14
aniqlik kiritish, yangilarini hosil qilish, o’zaro solishtirish va qiyoslash
usullari shakllanib, o’nlab yangi va mukammalroq o’lchash
birliklari
hosil bo’la boshlagan. Bu birliklarning o’zaro bog’liqligi masalalari
esa tobora muhim ahamiyat kasb eta boshlagan. Shu bois olimlar bir
asosiy kattalikning o’lchash birligini
boshqa asosiy kattalikning
o’lchash birligi bilan bog’liqligini ta’minlash ustida bosh qotira
borganlar. Bunda yana bir talab - kattalikning turli o’lchovlarining
qiymatlari orasidagi o’zaro bog’liqlik muayyan qonuniyat asosida
bo’lishini ta’minlash lozim bo’lgan. Uzoq tadqiqotlardan so’ng
olimlar qadimgi Bobil davlatida qo’llanilgan «o’nlik tizimi»ga
qaytishgan. Aynan shu tizim asosida metrik tizim ta’sis etilgan.
Metrik tizim 1875 yil 20 mayda Parijda 20
ta mamlakatlar
vakillarining konferensiyasida qabul qilingan va Metrik Кonvensiyasi
nomini olgan. Metrik Кonvensiya metrologiya bo’yicha ilmiy faoliyat
ko’rsatuvchi birinchi xalqaro kelishuv hisoblanadi. Кonvensiya metrik
etalonlarni saqlash va tekshirish uchun ilmiy muassasa sifatida
o’lchovlar va tarozilar xalqaro byurosini ham ta’sis etadi.
Shu asnoda yuqoridagi talablarning to’liq ta’minlanishiga
erishilgan, ya’ni kattalikning turli qiymatlari o’zaro o’nga karrali
bog’lanishda bo’lgan bo’lsa, bir nechta asosiy kattaliklarning birliklari
orasida o’zaro bog’lanishga ham erishilgan (Er
meridianining qirq
milliondan bir ulushi bo’yicha - "
metr", metr bu yorug’likning
1/299792458
s vaqt oralig’ida vakuumda bosib o’tadigan masofa.
XVII O’TBК 1983 yil. Bir kub desimetr suvning temperaturasi 4
0
S
bo’lgandagi massasi -
"kilogramm" va hokazolar).
Fan va texnikaning rivojlanishi har xil kattaliklarning
o’lchamlarini muayyan o’lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta
boshladi. Bunday faoliyat jarayoni
va rivojlanishi davomida
o’lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya fani yuzaga keldi.
Rossiyada
o’lchovlarni metrik tizimi 1899 yil 4 iyun kuni
qonun bilan ixtiyoriy tartibda qo’llanishga,
majburiy tartibda esa
Rossiya SNК 14.09.1918 y. da chop etilgan dekretiga muvofiq
qo’llanishga qabul qilingan. O’rta Osiyoda o’lchovlarning metrik
tizimi 1923 yil 18 aprel Turkiston Respublikasi XКQ qarori bo’yicha
“O’lchovlar va tarozilar to’g’risida Nizom”
tasdiqlangan va ichki
savdoni yo’lga qo’yish bo’yicha qo’mita huzurida o’lchovlar va
15
tarozilarning Turkiston byurosi
tuzilgandan so’ng boshlangan.