25
II BOB. METROLOGIYANING HUQUQIY
ASOSLARI
2.1. O’zbekiston Respublikasining “Metrologiya to’g’risida” gi
Qonuni
Ma’lumki, 1993 yilning 28 dekabrida Prezidentimiz tomonidan
ketma-ket uchta, ya’ni “Standartlashtirish to’g’risida”, “Metrologiya
to’g’risida” va “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish”
Qonunlari imzolangan edi. Bu qonunlarning
hayotga tadbiq etilishi
respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish
bosqichiga ko’tarilishiga asos bo’ldi.
Shulardan biri, ya’ni
“Metrologiya to’g’risida” gi qonun ustida biroz to’xtalib o’tamiz.
Bu qonun respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va
metrologik ta’minot masalalarini
hal etishning mutlaqo yangi
bosqichiga olib kirdi.
“Metrologiya to’g’risida” gi qonun 5 bo’limdan iborat bo’lib, bu
bo’limlar 21 moddani o’z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya
xizmatini yo’lga qo’yish va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning
ishtiroki
va funksiyalari, bu boradagi javobgarliklar bo’yicha keng
ma’lumotlar berilgan.
Qonunda
ko’rsatilganidek, o’lchash vositalarining davlat
sinovlarini o’tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro’yxatiga
kiritish “O’zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunda yana bir masala - davlat ro’yxati belgisini qo’yish
to’g’risida ham bayon etilgan. “Metrologiya to’g’risida”
gi qonunda
aytilishicha, tasdiqlangan o’lchash vositalariga yoki ularning
foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat ro’yxati
belgisi
qo’yilishi shart.
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o’lchash vositalarining holati va
ularni vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o’tkazib turish har doim
e’tiborda bo’lmoqligi lozim. Ular bo’yicha ro’yxatlar
tuziladi va
26
o’lchash vositalari turkumlarining ro’yxati “O’zstandart” agentligi
tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog’liq o’lchash
vositalari,
asboblari, qurilmalari hamda o’lchovlari “Metrologiya
to’g’risida”gi Qonunning 17-moddasi asosida “O’zstandart”
agentligining davriy ravishda qiyoslashdan o’tkazilib turilishi lozim
bo’lgan o’lchash vositalari guruhining ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, shu
qonunning 7-moddasiga binoan, amaliy foydalanishda bo’lgan
o’lchash vositalari belgilangan aniqlikda
va foydalanish shartlariga
mos
holda,
qonuniy
birliklardagi
o’lchash natijalari bilan
ta’minlashlari lozimligi alohida ko’rsatib o’tilgan.