• 8-Rasm Bank sektori
  • Ishlab chiqarishda boshqaruv




    Download 1 Mb.
    bet8/9
    Sana07.07.2023
    Hajmi1 Mb.
    #76444
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    2 5282928409666659390
    patent, 1-Mustaqil ish bajarilish muddati, Mavzu Uglevodlarning tabiiy manbaalari (tabiiy gaz) va ulardan , C#da windows ilovalar yaratish Button komponentasi, talim tizimida innovatsion texnologiyalar, erkaklar-shimi-andozasi, 2-Mustaqil ta\'lim, Презентация1, BMI prezentatsiya Adomboyev U., el 1, ccc, Виктор Владимирович Виноградов - лингвист-русист и литературовед,, Ramus lab, 8-sinif 4-nsh
    7-Rasm Kredit dinamikasi
    Markaziy bank rahbari o‘rinbosarining aytishicha, NPL (muammoli kreditlar) yil boshidagi 2,1 foizdan iyul oxiriga kelib 6,2 foizga oshgan.
    Noyabr oyi boshida muammoli kreditlar ulushi 5,7 foiz yoki 1,7 mlrd dollarni tashkil qildi. Shu bilan birga, yuridik shaxslarning NPL ulushi yil boshidan buyon o‘sishda davom etmoqda.
    Bugungi kunda banklarning kredit portfelining dollarlashuv darajasi 50 foiz, majburiyatlar 57 foiz darajasida bo‘lib, bu milliy valyuta kursining sezilarli darajada qadrsizlanishi bilan bank sektorining valyuta riski va zaifligining oshishiga olib keladi.
    Dollarlashuv darajasini pasaytirish maqsadida Moliya vazirligi huzurida xorijiy valyutadagi kreditlarni milliy valyutaga konvertatsiya qilish bo‘yicha maxsus xedj-fond tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi risklarni hisobga olgan holda xorijdan so‘mdagi uzoq muddatli resurslarni jalb etish, shuningdek, xorijiy valyutadagi resurslarni jalb qilishda «ehtiyotkorlik siyosati»ni yuritish ko‘zda tutilgan.

    8-Rasm Bank sektori
    Ikki yil ichida O‘zbekistonda uchta raqamli bank (TBC Bank, Anor Bank, Apelsin Bank) va masofaviy moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan 32 ta fintex-kompaniyasi tashkil etildi.
    Tadbirkorlar o‘z to‘lovlarining 85 foizini masofadan turib amalga oshiradilar (2017 yildan beri 7 barobarga o‘sgan). Sakkizta bank raqamli identifikatsiya mexanizmidan (Face ID) foydalanmoqda, qolganlari esa testlarni yakunlamoqda.

    2025 yilda O‘zbekiston bank tizimidagi xususiy sektor ulushini hozirgi 18 foizdan 60 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.


    «Markaziy bank nazorat yukini yengillashtirish bo‘yicha o‘zining liberal siyosatini davom ettirish niyatida, bu tizimning moliyaviy barqarorligiga putur yetkazmagan holda progressiv bank sektorini shakllantirishga xizmat qiladi», — deya qayd etdi Markaziy bank rahbari o‘rinbosari.


    Xulos
    Xulosa qilib aytganda, hozirgi raqobat kurashi tobora kuchayib borayotgan sharoitda pulning mohiyati, pul muomalasi va uning qonuniyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan o'rganish, tahlil etish va ommaga yetkazish nafaqat iqtisodiyot uchun, balki hayot uchun ham muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Pulning ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatidagi mohiyatini iqtisodiyot nazariyasida to'plangan boy ilmiy yondoshuvlarni tahlil qilish asosida o'rganishga to'g'ri keladi. Chunki pul to'g'risidagi nazariyada turlicha yondashuvlar va qarashlar mavjud bo'lib, ular o'rtasida umumiylik yo'q. G'arb iqtisodchilarining pul ta’rifi haqidagi asarlarida doimo tadqiqot obyekti, uning mohiyati va shakllari, tashqi belgilarini yetarlicha aniq tushunmaslik seziladi. Xususan, pulning konseptual tabiati ko'pincha turli tarixiy davrlarda pulning muayyan shakllari haqidagi masalalar bilan almashadi. Birinchi o'ringa turli pul agregatlarini loyihalashtirish muammolari, pul to'lovlari zaxirasining elementlar tarkibi haqidagi muammolar chiqadi. Shu sababli, uning to'g'ri mazmunini ko'rsatib berish uchun pul to'g'risidagi asosiy nazariyalarni o'rganib, tahlil etiladi. Pulning mohiyati haqidagi nazariyada uch asosiy yo'nalishni ajratib ko'rsatish mumkin: metallistik, nominalistik va miqdoriy Tadqiqotchilarning tahliliga nazar tashlaydigan bo'lsak, dunyoda XVII asr o'rtalariga kelib qimmatbaho metallarni qog'oz banknotalar siqib chiqarishga kirishgani, oradan uch yuz yil o'tib esa ular o'z o'rnini elektron pullarga bo'shatib bera boshlagani e'tiborni tortadi.O'tgan asrning 70-yillari o'rtalarida birinchi marta karta orqali naqd pulsiz tranzaktsiya, ya'ni jo'natma qilinadi. Lekin bu elektron pul bo'lmay, faqat bank tizimi ichida o'zaro almashuv usuli edi. Dastlabki elektron pul o'tkazmasi 1994 yilda DigiCash to'lov tizimi orqali amerikalik olim-komp`yuterchi David Li CHaumning real pulni virtual valyutaga aylantirish g'oyasi asosida amalga oshirildi. Aslida ushbu tarixiy voqeelik, birinchi navbatda, Internetning keng qamrov kasb etishi va virtual pullarni saqlash hamda kommunikatsiya tizimi sifatida maydonga chiqishining mahsuli sifatida qaraladi.Tadqiqotchilarning fikricha, AQSHda 100 dollarlik bitta kupyurani chiqarishga atigi 14 tsent xarajat ketadi. YArim asr oldin pullarning qiymati oltin bilan mustahkamlangan bo'lsa, bugungi kunga kelib ular Markaziy banklarning aktivlari ta'minalanyapti. Naqdsiz pullar bilan bog'liq har bir tranzaktsiya bevosita biron bir moliya muassasi orqali amalga oshiriladi.Alpari kompaniyasi ekspertlarining qayd etishicha, ayni kezda jahonda to'rtta pul turi hukmronlik qilyapti: naqd, naqdsiz, elektron va kriptovalyutalar. Hozirga kelib Er yuzi aholisining 30 foizidan kamrog'i naqd bankotalardan, qolgan qismi elektron pullardan foydalanmoqda. Bu ko'rsatkich, rivojlangan mamlakatlarda o'rtacha 10 foizni, jumladan, SHvetsiyada bir foizdan ham kamroqni tashkil etadi.Mamlakatimizda keyingi yillarda elektron tijoratning rivojlanishi, turli to'lov xizmatlarini etkazib beruvchilar o'rtasida raqobat muhitining shakllanishi va kuchayishi chakana to'lovlar bo'yicha tranzaktsion xarajatlar qisqartirilishini, shuningdek, to'lovlarni amalga oshirishda moliyaviy institutlarning vositachiligini talab etmaydigan innovatsion hamda jozibador vositalarning joriy etilishini taqozo etmoqda. elektron pullar ana shunday tizimlardan biri sifatida kundalik hayotimizda jadal kirib boryapti.Qonunchilikka ko'ra, elektron pullar — mazkur pul emitentining elektron shaklda saqlanadigan hamda ushbu tizimda to'lov vositasi sifatida qabul qilinadigan shartsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlari hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, elektron pullar bu to'lov vositasi bo'lib, emitentning majburiyatlaridir.2019 yilda O'zbekiston Respublikasining “To'lovlar va to'lov tizimlari to'g'risida”gi qonunining qabul qilinishi elektron pullar muomalasini, jumladan, bunday pullarni chiqarish, foydalanish va ularni qoplash bo'yicha amalga oshiriladigan faoliyatning huquqiy asosini yaratib berdi. Ushbu qonun asosida Markaziy bank “O'zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo'lishi qoidalari”ni ishlab chiqdi, mazkur tartib Adliya vazirligi tomonidan 2020 yilning 29 aprelida 3231-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazildi.Hujjat jahon tajribasiga tayangan holda, elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish, ular muomalasi, mazkur tizimda xatarlarni boshqarish hamda xavfsizlikni ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan, — deydi SHoira Rahimjonova.—Unda ushbu tizimga oid asosiy tushunchalar, shu jumladan, “ayirboshlash operatsiyasi”, “bir va ko'p emitentli elektron pullar tizimi”, “oldindan to'langan karta”, “elektron pullar tizimining agenti”, “elektron hamyon” va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan.Qoidaga ko'ra, emitent, operator, elektron pullar tizimining agenti, elektron pullar egasi, shuningdek, emitent bilan shartnoma tuzgan banklar, to'lov tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar elektron pullar tizimining sub'ektlari sirasiga kiradi. Bunda uning ishlashini ta'minlaydigan bank yoki tegishli litsenziyaga ega bo'lgan to'lov tashkiloti mazkur tizimning operatori bo'lishi mumkin. emitent yoki emitent bo'lmagan boshqa bank operator bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullar tizimining hisob-kitob banki sifatida faoliyat ko'rsata oladi.Qayd etish joiz, emitent o'z faoliyatini boshlashi uchun, eng avvalo, elektron pullarni chiqarish va realizatsiya qilishi to'g'risida Markaziy bankka belgilangan shakldagi xabarnomani, unga ilova sifatida operator bilan imzolangan shartnoma hamda tizim sub'ektlari bilan tuziladigan kelishuv hujjatlari namunalarini yuborishi zarur. Mamlakatimiz hududida realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirishda faqat respublikamizda chiqarilgan milliy valyutadagi elektron pullar qabul qilinishi belgilangan Globallashuvning salbiy belgilari sifatida milliy byudjetlarning zaiflashishi va davlatning iqtisodiy roli natijasida pasayish kuzatilishi mumkin, chunki dunyoning asosiy moliyaviy, xom ashyo va ishlab chiqarish resurslari borgan sari hukumatlar emas, balki davlatlarning mulki bo'la boshlaydi. , lekin oligarxlarning tor guruhlari tomonidan, bu esa o'z navbatida demokratlashtirish xavfini tug'diradi.dunyoda o'tgan asrlarda sivilizatsiya rivojlanishining asosiy tendentsiyasi

    Download 1 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1 Mb.