• “Har qanday fan o’lchashdan boshlanadi, aniq fanni o’lchovsiz tasavvur qilib bo’lmaydi”. U. Кelvin esa o’lchash to’g’risida shunday degan; “Har
  • “O’lchash mumkin bo’lganini o’lchang, mumkin bo’lmaganiga esa imkoniyat yarating”.
  • Bu yo’l esa zamonaviy metrologiyaning eng asosiy: ya’ni –




    Download 1.51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/84
    Sana02.08.2023
    Hajmi1.51 Mb.
    #77897
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84
    Bog'liq
    ishlab chiqarishning metrologik asoslari
    4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek99
    Bu yo’l esa zamonaviy metrologiyaning eng asosiy: ya’ni – 
    o’lchashlar haqidagi fanni, uning usullari va vositalari yordamida 
    o’lchashlar birliligini va uni talab etiladigan aniqlikda ta’minlash 
    yo’llarini o’rgatadigan fanni tashkil etadi. 
    Metrologiyaning, ya’ni o’lchashlarning mohiyati, ahamiyati fan-
    texnikaning rivojlanishida beqiyos bo’lib va u bilan bog’liq 
    muammolarni echishda keng imkoniyatlarni ochib bermoqda. 


    18 
    O’lchash sohasida keng ko’lamda olib borilayotgan ishlar uning 
    fan-texnikadagi va kishilik jamiyatining hayotdagi roli nihoyatda 
    yuqori ekanligidan dalolat beradi. Va, albatta jamiyatning taraqqiyoti 
    o’lchashlarning holati va imkoniyatlari va uning metrologik ta’minoti 
    bilan beligilanadi. O’lchashlar birliligini ta’minlash metrologiyaning 
    eng dolzarb (ustivor) masalalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun 
    ham o’lchashlar natijasida olingan har qanday o’lchash informasiyasi 
    (o’lchashlar qanday sharoitda, qanday vaqtda, qaerda o’tkazilishidan 
    qat’iy nazar) talab etiladigan aniqlikda o’lchashlar birliligini 
    ta’minlashdek talabga javob bersagina uning ahamiyati va foydasi 
    ko’proq (yuqori) bo’ladi. 
    Кo’pgina olimlar o’lchashlarni ahamiyatini yuqori baholaganlar. 
    Masalan, buyuk rus olimi D.M. Mendeleev bu haqda shunday degan 
    edi; “Har qanday fan o’lchashdan boshlanadi, aniq fanni 
    o’lchovsiz tasavvur qilib bo’lmaydi”. 
    U. Кelvin esa o’lchash to’g’risida shunday degan; “Har 
    qanday narsa uni qay darajada o’lchanish darajasi orqali 
    aniqlanadi”. 
    Galilio Galiley o’lchash fanini va uning mohiyatini juda chuqur 
    anglagan va shunday degan edi: “O’lchash mumkin bo’lganini 
    o’lchang, mumkin bo’lmaganiga esa imkoniyat yarating”. 
    Filosoflarning 
    talqinicha 
    fizikaviy 
    xossalar, 
    jarayonlarni 
    tekshirish, o’rganishda eng asosiy yo’l (metod) o’lchashlar 
    hisoblanadi. 
    Texnik sohasida esa o’lchashlarning ahamiyati texnologik 
    jarayonlarni boshqarish, mahsulotning yuqori sifatliligini ta’minlash, 
    ob’ektni boshqarish, nazorat qilish bo’yicha informasiya hosil qilinishi 
    bilan belgilanadi. 
    Endi esa o’lchashlarni fanda tutgan ahamiyati (roli) to’g’risida 
    to’xtalamiz. O’lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni 
    tashkil etadi. Xalq xo’jaligida, ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan 
    murakkab tizimlarning yaratilishi o’z navbatida xususan metrologiya 
    va o’lchashlar texnikasining har xil sohalarini rivojlanishi istiqbolini 
    ochib bermoqda.
    Hozirgi kunda o’lchash jarayonlarini avtomatlashtirilishi, 
    kompyuterlashtirilishi va zamonaviy texnologiyalarning ishlatilishiga 


    19 
    faqat programmalashtirilgan tizimga tayangan holda erishish mumkin. 
    Zamonaviy metrologiyaning rivojlanishida murakkab empirik 
    (tanlash, ilg’ash) metodlarini, ehtimollik nazariyasiga tayangan holda 
    statistik metodlarini qo’llanilishi katta o’rin tutmoqdaki, bu 
    metrologiyaning ilmiy asoslarini tashkil etadi. 
    Ilmiy tadqiqot o’tkazishda yoki ishlab chiqarishda biror 
    o’lchashni amalga oshirish uchun, avvalo: 1) nima o’lchanishi kerak 
    yoki o’lchash ob’ekti aniqlanishi kerak va u ob’ekt qanday fizik 
    kattaliklar orqali xarakterlanadi; 2) qanday vosita yordamida 
    o’lchanadi, ya’ni talab etiladigan natijaga erishish uchun eng optimal 
    (maqbul) variantli o’lchash vositasini ishlatish zarur va nihoyat; 3) 
    o’lchash qanday aniqlikda olib borilishi zarur. Boshqacha qilib 
    aytganda, dastavval o’lchash masalasi aniq belgilanib olinishi kerak. 
    O’lchashlar sanoatning qaysi sohasida elektro-energetikadami
    mexanika sohasidami, tibbiyot sohasidami, ilmiy izlanishdami va 
    xokazo kattaliklarni o’lchash aniqligiga qo’yiladigan talablarni 
    umumlashgan holda ma’lumotlar orqali berilishi mumkin. 
    O’lchashlarni yuqoridagi majmui albatta yuqori darajada tashkil 
    etilgan va zamonaviy asboblar infrastrukturasi bilan jihozlangan 
    milliy o’lchash tizimi yordamida hamda o’lchashlar birliligini, 
    ularning ishonchliligini aniqligini ta’minlash shartlari bajarilishi bilan 
    amalga oshirilishi mumkin. 

    Download 1.51 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84




    Download 1.51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bu yo’l esa zamonaviy metrologiyaning eng asosiy: ya’ni –

    Download 1.51 Mb.
    Pdf ko'rish