13
ma’lumotlarga ko’ra knyaz davriy ravishda bozor rastalarini oralab
yurib, turli mato sotuvchilarining uzunlik o’lchovlarini kamari bilan
taqqoslab turgan. Agar ular orasidagi tafovut
belgilanganidan ortib
ketsa, sotuvchini shafqatsiz jazolagan.
Italiyada ham bu borada muayyan tartib belgilangan edi (o’rta
asrlarda). Cherkov va butxonalarda aniq sondagi marvarid donalari
saqlanib, ulardan sochiluvchan (dispers) moddalarning hajm va massa
birliklarini hosil qilishda foydalanganlar.
Markaziy Osiyoda ham o’lchovlar va ularning turg’unligini
saqlash, o’lchash qoidalariga qat’iy rioya etish masalalariga jiddiy
e’tibor berilgan. Aksariyat hollarda
buning nazorati eng yuqori
amaldorlar tomonidan olib borilgan. Masalan, islom ta’limotida to’g’ri
o’lchash, ya’ni xaridor haqini urib qolmaslik (buni hozirda ham
«tarozidan urib qolish» deyiladi) masalalariga juda qattiq qaralgan. Bu
borada xalqimiz manaviyatiga singdirilgan «xaridorning haqi etti
pushtingga uradi», «tarozidan urib qoluvchining joyi do’zahning eng
to’rida bo’ladi», «xaridor haqiga xiyonat
qiluvchi ollohning birinchi
dushmanlaridandir» kabi iboralar bu ta’limotning isbotidir.
Tarixiy yozishmalarda davlatlar orasida urushlarning kelib
chiqishlarida ba’zan o’lchashlardagi kelishmovchilik ham sabab
bo’lganligi kabi ma’lumotlar ham keltirilgan.
Garchand, o’lchashlar
nazariyasining, bundagi yondoshuvlarning
turli davlatlardagi rivojlanishi turlicha uslub va usullarda,
muayyan
ma’noda stixiyali tarzda bo’lgan bo’lsada, barcha hollarda quyidagi
umumiylik prinsiplari saqlanib qolgan:
- o’lchovning o’z xossalarini uzoq muddat saqlab qolishi;
- o’lchov qiymatining takroriy o’lchashlarda o’zgarmasligi
(doimiyligi);
- o’lchanayotgan kattalikning turli qiymatlarini hosil qilish
imkoniyatini mavjud bo’lishi.
Bu davrdagi o’lchashlarning asosiy kamchiligi sifatida o’lchov
birliklarining o’zaro mutanosibligi bo’lmaganligi
hamda asosiy
kattaliklarning birliklarini bir-biriga bog’liq emasligini ko’rsatish
mumkin.