21
usullari va vositalari hamda kerakli aniqlikka erishish yo’llari haqidagi
fan.
Nazariy metrologiya – metrologiyaning fundamental asoslarini
ishlab chiqish predmeti bo’lgan sohasidagi metrologiya bo’limi.
Qonunlashtiruvchi metrologiya – metrologiya bo’yicha
milliy
idora faoliyatiga qarashli va birliklar, o’lchash usullari, o’lchash
vositalari va o’lchash laboratoriyalariga davlat talablarini o’z
ichiga
olgan metrologiya qismi.
Amaliy metrologiya – nazariy metrologiya ishlanmalarini va
qonunlashtiruvchi
metrologiya
qoidalarini
amaliy
qo’llanish
masalalari bilan shug’ullanuvchi metrologiya bo’limi.
Кattalik – sifat jihatidan ajratilishi
va miqdor jihatidan
aniqlanishi mumkin bo’lgan hodisalar, moddiy tizim,
moddaning
xossasidir.
O’lchanadigan kattalik – o’lchash vazifasining asosiy
maqsadiga muvofiq o’lchanishi lozim bo’lgan, o’lchanadigan yoki
o’lchangan kattalik.
Кattalik o’lchami – muayyan miqdoriy ob’ekt, tizim,
hodisa
yoki jarayonga tegishli bo’lgan kattalikning miqdoriy aniqlanganligi.
Кattalikning qiymati – kattalik uchun qabul qilingan
birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning o’lchamini ifodalash.
Кattalikning sonli qiymati – kattalikning
qiymatiga kiruvchi
nomsiz son.
Parametr – berilgan kattalikni o’lchashda yordamchi sifatida
qaraladigan kattalik.
O’lchash vositasi – metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM),
o’lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig’ida
o’zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o’lchov
birligini qayta
tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o’lchashlar uchun mo’ljallangan
texnik vosita.