31
boshqalar. Qonuniy metrologiyaning asosiy
dalolatnomalaridan biri
bo’lib sifatsiz, standartlarga yoki texnikaviy shartlarga nomuvofiq
mahsulotni qayta–qayta yoki katta o’lchamda ishlab chiqarish uchun
jinoiy jazoni ko’zda tutuvchi jinoyat
kodeksining muvofiq moddasi
hisoblanadi.
Metrologiya bo’yicha qonuniy dalolatnomalar bo’lib hukumat
qarorlari hisoblanadi. Ulardan birinchisi 1918 yilda “O’lchovlar va
og’irliklar xalqaro metrik tizimini joriy etish haqida”gi dekret bo’lgan.
14.01.1941 yilda “Davlat qiyoslashi va tamg’alanishi majburiy
bo’lgan tekshirish o’lchash asboblari va o’lchovlar haqida”gi qaror
chiqdi. 1983 yilda qonuniy metrologiya
sohasida hukumatning
“Mamlakatda o’lchashlar birliligini ta’minlash haqida”gi eng muhim
qarori qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar
Mahkamasi 1992 yil 29 aprelda 211 – sonli “O’zbekiston
Respublikasi standartlar, metrologik qoidalar va o’lchash
vositalari
ustidan davlat nazorati haqidagi qonunni tasdiqlash to’g’risida”gi
qarorni nashr qildi, bunda O’zbekiston respublikasida standartlar va
o’lchash vositalari ustidan davlat nazoratining asosiy vazifasi,
mahkamaviy bo’ysinuvi va mulk shaklidan qat’i
nazar vazirliklar,
idoralar, korxonalar va turli tashkilotlar bilan ta’minlash ekanligini
ko’zda tutadi.
1993 yil 2 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Vazirlar
Mahkamasi
tomonidan
“O’zbekiston respublikasida
standartlash bo’yicha ishlarni tashkil qilish haqida”gi 93-sonli qaror
qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon
qilinishi
munosabati bilan, respublikada standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish milliy tizimini yaratishning asoslari qurildi.
Shu munosabat bilan sobiq Davstandartning respublika hududida
joylashgan tashkilotlari bazasida O’zbekiston davlat standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish markazi (O’zdavstandart)
tashkil
qilindi.
Bu qarorda respublika hududida standartlashtirish ob’ektlariga
qo’yiladigan talablarni aniqlovchi me’yoriy hujjatlar toifasi oldindan
kelishib olindi, shuningdek O’zbekiston respublikasi standartlashtirish
davlat tizimining asosiy prinsiplari va O’zbekiston davlat
32
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi haqidagi
qonun tasdiqlandi.
1993 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan respublikada metrologiya bo’yicha
faoliyat Davlat
boshqaruvini
tartibga
soluvchi
“Metrologiya
to’g’risida”gi
O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
2002 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Standartlashtirish, metrologiya va
mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirishni takomillashtirish
bo’yicha choralar haqida”gi 342-sonli qaror qabul qilindi. Bu qarorda
O’zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
huzuridagi
O’zbekiston
davlat
standartlashtirish,
metrologiya
va
sertifikatlashtirish
markazi
(O’zdavstandart)ni
O’zbekiston
standartlashtirish,
metrologiya
va
sertifikatlashtirish
agentligi
(“O’zstandart” agentligi)ga aylantirish qaror qilindi.