Ishdan maqsad: Qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda rejim tanlash usulini o’rganish




Download 38.72 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi38.72 Kb.
#45544
Bog'liq
9-EPTJ
CHILANGARLIK ISHLARI TEST, taqdimot Zilolaxon Malaka ishi, Икки тармоқли реактор ёрдамида тез ўзгарувчан юкламали ЭИ лар борлигида кучланишни ростлаш мумкин, 12-маъруза, EE-01-20 albom, 4 amaliy, Avtomatika, Book · January 014 citations reads 4,111 authors Some of the au, Calendar plan-Avtomatik loyihalashning zamonaviy tizimlari (5), rasshirovka elektrod 2, Как вычислить коэффициент корреляции , Лекция-8-Корреляция.-Метод-наименьших-квадратов, File, REZINA

9.AMALIY MASHG‘ULOT


Mavzu: Qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda rejim tanlash usulini o’rganish


Ishdan maqsad:. Qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda rejim tanlash usulini o’rganish
Umumiy ma’lumotlar.
Payvand chokning sifati payvandlash rejimining to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Payvandlash rejimi deganda elektrod diametri, tok kuchi, kuchlanishi, payvandlash tezligi tushuniladi.
Elektrod diametrik metallning qalinligi, chokning fazodagi vaziyatiga qarab tanlanadi.
Elektrod diametri katta bo‘lsa, payvandlashda ish unumi ortadi, lekin uni ortiqcha katta olish payvandlanadigan metall qirralari erib, kuyib qolishiga olib keladi. SHuning uchun elektrod diametrini to‘g‘ri tanlash kerak.
Elektrod diametri quyidagi quyidagi tajriba yo‘li bilan aniqlangan ifoda yordamida aniqlanadi:

bu erda S – payvandlanayotgan metall qalinligi 20 mm. dan ortiq bo‘lganda elektrod diametri 8 … 10 mm dan ortiq bo‘lmaydi.
CHokni pastki vaziyatda payvandlashda metall qalinligi S bilan elektrod diametri deorasidagi nisbatning taxminiy qiymatlari quyidagicha bo‘ladi: 9.1-jadval

S, mm

2

3 . . . 5

6 . . . 8

9 . . . 12

13 . . . 15

16 . . . 20

> 20

d, mm

2

3 . . .4

4. . . 5

5 . . . 6

6 . . . 7

7 . . . 8

8 . . . 10

Vertikal choklarni payvandlashda elektrod diametri 5 . . . 6 mm dan, ship choklarni payvandlashda esa 4mm dan katta bo‘lmasligi zarur.


Tok kuchi Jpayv , A , payvandlanayotgan metall qalinligi S elektrod diametri de ga, issiqlik o‘tkazish koeffitsenti λga, payvand chok turiga ( uchma-uch, burchakli, tavrli va h.k), payvandlash tezligiga, payvand chokning fazodagi holati (pastki, tik va ship)ga bog‘liq bo‘ladi.
Tajribada tok kuchi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Jpayv = K · de ,
bu erda K – tokning zichlik koeffitsenti, A, mm.
oddiy dastaki usulda payvandlashda tokning zichlik koeffitsenti K quyidagicha bo‘ladi:
metall elektrodlar uchun 40 … 50, A, mm
ko‘mir elektrodlar uchun 5 … 8, A, mm
grafit elektrodlar uchun 18 … 20, A, mm:
Metallning issiqlik o‘tkazuvcha
nligi ortishi bilan u asosan metallning kimyoviy tarkibiga bog‘lik bo‘ladi, tok kuchi ortadi.
Misol uchun , temirning issiqlik o‘tkazuvchanligi λFe = 40 . . . 50 kkal / m·s· (alyuminiyniki esa λAe = 150 . . . 170 kkal/ /m.s. oS), shuning uchun alyumniyni payvandlashda tok kuchi quyidagicha bo‘ladi.

Tarkibida leriglovchi elementlari (Ni , Cr , W , Mn , V) borligi uchun issiqlik o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan leriglangan po‘latlarni payvandlashda, ularda yuqori ichki kuchlanishlar va yoriqlar paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida, tok kuchini (0,8-0,9). Jpayvgacha kamatirib olinadi
O‘zgaruvchi tok bilan payvandlashda tok kuchi o‘zgarmas tokda payvandlashga qaraganda 1,1 – 1,2 ga ortiq qilib olinadi. Payvandlanadigan metalning kalinligi S>3d, bo‘lganda tok kuchi 10-15 % ga ko‘paytirib olinadi.
Choklarni tik va ship vaziyatlarda payvandlash odatda diametri 4 mm dan katta bo‘lmagan elektrodlar bilan bajariladi. Bunda tok kuchi pastki vaziyatda payvandlashdagiga qaraganda 10-20 % past bo‘lishi kerak.
Po‘latlarni yoy yordamida dastaki usulda payvandlashda tok kuchini akdemik K.K. Xrenovning ifodasi bilan ham aniqlash mumkin:
Jpayv = (20+6) · de
Yoyning kuchlanishi nisbatan kam bo‘lib, 16-30 V chegarasida o‘zgaradi. Uning qiymati yoyning uzunligiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi,
U h = U ak + U u ·Lu,
bu U a k – anod yoki katodda kuchlanish tushishi, u yoyning uzunligiga bog‘liq bo‘lmaydi va 1 … 12 V ga teng bo‘ladi;
U u - 1mm yoy uzunligiga to‘g‘ri keladigan kuchlanish tushishi 2…3 V ga teng bo‘ladi.
Yoyning uzunligielektrod diametriga bog‘liq bo‘lib, quyidagi ifoda orqali hisoblanadi:
Lu = 0,5 (de + 2)
Payvandlash tezligiVpayv m/soat quyidagi ifoda yordami topiladi:
Vpay =

bu erda KN – eritib quyish koeffitsienti, g/ /A.soat /; [sifatli qoplamali elektrodlar uchun K­N = 10…12 g//A. soat /; yoyni barqaror qiluvchi qoplamali elektrodlar uchun KN = 8g/ /A.soat/]; QN-1m uzunlikka to‘g‘ri keladigan eritib quyilgan metall miqdori,g/m. Eritib quyilgan metall miqdori quyidagi tenglama bilan topiladi:


QH =f·l·j
bu erda f-chokning ko‘ndalang kesim yuzasi, m2; l-payvand chokning uzunligi, mm;
j-eritib quyilgan metallning solishtirma og‘irligi /po‘lat uchun j =7,8· 103 kg/m3 /.
YOyning yonish vaqti (asosiy vaqt) quyidagi ifoda bilan topiladi.

Payvadlashda sarf bo‘lgan elektr quvvati R/ kVt. soat/ quyidagiifoda orqali topiladi:

bu erda: η-ta’minlash manbaining foydali ish koeffitsienti (transformator uchun Ipayv=100…450 A bo‘lganda ηtr=0.8…0.85,generatoruchun ηgen=0,3…0,4);
MXX-ta’minlash manbaining salt (xolostoy xod) ishlash vaqtidagi quvvati (transformatoruchun MXX=0,2…0,4 kV.A, generator uchun MXX=2…3 kv.A);
T-ta’minlash manbaining umumiy ish vaqti, soat.
Dastaki usuldapayvandlashda 1 kg eritib qo‘yilgan metall uchun sarf bo‘lgan elektr quvvati o‘rta hisobda o‘zgartuvchi tok uchun P = 3,5 . . . 4,4 kVt. soat. o‘zgarmas tok uchun R = 7 . . . 8 kVt. soatni tashkil etadi.

Elektr yoyi bilan payvandlashning texnologik


koeffitsentlarini aniqlash

Elektr yoyi bilan payvadlashning iqsodiy foydaliligini va tanlangan rejimining to‘g‘riligini tavsiflab beradi. Texnologik koeffitsentlarga


Kn – eritib quyish koeffitsenti; Kr – erish koeffitsenti; Kp – nobudgarchilik koeffitsentlari kiradi. Bu koeffitsentlar ma’lum ifodalar va tajriba ma’lumotlari orqali hisoblab topiladi
Eritib quyish koeffitsenti Kn , g (A. soat) , qo‘llanilayotgan elektrodning texnologik siatini tavsiflab, quyidagit ifoda orqali topiladi:

Ko‘p qo‘llanadigan elektrodlar uchun Kn =5 . . . 13 g/ (A. soat)
E rish koeffitsenti Kr,g (A.soat) erigan metallning atrofga sochilishini hisobga oladi va quyidagi ifoda orqali ropiladi;

bu erda Qp – erigan metallning umumiy miqdori bo‘lib, elektrodni payvandlashdan oldin va keyin torozida tortib ko‘rish bilan aniqlanadi, g.


Kr – koeffitsenti Kn – koeffitsenti danortiqcha katta bo‘lib ketmasligi kerak, chunki bu payvandlash rejimini noto‘g‘ri tanlanganligini ko‘rsatadi. Kr va Kn orasidagi farq qancha katta bo‘lsa, metallning atrofga sachrab nobud bo‘lishi shuncha ko‘p bo‘ladi. Agar KR =(1,2…1,3)· KR bo‘lsa,payvandlash rejimi to‘g‘ri tanlangan hisoblanadi.
Nobudgarchilik koffitsienti KN quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:

Ishni bajarish tartibi
Berilgan list materiali uchun (po‘lat, markasi, qalinligi) o‘zgaruvchi va o‘zgarmas toklar uchun payvandlashning eng qulay rejimi (d­E,Ipayv,Up,Vpayv) hisoblab topiladi.
Elektr quvvatining sarfi hisoblab topiladi.
Tarozida 0,5 g aniqlik bilan elektrod va plastinka og‘irligi aniqlanadi.
Payvandlash asbobini kerakli rejimga sozlanadi.
Plastinka ustiga elektrod uzunligining ¾ qismi qolguncha payvand chok hosil qilinadi va tok kuchining miqdorini (ampermetrning ko‘rsatishiga asosan) va payvandlash vaqtini (sekundamer ko‘rsatishiga asosan) yozib qo‘yiladi.
Birin-ketin elektrod qoldig‘ining va payvand chok hosil qilingan plastinkaning og‘irligi torozida tortib aniqlanadi. Erigan metall miqdori va payvand chokning og‘irligi hisoblab topiladi.
Texnologik koeffitsientlarni aniqlanadi.
Payvandlash rejimi to‘g‘ri tanlanganligi tekshiriladi.
Ish oxirida qilingan ish yuzasidan hisobot yoziladi.Xisobotda hamma hisob-kitob ishlari keltiriladi. Oxirida payvandlash rejimini to‘g‘ri tanlash yuzasidan xulosa keltiriladi.

Takrorlash uchun savollar


1.Payvandlash rejimiga qanday ko‘rsatkichlar kiradi?
2. Elektrod diametri qanday tanlanadi?
3. Payvandlashda tok kuchi nimalarga bog‘liq bo‘ladi? Uning miqdori qanday ifodalar yordamida aniqlanadi ?
4. Yoyning kuchlanishi va uzunligi qanday topiladi?
5. Payvandlash tezligi qanday ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi?
6. Payvandlashning texnologik koeffitsientlariga qanday ko‘rsatkichlar kiradi? Ularni tushuntirib bering.
7. Payvandlash rejimini to‘g‘ri tanlashning ahamiyatini aytib bering?
Download 38.72 Kb.




Download 38.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishdan maqsad: Qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda rejim tanlash usulini o’rganish

Download 38.72 Kb.