabr oqituvchi va murabbiylar www.sadikov.uz (1)

Eng kam ish haqi atamasi bekor qilindi, oʻrniga yangi tizim joriy etildi


Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi.Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ish haqining eng kam miqdori oʻrniga quyidagi miqdorlar belgilandi:Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 577 170 soʻm;Bazaviy hisoblash – 202 730 soʻm;Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 202 730 soʻm.
Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori maosh, ustamalar, qoʻshimcha haq, gonorar, qoʻshimcha ish uchun kompensatsiya toʻlovlari va ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarning boshqa turlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan ushlanmalar, ilgari eng kam ish haqiga nisbatan belgilab qoʻyilgan boshqa toʻlovlar miqdorini aniqlashda hamda oilalarning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik boʻyicha nafaqalar miqdorini aniqlashda qoʻllaniladi.Bazaviy hisoblash miqdori esa quyidagilarni aniqlashda qoʻllaniladi:
soliqlar, yigʻimlar, jarimalar, davlat bojlari va koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari uchun boshqa toʻlovlarning miqdorlarini;
tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun patent, litsenziya va boshqa toʻlovlarning qiymati, tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda toʻlanadigan aksiyalar, boshqa qimmatli qogʻozlarning qiymati, yuridik shaxslar aktivlarining balans qiymati, mikrokreditlar va lizing, shuningdek boshqa moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning cheklangan miqdorini.
Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori pensiyalar, ustamalar, qoʻshimcha haq va kompensatsiya toʻlovlari, shuningdek, xodimlar sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashda qoʻllaniladi.
Eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan ustamalar, qoʻshimcha haq, mukofotlar hamda boshqa kompensatsiya va ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarning barcha turlari mazkur toʻlovlarning soʻmda ifodalangan amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda qayta hisob-kitob qilinadi
Download 0.81 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eng kam ish haqi atamasi bekor qilindi, oʻrniga yangi tizim joriy etildi

Download 0.81 Mb.