CVP tahlili Rentabellik ostonasi




Download 1 Mb.
bet2/2
Sana01.11.2023
Hajmi1 Mb.
#92392
1   2
Bog'liq
Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartlari va korxonaning zararsiz ishlash nuqtasini hisoblash yo\'llari.

CVP tahlili
Rentabellik ostonasi
Ishlab chiqarish dastagi
Chidamlilikning marjinal zaxirasi
Marjinal daromad
Marjinal daromad korxonalarda mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olinadigan tushum va ularni ishlab chiqarish tannarxi summasi o'rtasidagi tafovutni ifodalaydi. Doimiy va o'zgaruvchan xarajatlarni qoplovchi tushum hajmini hisoblash uchun korxonalarda marjinal daromad hajmi va koeffitsienti ko'rsatkichlaridan foydalaniladi.
Marjinal daromad hajmi korxonaning doimiy xarajatlarini qoplash va 
foyda olishga qo'shgan hissasini ko'rsatadi.
Uni hisoblashning ikki usuli mavjud:
Mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan barcha 
o'zgaruvchan xarajatlar chiqarib tashlash
Marjinal daromad hajmi korxona doimiy 
xarajatlari va foydasini qo'shish
Rivojlangan mamlakatlar boshqaruv hisobi nazariyasi va amaliyotida CVP - tahlilini o'tkazishning bir qancha usullaridan foydalaniladi. Ular ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, zararsizlik nuqtasini aniqlash va unga ta ’sir etadigan omillarni hisoblash uchun ko'plab formulalar qo'llaniladi. Shu bilan birga, amaliyotning o'zi ham shunday har tomonlama qulay formulani qo'llashni talab etadiki, u CVP - tahlilini tashkil etuvchi barcha baholarning o'zaro aloqadorligini ta ’minlash va ancha oddiy yo'l bilan har bir omilning ta’sirini aniqlashga imkon tug'dirishi lozim.
Zararsizlik nuqtasi (rentabellik chegarasi) deganda, korxona ishlab 
chiqarishining shunday hajmi va tushumi tushuniladiki, bunda barcha xarajatlar qoplanishi va dastlabki foyda olinishi ta’minlanadi, ya’ni, mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan olinadigan tushum uning barcha xarajatlari yig'indisiga teng bo'ladi. Bu sotuvning shunday hajmiki, unda korxona foyda ham, zarar ham ko'rmaydi.
Mazkur nuqta "Xatarli”, "O'lik" yoki "Muvozanat" nuqtasi deyiladi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda bu nuqtani ВЕР ("Break-even point") sifatida belgilanadi va u rentabellik nuqtasi yoki ostonasi deb ataladi.
Download 1 Mb.
1   2




Download 1 Mb.