36
boshqa milliy muassasalarning faoliyatlari
xalqaro miqyosda
muvofiqlashtirishdir.
MOZM faoliyatining asosiy yunalishlari quyidagilardan
iborat:
MOZM ga a’zo bo’lgan mamlakatlar uchun o’lchash vositalari-
ning uslubiy – me’moriy metrologik tavsiflarini belgilash;
Qiyoslash uskunalarini,
solishtirish usullarini, etalonlarni
tekshirish va attestasiya namunaviy va ishchi o’lchash
asboblarini uygunlashtirish;
Xalqaro ko’lamda birxillashtirilgan o’lchash birliklarini
mamlakatlarda qo’llanishini ta’minlash;
Metrologik xizmatlarni eng qulay shakllarini
ishlab chiqish va
ularni joriy etish bo’yicha davlat ko’rsatmalarining birligini
ta’minlash;
Rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta’min etish
va ularni zarur texnik vositalari bilan ta’minlashda
ilmiy
texnikaviy yordamlashish;
Metrologiya soxasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning
yagona qonun - qoidalarni belgilash.
MOZM ning oliy raxbar idorasi metrologiya bo’yicha qonun chi-
qaruvchi xalqaro konferensiyasi hisoblanib, u har yilda bir
marta cha-
qiriladi. Кonferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi,
ishchi idoralarning mavzularini tasdiklaydi,
byudjet masalalarini
muhokama qiladi. MOZM ning rasmiy tili – fransuz tilidir.
Savol va topshiriqlar
1. O’zbekiston Respublikasining “Metrologiya to’g’risida ” gi
qonunini ahamiyati haqida gapirib bering.
2. Metrologiyaning eng asosiy va umumiy aksiomalarini ayting.
3. Metrologiyaning asosiy postulatlarini ayting.
4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining metrologiya
to’g’risidagi qarorlari.
5. Metrologik qonunning ahamiyati nimadan iborat?
6. Metrologik qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik.
7. Metrologiya soxasida qonunlashtiruvchi
xalqaro tashkilot
to’g’risida tushuncha bering.