Ish joyidagi yoritilganlikni nazorat qilish Reja: Ishlab chiqarishda ish joyidagi yoritilganlikni nazorat qilish haqida ma’lumot beriladi




Download 1,35 Mb.
Sana28.12.2023
Hajmi1,35 Mb.
#128857
Bog'liq
Ish joyidagi yoritilganlikni nazorat qilish


Ish joyidagi
yoritilganlikni
nazorat qilish
Reja:
1.Ishlab chiqarishda ish joyidagi yoritilganlikni nazorat qilish haqida ma’lumot beriladi
Yorug‘lik insonning hayot faoliyatida va mehnat faoliyatida juda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. Umumiy olinadigan ma’lumotning taxminan 90 % ko‘z orqali olinadi.
Yoritilganlikka bo’lgan sanitar-gigienik talablar
  • Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik, ishchi-xodimlar salomatligiga zarar yetkazmasligi uchun u ko’zni zo’riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bo’lishi talab qilinadi.
  • yoritish qurilmasi yorug’ligining spektral tarkibi quyosh yorug’liginikiga yaqin bo’lishi;
  • bajariladigan ishlarning turi va aniqligiga qarab, yoritilganlik darajasi yetarlicha bo’lishi hamda gigiena talablariga mos kelishi;
  • ish joyida to’g’ri tushadigan va qaytgan yorug’liklar bo’lmasligi;
  • me’yorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o’rnatilishi;
  • xavfli ish o’rinlari yuqori darajada yoritilgan bo’lishi;
  • yoritish qurilmalari xavfli hamda zararli omillar hisoblangan, ya’ni shovqin, elektr quvvati, issiqlik chiqarish va yong’in chiqarish manbalari bo’lmasligi;
  • nazorat o’lchash asboblari, xavfsizlik signalizatsiyasi ishonchli va uzluksiz yoritilishi;
  • yoritilish bir tekis va turg’un bo’lishi, soyalar hosil qilmasligi darkor. Aks holda inson ko’zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o’zgarib turishi natijasida, ko’rish organlarining toliqish holati ro’y beradi.
  • Yorug’likning spektral tarkibi shunday tanlanishi kerakki, natijada kishi atrofdagi buyumlarning ranglarini to’g’ri qabul qilsin.

Ish joylarida keskin ajralib turuvchi soyalar bo’lishi va ish joylari bilan atrofdagi muhitning yoritilganligi juda katta farq qilmasligi kerak, aks holda kishi ko’zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o’zgartirib turishi natijasida ko’zining akkomodatsiya xususiyati buzilib, ko’rish organlarining toliqish holati ro’y beradi.
SHuning uchun ham korxonalarni me’yoriy yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi.
Me’yoriy talablar darajasida yoritilgan hududlarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bo’ladi, shuningdek xavfsiz mehnat sharoiti yaratiladi va buning natijasida baxtsiz hodisalar keskin kamayadi.
1 lm nur oqimi bir xilda tarqalib 1 m2 yuzasiga tushsa, ya’ni yuza birligiga tushayotgan yorug`lik oqimi bu yoritilganlik bo‘ladi.
Bunda: dF - nur oqimi tushayotan dS yuza.
Sun'iy yoritilishning sanitariya normalari QMQ-2. 01. 05-98 bilan belgilangan. Bu hujjat sanoat va qishloq xo'jalik korxonalariga taalluqli bo'lib, ishlab chiqarish xonalari va ish bajarish yuzalarini, shuningdek, turar joy binolarini yoritilishning talab etiladigan darajasini belgilaydi.
Yoritilish normalari sohalararo va umumiy harakterga ega. Ular asosida va ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olish bilan har xil turdagi sanoat korxonalari uchun soha normalari ishlab chiqiladi.
Sanitariya normalari lyuminissent va yuqori bosimdagi simobli lampalar asosida belgilanadi, lekin ularda cho'g'lanma lampalar ishlatiladigan qurilmalarga ham talablar nazarda tutilgan. Normalar yoritilganlikning talab qilingan minimal darajalarini ko'rish bilan ishlanadigan ish sharoitlariga: eng kichik obyektni farqlash, obyektning kontrastlik va fon darajasi, fonning harakteristikasi (rangsiz, o'rtacha, qoramtir)ga qarab belgilanadi. Kerakli yoritish darajasi obyekt foni qanchalik qoramtir, detal qanchalik kichkina va obyekt kontrastligining fondan farqi kam bo'lsa, yoritilish darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.
Barcha ishlab chiqarish binolari zarur yoritish standartlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va qurilgan. Biroq, ish paytida turli sabablarga ko'ra (derazalar va lampalar armatura changini tozalash, jihozlarni qayta ishlab chiqish, yorug'lik manbalarining "eskirishi" va ularning ishlamay qolishi va boshqalar) ish joylarining yoritilishi me'yorlardan chetga chiqishi mumkin. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan yoritishning haqiqiy darajasini tekshirish kerak (changni chiqaradigan sanoat binolarida - yiliga to'rt martagacha).
Yoritish lyuksmetr asbobi yordamida kuzatiladi, ular orasida eng keng tarqalgani Yu-116 (1-rasm).
Lyuksmetr Yu-116 cho’g’lanma lampalar va tabiiy yorug’lik orqali hosil bo’lgan yoritilganlikni o’lchash uchun mo’ljallangandir .
Lyuksmetr - o’lchov asbobi va qoplamali alohida fotoelementdan tashkil topgan. Asbobning ikkita shkalasi bor. Biri 0 dan 30 lk gacha, ikkinchisi 0 dan 100 lk gacha o’lchashga mo’ljallangan.
Lyuksmetr Yu-116 1 – fotoelement; 2 – galvanometr; 3,4,5,6 – yutuvchi nasadkalar (K,T,R,M)
Download 1,35 Mb.




Download 1,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ish joyidagi yoritilganlikni nazorat qilish Reja: Ishlab chiqarishda ish joyidagi yoritilganlikni nazorat qilish haqida ma’lumot beriladi

Download 1,35 Mb.